Tolipov Jasurbekning “Tarixiy geografiya“



Download 470,31 Kb.
bet6/36
Sana18.07.2022
Hajmi470,31 Kb.
#823097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Tolipov Jasurbek Tarixiy Geografiya-2

Tarixiy kartografiya — ilmiy fan bo'lib, u asosan tarixiy kartalar va atlaslami tuzish, ulaming uslubiyatini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Kartografik uslubning tarix fanida qo'llanilishi tarixiy kartalardan keng foydalanishga, tarixiy-geografik monografiyalar, maqolalar, darsliklar, qo'llanmalar yaratilishiga olib keldi. Tarixiy kartalarda tarixiy jarayonlar, voqea-hodisalar, tarixiy davrlarni tavsiflovchi jarayonlar, shuningdek, geografik oqibatlar ko'rsatib o'tiladi. Umumiy tarixiy kartalar bu jarayonlami yanada to‘liqroq ko‘rsatishga, ochib berishga harakat qiladi. Tarixiy kartalaming turli xillari bo‘ladi: tarixiy-iqtisodiy,tarixiy-siyosiy, tarixiy etnografik, arxeologik, milliy-ozodlikharakati, dehqonlar qo‘zg‘oloni, inqilobiy harakatlar, harbiy-tarixiy,madaniyat tarixi bo‘yicha va boshqa kartalar kiradi. O`quv-tarixiy kartalar o‘rta va oliy maktablarda o‘qitilayotgan tarixiy davrlarga mos bo'ladi.
Tarixiy kartografiyaning rivojlanishi har doim tarixiy geogra- fiyaga bog'liq bo‘lib kelgan. 1579 yili Abraxam Orteliy geografik atlasga uchta tarixiy kartadan iborat qo‘shimcha tuzdi. Orteliyning bu qo'shimchasi keyinchalik 1603 yili 38 ta kartadan iborat bo‘lgan antik davming geografik atlasini tuzilishiga sabab bo'ldi.
XVII asming ikkinchi yarmida fransuz geograflari Sansonlar va V.Dyuval atlaslarida ham tarixga oid kartalar bo‘limi bor edi. XVIII asr oxirida fransuz kartografi J.B. D’Anvil tomonidan tayyorlangan tarixiy kartalar bosilib chiqdi.

  1. asr oxiriga qadar tuzilgan kartalarda xalqlarning hududiy joylashishi, siyosiy chegaralar, harbiy yurishlar, janglar, tarixiy voqealar bo‘lib o‘tgan hududlar, geografik sayohatlar yo'nalishlari aks ettirilgan edi. Shuningdek, A.Orteliy va V.Dyuval tomonidan tuzilgan kartalarda afsonaviy voqea-hodisalar va Injildagi rivoyatlar tasvirlangan. Masalan, avliyo Pavel va Ibrohim payg‘ambarning sayohati, troyalik Eneyning dengiz sayohati, Odisey yurgan yo'llar tasvirlangan. Keyinroq kartalarda tarixiy-iqtisodiy ma’lumotlar ham qayd qilina boshlangan.

Tarixiy kartalar tuzishda tarixiy davrlar ko‘pincha chalkashib ketgan, milliy-ozodlik harakatlari aks ettirilmagan. Ba’zi tarixiy kartalarda ma’lumotlar ataylab buzib ko'rsatilgan.
Masalan, 1910 va 1936-1938 yillarda Germaniyada chop etilgan. Pusger atlasida, avvalo buyuk davlatchilik shovinizmi va keyinroq fashistcha g‘oyalar avj olishi bilan kartalardagi nemis va slavyan yerlari o‘rtasidagi chegaralar sun’iy ravishda sharqqa surilib berilgan.
XX asrning ilmiy tarixiy kartografiyasiga ikkita muhim yo‘nalish xosdir. Birinchi yo'nalishga yuksak darajada detallashtirilgan kartalar kirib, ularda aholining ma’muriy, ba’zi holda cherkov tomonidan bo'linishigacha bo'lgan aniq dalillar aks ettirilgan. Bunday kartalar turiga 1895 yilda chop etilgan Fabrisiusning nemis atlasi, Rixteming 1906 yilgi Avstriya atlasi, A.A.Bekmanning 1913-1938 yillarda chop etilgan Niderlandiya atlasi kiradi. Ikkinchi tur kartalariga detallashtirilishi unchalik yuqori bo'lmagan, ammo faqatgina tarixiy-siyosiy emas, balki tarixiy-iqtisodiy, madaniyat tarixiga oid ma’lumotlar ham aks ettirilgan kartalar kiradi. Bunday kartalar sirasiga 1926 yil chop etilgan Aubinning nemis atlasi, Pollin tahriri ostida 1932 yilda chop etilgan AQSh atlasi („Qo'shma Shtatlar tarixiy-geografik atlasi“)ni misol qilib keltirishimiz mumkin. 1956, 1958, 1962 yillarda esa Myunxenda o'quv mashg'ulotlariga doir „Katta tarix atlasi" chop etilgan.
Rossiya imperiyasida tarixiy kartografiya rivojlanishining dastlabki.bosqichi XVIII asming birinchi choragiga to'g'ri keladi. Bu davrdagi tarixiy va tarixiy-geografik asarlarga tarixiy kartalar ilova qilina boshlandi. „Rossiya imperiyasining tarixiy kartasi"birinchi bor 1793 yilda chop etilgan.
Tarixiy kartografiya rivojlanishida 1958 yil Polshada bosilib chiqqan Plos voyevodligi tarixiga oid atlasning alohida o'mi bor. Bunday atlaslar ishlab chiqarish kuchlarining joylashishi, ishlab chiqarish munosabatlari, iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlarini aniq tasvirlab beradi. Zamonaviy tarixiy kartografiya rivojlanishining muhim elementi - bu tarixni aniq davrlashtirish, turli tarixiy jarayonlarni to'la aks ettirish, tarixiy jarayonlaming iqtisodiy tomonini ochib berishdir.
Shuni ta’kidlab o'tish joizki, sho'rolar tuzumi davrida O'rta Osiyo tarixiga doir bir qator tarixiy kartalar tuzilgan bo'lsa ham, ammo ulaming ichida O'rta Osiyoni chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishiga doir kartalar yo'q edi. Shuningdek, kartalar nashr qilinganda ko'proq yevrosentrik nuqtai nazardan yondashilgan edi. O`rta Osiyo hududlari bo'yicha tarixiy kartalar faqat katta tarixiy voqealar bilan bog'liq bo‘lgan hollardagina yaratilgan. Masalan, mo‘g‘ullaming O`rta Osiyoni bosib olishiga doir tarixiy kartalar mavjud bo‘lsa-da, ammo Amir Temur davlati haqida tarixiy kartalar umuman yaratilmagan. Tarixiy atlas va kartalarda XV-XVIII asrlardagi O`rta Osiyoda bo‘lib o‘tgan tarixiy jarayonlaming faqat Rossiya imperiyasi bilan aloqador bo‘lgan qismlarigina aks ettirilgan, ular ham ham aniq detallashtirilmagan edi.

Download 470,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish