4. 0‘zbekistonda kartografiya fani tarixi
XX asrga qadar respublikamiz hududini kartografik jihatdan o‘rganilganlik ancha past bo‘lgan. Chor Rossiyasi Turkistonni bosib olgandan keyin iqtisodiy jihatdan muhim bu o‘lkani kartagaolish ishlari boshlandi. Zotan, hududning ichki qismlari hah ham yaxshi o‘rganilmagan, manbalar yetarhcha darajada to‘hq va aniq bo‘lmagan, plan olish asboblari, kartografik tasvirlash usullari va karta ishlash texnikasi rivojlanmagan edi.
1934 yili O'rta Osiyo va Qozog'istonda yagona bo'lgan Toshkent kartografik fabrikasi tashkil etildi. Unga davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarini mavzuli, siyosiy-ma’muriy va ma’lumotnoma kartalari bilan, shuningdek, maktab o'quvchilarini o'quv karta va atlaslar bilan ta’minlashdek katta vazifa yuklatildi. Ko'p o'tmay alohida sug'oriladigan tumanlar qishloq xo'jalik kartalari, O`zbekistonning ma’muriy kartasi va O'rta Osiyo xalqlari milhy tillarida o‘quv kartalari tuzildi va nashr etildi.
Mintaqa, xususan O`zbekiston hududi tasvirlangan kartografik materiallar o'sha yillari nashr etilgan sobiq Ittifoqning katta-kichik va qishloq xo'jaligiga oid maxsus qomuslari tarkibida ham berilgan.
1939-1940 yilari barcha O'rta Osiyo respublikalarining devoriy siyosiy-ma’muriy, tabiiy va iqtisodiy kartalari tayyorlandi va chop etildi. Ular ichida, ayniqsa, O'zbekiston va Turkmanistonning qishloq xo'jalik kartalari alohida ajralib turadi. Ularda qishloq xo'jaligining ixtisoslashuvi, ekilayotgan g'o'za navlarining
joylanishi, davlat xo'jaliklari va ulaming ixtisoslashuvi ko'rsatilgan. Belgilar usuli bilan foydali qazilma konlari, muhim industrial markazlar va gidroelektrostansiyalar ko'rsatilgan.
Urushdan keyingi yillarda kartograflaming asosiy vazifasi qishloq xo'jaligida, boshqaruv va rejalashtirish organlarini zarur kartografik materiallar bilan ta’minlash, ilg'or xo'jaliklar va ilmiy tadqiqot muassasalarining yutuqlarining targ'ibot qilish hamda amahyotga joriy etilishini tezlatish edi.
1963 yih respublikamizning birinchi „Tabiiy-geografik atlasi" chop etildi. Atlasning formati 44x30 sm, asosiy kartalaming masshtabi 1:3500000 va 1:500000, iqlim kartalari 1:7500000 va 1:10000000 masshtablarda tuzilgan.
1968 yih O'zbekiston Yer tuzish va loyihalash instituti tomonidan О'zbekistonning yagona dastur asosida bir-biri bilan o‘zaro bog'langan, bir-birini o‘zaro to'latadigan ixtisoslashgan aniq maqsadli «Devoriy qishloq xo‘jalik kartalari" tizimi tayyorlandi va nashr etildi. Mazkur tizim masshtabi 1:1000000 bo‘lgan 21 ta kartadan iborat bo‘lib, ularda respublikamiz qishloq xo'jaligiga atroflicha kartografik tavsif berilgan. Barcha kartalaming mazmuni turli xil diagrammalar, grafiklar va jadvallar bilan to‘ldirilgan.
1980 yili 0‘zbekistonning birinchi ,,O`quv-o‘lkashunoslik atlasi“ chop etildi. Mazkur atlas keng jamoatchilik tomonidan yuqori baholandi. U respublikamiz geografiyasi, tarixi va madaniyatini o‘iganishda o‘quvchilarga yordamchi qo‘llanma bo‘hb xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |