Metil spirti. Fizik va kimyoviy xossalari
. Metil spirti — SN
3
ON (metanol,
karbinol, yog`och spirti) rangsiz suyuqlik bo’lib, mazasi va hididan etil spirtiga
o’xshaydi. Qaynash harorati 65°S, solishtirma og`irligi (20°S da) 0,792. Sintetik yo’l
bilan (uglerod oksidi va vodorod) hamda yog`ochni quruq xaydash (tarkibiy
qismlarga ajratish) yo’li bilan olinadi. Texnik mahsulot tarkibida aralashmalar
sifatida atseton, sirka metilen efirlari va boshqa moddalar bo’ladi. Suv va spirtda
yaxshi eriydi, yog`larni va boshqalarni eritish xususiyatiga ega. Kimyo sanoatida
chumoli kislota va formalin ishlab chiqarilishida, lak va bo’yoqlar ishlab
chiqarilishida, ichki yonish dvigatellari va raketalar yonilg`isi sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |