38
zararlanish o’chog`i
Xloratsetofenon
Bir
soatdan
kam
CHidamli sekin ta`sir
qiladigan zaharlovchi
moddalar hosil qilgan
zararlanish o’chog`i
V-gazlari, iprit
Teri orqali
Nafas yo’llari
1-30 soat
(V-gazlari) –
30-60 daqiqa
(iprit) – 12-48
soat
Soatlar,
sutkalar
CHidamsiz
sekin
ta`sir
qiladigan
zaharlovchi moddalar
hosil
qilgan
zararlanish o’chog`i
BZ, fosgen,
difosgen
Nafas yo’llari
1-6 soat
Bir
soatdan
kam
www.ziyouz.com kutubxonasi
39
6- BOB
FOSFOORGANIK ZAHARLOVCHI MODDALARNING
ORGANIZMDA TAQSIMLANISHI, O’ZGARISHI VA CHIQISH YO’LLARI
Hozirgi vaqtda fosfororganik birikmalarning 12 mingdan ortig`i sintez
qilingan, bu moddalar qishloq xo’jaligida va sanoatda keng ko’lamda qo’llaniladi.
Masalan, qishloq xo’jaligida insektitsid va akritsidlar sifatida metafos, metilnitrofos,
karbofos, tsidal, bosqichlon, sayfos, intration va boshqalar ishlatib kelinmoqda.
Sanoatda rudalarni flotatsiyalashda, polimerizatsiyalashda, plastifikatorlar ishlab
chiqarishda, yonmaydigan plastmassalar ishlab chiqarishda va boshqa sohalarda keng
qo’llaniladi.
Fosfororganik birikmalarning hosilalari tibbiyotda dori-darmon sifatida
glaukoma, miasteniyalar , ichak atoniyasi , tuberkulez(sil), nerv-psixik va boshqa
kasalliklarni davolashda ham ishlatiladi.
Organizmga tushish yo’llari
.
Zaharlovchi moddalar organizmga teri va shilliq pardalar orqali tushganda
zararlanishning klinik belgilari bir necha vaqtdan keyin paydo bo’ladi, agar yarali
yuzalarga tushgan bo’lsa, unda zaharlovchi moddaning tez so’rilishi natijasida
zararlanishning klinik belgilari tezda rivojlanadi. Teriga tushgan zaharlovchi
moddalar lipidlar va yog`larda yaxshi eriganligi tufayli teri ostida ko’p vaqtgacha
saqlanib qoladi va buning natijasida zararlanish asta- sekinlik bilan rivojlanadi va
uzoq.
muddatga
cho’zilib
ketadi.
Agar
zaharlovchi
moddaning
yuqori
kontsentratsiyasi ta`sir etsa, ko’plab o’lim hodisalari sodir bo’ladi.
Zaharlovchi moddaning suyuq-tomchi holida kuzga tushishi juda ham havfli
xisoblanadi, chunki kuzga tushgan zaharlovchi moddalar shilliq pardalar orqali juda
tezlik bilan organizmga so’riladi. Bunda zaharlovchi moddaning o’rta darajadagi
kontsentratsiyasi ham o’limga olib keladi. Kuzga zaharlovchi modda tushganda o’sha
zahotiyoq yuvib tashlash kerak ,aks holda buning xech qanday foydasi bo’lmaydi.
Hazm, yo’llari orqali zararlanish sodir bo’lganda zaharlovchi moddalar faqat
zaharlangan suv yoki oziq-ovqatlar iste`mol qilinganda sodir bo’ladi. Klinik belgilari
bir daqiqadan yoki bir necha soatdan so’ng paydo bo’ladi.
Zaharli miqdorlari. Fosfororganik zaharlovchi moddalar juda kuchli zaharlilik
va tezda o’lim chaqiruvchi xususiyatga ega. YUqorida ko’rsatib o’tilganidek bu
moddalarning kishiga ta`siri ularning havodagi kontsentratsiyasiga, miqdoriga, ta`sir
qilish vaqtiga, organizmga tushish yo’llariga va himoya vositalarini o’z vaqtida
ishlatishga bog`liq bo’ladi
Fosfororganik
zaharlovchi
moddalarning
havodagi
juda
ham
oz
kontsentratsiyasi (0,0001—0,001 mg/l) bilan uzoq muddatda nafas olinsa og`ir
zararlanishga olib keladi. Masalan, zarinning havodagi 0,001 mg/l qontsen-
tratsiyasidan 15 daqiqa nafas olinsa og`ir zararlanish mumkin. CHet el
mutaxassislarining ma`lumotlariga qaraganda 1 m
2
maydonda zaharlovchi
moddaning 0,1—0,2 g kontsentratsiyasi hosil qilinsa, ushbu atmosfera kishilarning
o’limiga sabab bo’ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi