Klinik manzarasi
. Zaharlanish klinikasida quyidagi davrlar tafovut qilinadi:
mastlik-o’zni soxta bardam tutish yoki yashirin davr (1—2 kun davom etadi),
zaharlanishning asosiy belgilarini namoyon bo’lishi va tuzalishdan iborat.
Zaharlanishlar darajasiga qarab engil, o’rtacha og`irlikdagi oftalmik va og`ir
generallashgan turlarga farqlanadi.
Zaharlanishning engil darajasida yashirin davrdan so’ng umumiy darmonsizlik,
ko’ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, bosh og`rishi va qorin sohasida og`riq paydo
bo’lishi bilan ifodalanadi. Ko’pincha yuqorida ko’rsatilgan alomatlarga ko’rishning
buzilishi qo’shiladi Bunda zararlanganlar «kuz oldida tuman paydo bo’lishidan»
shikoyat qiladilar. Bu belgilar 2—3 kundan so’ng xech qanday iz qoldirmasdan o’tib
ketadi.
O’rta darajadagi zaharlanishda yuqorida ko’rsatilgan klinik simptomlar kuchli
darajada rivojlangan bo’ladi, lekin ko’rishning buzilishi asta-sekin rivojlanib boradi.
Ba`zan shunday hollar ro’y beradiki, kechqurun metanol ichgan kishi ertalab
turganda xech narsani ko’rmaydigan bo’lib qoladi, bir-ikki kundan so’ng ko’rish
qobiliyati asta-sekin tiklana boshlaydi Bu bosqich barqaror xususiyatga ega emas,
tuzalishdan bir necha kun o’tgach ko’rish yana yomonlashadi. Kuz oftalmoskopiya
qilinganda zaharlanishning boshlang`ich davrida kuz to’r pardasining va ko’rish
nervining shishi kuzatiladi, kuz venalari kengayib, qon quyilishlar aniqlanadi. Ba`zan
ko’rish nervining nevriti qayd etiladi.
Og`ir zaharlanishda klinik simptomlar yashirin davrsiz tezda yuzaga chiqadi.
Birdaniga darmonsizlik, ko’ngil aynishi, qayt qilish, qorin sohasida kuchli og`riq
paydo bo’ladi. Keyinchalik uyquchanlik, hushdan ketish kuzatiladi. Nafas olishning
buzilishi tufayli gipoksiya holati paydo bo’ladi, tsianoz kuzatiladi, yurak-tomirlar
etishmovchiligi paydo bo’ladi. Tana harorati pasayib, sovuq ter bosadi. Ayrim
hollarda kuchli qo’zg`alishlar bilan birga klonik talvasalar yuzaga keladi.
Zaharlanganlar tekshirib ko’rilganda kuz qorachig`i kengaygan bo’ladi,
yorug`likka sezgirlik yo’qoladi. Tananing ko’karagan yoki qizargani aniqlanadi.
Nafas olish, uning soni va chuqurligi o’zgarib, boshqacha bo’lib qoladi, hansirash
paydo bo’ladi . Puls zarbi daqiqasiga 100—120 ni tashkil qiladi. YUrak auskultatsiya
qilinganda tonlarining bo’g`iq bo’lib qolganligi aniqlanadi. Sistolik bosim 80 mm
simob ustunini tashkil qiladi. Beixtiyor siyib quyish va ich ketishi kuzatiladi- Kollaps
holati rivojlanishi tufayli o’lim yuz berishi mumkin.
Davosi
. Metanolning ziddi-zahari yo’q. Og`iz orqali zaharlanish yuz berganda
tezlik bilan me`dadan zaharni chiqarib tashlashga harakat qilish kerak SHuning
uchun zaharlanganlarni bir necha marta qayt qilishga majbur qilish zarur. Iloji bo’lsa
me`da zond orqali toza suv bilan yoki 1—2% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan
yuviladi. Bir necha vaqtdan so’ng shilliq qavatlar ajratgan metanolni chiqarib
tashlash uchun me`dani qayta yuvish lozim bo’ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
48
Metanol oksidlanishida, etil spirti oksidlovchi fermentlar (katalazalar, alkogol-
degidrogenazalar) ishtirokida o’tganda va metanol oksidlanishi natijasida hosil
bo’lgan mahsulotlar metanol molekulasiga qaraganda ko’proq toksik ta`sirga ega
ekanligini hisobga olgan holda zaharga qarshi ziddi-zahar sifatida etil spirti
qo’llaniladi. Etil spirti metanol bilan fermentlar uchun raqobat reaktsiyasiga kirishadi
va buning natijasida metanolning oksidlanishini to’xtatishga erishiladi.
Zaharlanishlarga davo qilishda etil spirtining 30% li eritmasi (40% li
eritmasiga qaraganda yaxshi so’riladi) 100 ml dan beriladi, keyinchalik har 2-4
soatda 50-100 ml dan berib turiladi. Engil mastlik belgisi etil spirtining etarli
darajadagi miqdori bo’lnb hisoblanadi.
Og`ir zaharlanishlarda va etil spirtini ichirishning imkoniyati bo’lmaganda 5%
li etil spirti 5% li glyukoza eritmasiga aralashtirilgan holda venaga tomchilab
yuboriladi (har bir kg tana vazniga 1 ml toza etil spirti hisobida olinadi).
Zaharlangan
kishilarga
osoyishtalik
yaratilishi,
kerak
bo’lganda
oksigenoterapiya, yurak-tomir vositalarn, transfuzion terapiya o’tkaziladi. Atsidozga
davo qilish uchun ko’p miqdorda suyuqlik ichiriladi, venaga tomchilab natriy
gidrokarbonatning 3—4% li eritmasi (birinchi sutkalarda 1—2 litrgacha, siydikdagi
rN va qondagi bikarbonatlarni nazorat qilgan holda) yuboriladi.
Vitaminlar o’rnini to’ldirish uchun katta miqdorda (V1 — 5 ml 5% li eritmasi,
S — 10—20 ml 5% ertmasi, V6 — 2 ml 1 % li eritmasi, RR - 4 ml 1% li eritmasi
sutkasiga) vitaminlar yuboriladi. Glutamin kislota ichishga 1 g dan sutkasiga 3—6
mahal buyuriladi yoki 1% li glutamin kislota eritmasi venaga 500—1000 ml dan
tomchilab yuboriladi. PrTBnizolon 60—120 mg dan venaga yuboriladi.
Ko’rish yomonlashganda yoki karlik holati rivojlanganda degidratatsion
terapiya o’tkaziladi, venaga 20 ml 40% li glyukoza eritmasi, 20 ml 0,25% li novokain
eritmasi yuboriladi, lyumbal punktsiyalar har 3—4 kunda o’tkazib turiladi. Bunda
10—15 ml qilganda likvor suyuqligi chiqariladi. Og`ir koma holati rivojlanganda
siydik xaydovchi vositalar buyurish lozim Arterial bosim pasayganda yurak-tomir
vositalari (strofantin, kordiamin, metazon va boshqalar) beriladi. Iloji boricha
gemodializ, peritoneal dializ va gemosorbtsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |