Aim.uz
TOK MANBAININNG ELEKTR YURITUVCHI KUCHI VA ICHKI QARSHILIGINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: Berk zanjir uchun Om qonunini o`rganish va Kirxgofning II qoidasini tajribada tekshirish.
Kerakli asbob va qurilmalar: O`zgarmas tok manbai-akkumulyator yoki quruq element batareyasi, voltmetr, ampermetr, reostat, kalit va o`lovchi simlar.
Nazariy qism
Elektr zanjirida tok bo`lishi uchun, albatta, tashqi kuchlar (Kulon kuchi bundan istisno) zaryadni kuchirishda ish bajarishi zarur. Tashqi kuchlarga kimyoviy reaktsiyada moddani musbat va manfiy ionlarga ajratuvchi, yarim o`tkazgichlarda teshiklar hosil qiluvchi va shu kabi kuchlar kiradi. Sodda qilib, tashqi kuchlarning hammasi elektr yurituvchi kuch deb ataladi. Uni quyidagicha ifodalash mumkin:
(2.1)
Bunda -elektr yurituvchi kuch; A-tashqi kuch q-zaryad.
To`liq zanjir uchun Om qonuni tashqi (EYUK) kuch orqali qo`yidagicha ifodalash mumkin:
(2.2)
Ko`rinib turibdiki, butun zanjirdagi tok kuchi zanjirdagi EYUK ning shu zanjir to`liq qarshiligiga nisbatiga teng. Tok kuchi uch kattalikka ya'ni EYUKga zanjirning ichki va tashqi qismlarining qarshiliklari R va r ga bog`liq. Agar tok manbaining ichki qarshiligi zanjirning tashqi qismining qarshilidan juda kichik ( R r ) bo`lsa, ichki qarshilik tok kuchini sezilarli kamaytirmaydi. U holda tok manbaining qisqichlaridagi kuchlanish EYUK ga taxminan teng ya'ni
(2.3)
Endi zanjirning qarshiligini qo`yidagicha yozish mumkin:
(2.4)
Odatda tok manbaining ichki qarshiligi juda kichik bo`ladi, ya'ni R r. Bu holda ning U dan farqi foizning o`ndan bir ulishidan oshmaydi, shuning uchun EYUK ni o`lchash xatoligi kuchlanishni ulchash xatoligiga teng. Tok manbaining ichki qarshiligini bevosita ulchash mumkin. Buning uchun ampermetr va voltmetrning zanjir berk holatdagi ko`rsatishlari qayd qilinadi. EYUKni berk zanjir uchun Om qonuni ifodasidan topish mumkin.
bu yerda (2.5)
Bu yerda U=IR- tashqi zanjirning kuchlanishi. U holda tok manbaining ichki qarshiligini qo`yidagicha yozish mumkin:
(2.6)
Demak berk zanjirga ulangan tok manbaining EYUK va ichki qarshiligini tajribada aniqlangan natijalar asosida o`rganish hamda aniqlash mumkin ekan.
Ishni bajarish tartibi
1-rasmdagi elektr sxemani yig`ing.
Voltmetr yordamida tok manbaining EYUKsini ulchang (kalit ochiq holda).
Kalit berk bo`lgan holda ampermetr va voltmetr ko`rsatishlarni 2.1-jadvalga yozib oling.
Reostat surgichini harakatlantirib ampermetr va voltmetrning bir nechta kursatishlari yozib olinadi.
Tajribada topilgan natijalarga asosan r ni hisoblang.
O`lchov asboblarining aniqlik sinfidan foydalanib tok manbaining EYUK va ichki qarshiligini o`lchashdagi nisbiy va absolyut xatoliklarini hisoblab toping.
Tok manbaining EYUK va ichki qarshiligini o`lchash natijalarini jadvalga kiriting va yakuniy natijalarni quyidagicha hisoblab yozing.
2.1-jadval
№
|
|
U
|
I
|
r
|
r
|
|
1.
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
|
|
O’r
|
|
|
|
|
|
|
Nazorat savollari
1. Tok manbaining elektr yurituvchi kuchi deb nimaga aytiladi.
Kuchlanishning EYUKdan qanday farqi bor.
Nima uchun kalit uzuq va berk bo`lgan hollarda voltmetrning ko`rsatishlari har xil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |