Tohiriylar davlat boshqaruvi, fuqarolarga munosabat ayniqsa soliq tartiblariga alohida ahamiyat berganlar. Mulkdor dehqonlarning zulmidan og’ir soliqlardan bezor bo’lgan aholi malakatda tez-tez qo’zg’olon ko’tarib turgan. 9-asrning 60-yillarida Xurosonda g’oziylar faolligida xalq qo’zg’oloni avj olib ketgan. 873-yilda Tohiriylar hukmronligi tugatilib, yangi Safforiylar davlati tashkil topgan. Bu davlatga Yoqub ibn Lays as-Saffor asos solgan. Mamlakatda sodir bo’lgan bunday siyosiy o’zgarishdan so’ng Movarounnahr Xurosondan ajralib o’z mustaqilligini to’la tiklash imkoniga ega bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |