1.2 Balkalarning turlari
Balkalar tayanchlar yordamida asosga bog‘lanish usuli va ularning joylashishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Oddiy balka. Agar balkaning bir uchi qo‘zg‘almas sharnirli tayanch, ikkinchi uchi esa qo‘zg‘aluvchi sharnirli tayanch yordamida asosga bog‘langan bo‘lsa, bunday balka oddiy balka deyiladi (2 a-rasm).
2. Konsol balka. Agar balkaning bir uchi qistirib mahkamlangan, ikkinchi uchi esa erkin bo‘lsa, bunday balka konsol balka deyiladi (2 b-rasm).
3. Konsolli balka. Agar sharnirli tayanch balkaning biror uchiga nisbatan ichkari joylashgan bo‘lsa, ya’ni uning tayanchlaridan tashqariga chiqqan qismi bo‘lsa, u holda bir yoki ikki konsolli balka deyiladi (2 v, g-rasm).
4. SHarnirli balka. Agar bir necha oddiy, konsolli balkalar bir-biriga sharnirlar yordamida tutashtirilgan bo‘lsa, bunday balkalar sharnirli balkalar deb nomlanadi (2 d-rasm).
Tayanchlarning noma’lum reaksiyalarini aniqlash usuli bo‘yicha balkalar statik aniq va noaniq balkalarga bo‘linadi.
1.1-rasm
1.4. Egilishdagi ichki kuch faktorlari omillari (IKF) va ularni
aniqlash
Tekis ko‘ndalang egilishda balka ko‘ndalang kesimlarida hosil bo‘luvchi ichki zo‘riqish kuchlari bita bosh vektor (Qy) va bita bosh momentga (Mx) keltiriladilar (bundan keyingi hollarda ularning indekslarini tushirib yozamiz). Ularni aniqlash uchun kesish usulidan foydalanamiz. Balkaning ichki zo‘riqish kuchlarini aniqlash uchun kesish usulidan foydalanib, uni chap uchidan ixtiyoriy z masofada fikran kesiladi (3-rasm). Ko‘ndalang kesimda hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqishlarni aniqlash uchun balkaning chap yoki o‘ng tomonini olib, uning muvozanat holati tekshiriladi.
Kuchlar sistemasi bilan yuklangan konsol balkaning chap uchidan Z masofada o‘tuvchi tekislik bilan balkani xayolan kesaylik (3 – rasm,a).
Aytaylik, balkaning o‘ng qismini tashlab yuborib, chap qismining muvozanatini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun olib qolingan chap qism muvozanatini tiklash maqsadida tashlab yuborilgan o‘ng qism ta’sirini ichki kuchlarning teng ta’sir etuvchilari ko‘ndalang kesuvchi kuch Q va eguvchi moment M bilan almashtiramiz (3 – rasm,b). Endi muvozanat tenglamalarini tuzamiz.
U=0; R1-R2-Q=0; bundan Q=R1-R2.
Demak, balkaning ixtiyoriy kesimidagi ko‘ndalang (kesuvchi) kuch balkaning olib qolingan qismidagi tashqi kuchlarning balka vertikal o‘qiga proeksiyalarining algebraik yig‘indisiga teng.
bundan
Demak, balkaning ixtiyoriy kesimidagi eguvchi moment balkaning olib qolingan qismidagi tashqi kuchlardan ko‘rilayotgan kesim markaziga nisbatan olingan momentlarning algebraik yig‘indisiga teng.
Ko‘ndalang kuch va eguvchi moment tenglamalarini tuzishda ishoralashning quyidagi qoidalariga rioya qilish kerak.
Ko‘rilayotgan kesimdan chap tomonda joylashgan pastdan yuqoriga yo‘nalgan tashqi kuchlar ko‘ndalang kuch tenglamasiga musbat ishora bilan kiritiladi (1.4–rasm,a) va aksincha (1.4–rasm,b).
Ko‘ndalang kuch ishorasini quyidagi belgi bo‘yicha ham aniqlash mumkin: balka ko‘rilayotgan qismini kesim markaziga nisbatan soat strelkasi yurishi bo‘yicha burishga intiluvchi kuchlar (1.4–rasm,a) tenglamaga musbat ishora bilan kiritiladilar va aksincha (1.4–rasm,b).
Agar ko‘rilayotgan kesimdan chapdagi kuch soat strelkasi harakati yo‘nalishida moment bersa, o‘ng tomondagi moment soat strelkasi harakatiga teskari yo‘nalishda bo‘lsa (1.5 –rasm,a) bu kuch momenti musbat ishoralanadi va aksincha (1.5 – rasm,b).
((1.5 – rasm,a) dan ko‘rinadiki, musbat ishorali eguvchi momentlar ta’sirida balka qismi qavariq tomoni bilan pastga egiladi va aksincha (1.5 – rasm,b). Q va M ishoralari quyidagi jadvalda keltirilgan (1 – jadval.)
Demak, ichki zo‘riqish kuchlar Q va M uchun quyidagi ishora qoidasi qabul qilingan:
1) agar ta’sir qilayotgan kuch ko‘rilayotgan ko‘ndalang kesimga nisbatan balkaning muvozanati tekshirilayotgan qismini soat strelkasining harakat yo‘nalishi bo‘yicha aylantirishga intilsa, u holda tegishli kuchdan musbat ishorali ko‘ndalang kuch hosil bo‘ladi, aksincha bo‘lsa, holda manfiy ishorali ko‘ndalang kuch mavjud.
2) agar balkaning muvozanati tekshirilayotgan qismiga qo‘yilgan har qanday tashqi kuch yoki moment ostki tolachalarda cho‘zilish deformatsiyasini hosil qilsa, u holda mazkur ta’sirdan mavjud bo‘lgan ko‘rilayotgan kesimdagi eguvchi moment musbat ishorali deb qabul qilinadi, aks holda manfiy ishora bilan olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |