Tog`ay Murodning,,Otamdan qolgan dalalar’’ romani haqida Fikrlarim



Download 20,12 Kb.
Sana21.06.2022
Hajmi20,12 Kb.
#687263
Bog'liq
Tog\'ay Murod Otamdan qolgan dalalar Ulug\'ov Bekzod 201 tarix kechki


Tog`ay Murodning ,,Otamdan qolgan dalalar’’ romani haqida Fikrlarim.
Oʻzbek adabiyotshunoslarining tahlilicha Togʻay Murodning ilk romani „Otamdan qolgan dalalar“ oʻzbek milliy adabiyoti tarixida muhim hodisa boʻlgan. Asarni yozishga kirishar ekan, yozuvchi oʻzini, oʻzining hayot haqidagi bilim, tasavvurlarini qayta tanqidiy taftishdan oʻtkazadi. Shu paytga qadar amal qilgan ijodiy aqidalariga sodiq qolgan holda qishloq hayoti, oddiy odamlar turmushini oʻzgacha nigoh bilan anglash yoʻlini tutadi.

Mustabid tuzum sharoitida oddiy zahmatkash mehnat ahli ayni oʻsha noyob fazilatlari — toʻgʻrisoʻzligi, mehnatkashligi, halolligi, odob-andishasi tufayli xor boʻlayotganligini adib chuqur alam-iztirob, nadomatlar bilan tasvirlaydi. Asarda ijtimoiy ruh — pafos keng koʻlam kasb etadi. Roman markazida Dehqonqul taqdiri turadi. Asar voqealari hayoti, taqdir-qismati, ruhiy dunyosi, ona-yer, kindik qoni toʻkilgan muqaddas tuproq bilan mustahkam bogʻliq, oʻzbekning ramzi degulik mehnatkash inson — bosh qahramon Dehqonqul tilidan soʻzlab beriladi.


Dehqonqul obrazi — oʻzbek adabiyotida badiiy kashfiyot hisoblanadi. Dehqonqul sovet davri adabiyotida zavq-shavq bilan qalamga olingan mehnat qahramonlariga parodiya tariqasida yaratilgan. U totalitar tuzum, qizil imperiya siyosati tarbiyalab yetishtirgan „mehnat kishisi“, „yangi inson“ timsoli, mustabid hokimiyat munofiqona mafkurasining tirik qurboni. Dehqonqul shoʻrolar hukumatining deyarli tengdoshi. Yozuvchi qahramon taqdiri orqali davrni, „sotsialistik jamiyat tarixini ifodalash“ni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻymaydi.

Sovet hokimiyati yillarining „muhim pallalari“ atayin chetlab oʻtiladi, fuqarolar urushi yillarida aqlini tanigan bola 60-yillarda ham bolaligicha qolaveradi. Bu hol aslo „mantiqsizlik“ boʻlib tuyulmaydi. Yozuvchini birinchi galda Dehqonqulni qul, mute qilib shakllantirgan hayotiy omillar qiziqtiradi.


Asarda bosh qahramon Dehqonqul oʻzbek xalqining timsoli sifatida tasvirlangan. Asarda uch avlod vakillari Jaloliddin Ketmon, uning oʻgʻli Aqrab va uning farzandi Dehqonqul obrazi orqali oʻzbek xalqi hayotining fojiali qirralarini yoritib berilgan. Bolalikdan qullik, zulmga koʻnikkan, hayotni faqat mehnatdan iborat deb bilgan Dehqonqul uchun dalalari va paxtasi muhim. Uning uchun dalalarining yaxshi saqlanishi, moʻl hosil berishigina saodat.Dehqonqul shu tashvishlar bilan band boʻlib oilasiga, farzandlariga ham eʼtibor bermaydi. Markazdan keluvchi mehmonlarga atab bozor qiladi, biroq bolalariga kelganda kambagʻalligiga koʻnadi. Siyosatdan yiroq boʻlgan boʻlsa-da, asar yakunida „Paxta ishi“ sababli qamaladi. Shuncha yil qul boʻlib yashagan Dehqonqulning koʻzi shunda ochiladi. Hayotidagi barcha fojialarni ana oʻshanda anglaydi.Togʻay Murod ushbu romani haqida shunday fikr bildirgan: „Men bu asarim bilan oʻzbek xalqiga haykal qoʻyaman“!Menga eng yoqgan obraz bu Dehqonqul bo’ldi.
Unda muallif butun umr dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko‘rmagan, qut-barokot yurtida kosasi oqarmagan munis o‘zbek xalqi siymosini Dehqonqul obrazi timsolida badiiy talqin etadi.“Otamdan qolgan dalalar” romani 1994- yilda Sharq nishriyot-matbaa konsernining bosh taxririyati tomonidan 75000 nusxada chop etilgan. Romanda qayd qilinishicha muallif uni 1986-1991- yillar oralig‘ida yozib tugallagan. Kitobning ilk sahifasidagi bag‘ishlovda muallif tilidan qayd qilingan tubandagi yozuvni o‘qiymiz: “Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zosi – Ozod O‘zbekiston uchun bitdim”. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish irodasi va taklifiga ko‘ra 1992- yil 2- martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot bo‘lgan BMTga qabul qilingan. Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, 1991- yil roman qo‘lyozmasining yozib tugallangan sanasini anglatadi. Romanning umumiy hajmi 263 sahifadan iborat. U o‘nta bob va 273 ta turli hajmdagi fasllardan tarkib topgan. Shuningdek, asarga “Men” sarlavhasi ostida muallifning hayot va ijod yo‘li haqidagi o‘ziga xos ma’lumotnomasi ham ilova qilingan.“Otamdan qolgan dalalar” romani uchun Tog‘ay Murod O‘zbekiston Respublikasi Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotini olishga musharraf bo‘ldi. Iste’dodli romannavis Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani ijtimoiy hayotdagi qarama-qarshiliklarni Dehqonqul obrazi orqali haqqoniy ko‘rsatib bergan. Mustamlaka davrida o‘zbek xalqining qiyinchiliklarga, hatto ustma-ust fojialarga duchor qilingani ham moddiy va ma’naviy jihatdan ezilganligini ko‘rsatish “Otamdan qolgan dalalar” romanining asosiy g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi. Asarda xalqimizning 130 yillik tarixi mustamlakachilik siyosati ayovsiz fosh etilgan va keskin qoralangan.Demak, bu roman mustaqillik sharofati tufayli yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy roman. Asarda hayot haqiqati haqqoniy yoritib berilgan.Asarning bosh qahramoni Dehqonqul o‘zbek xalqining timsoli sifatida tasvirlangan. Asarda uch avlod vakillari Jaloliddin Ketmon, uning o‘g‘li Aqrab va uning farzandi Dehqonqul obrazi orqali hayotimizning fojiali qirralarini mahorat bilan yoritib bergan. Bolalikdan qullik, zulmga ko‘nikkan, hayotni faqat mehnatdan iborat deb bilgan Dehqonqul uchun dalalari va paxtasi muhim. Uning uchun dalalarining yaxshi saqlanishi, mo‘l hosil berishigina saodat. Dehqonqul shu tashvishlar bilan band bo‘lib oilasiga, farzandlariga ham e’tibor bermaydi. Markazdan keluvchi mehmonlarga atab bozor qiladi, biroq bolalariga kelganda kambag‘alligiga ko‘nadi. Siyosatdan yiroq bo‘lgan bo‘lsa-da, asar yakunida “Paxta ishi” sababli qamaladi. Shuncha yil qul bo‘lib yashagan Dehqonqulning ko‘zi shunda ochiladi. Hayotidagi barcha fojialarni ana o‘shanda anglaydi. Dehqonqul obrazi orqali Sovet dehqoni qiyofasi tasvirlangan.
Download 20,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish