Tadqiqot obyekti va predmeti. Adib ijodining naqadar sehrli va nafis
san’atkorlik darajasiga ko‘tarilganligini dalillash maqsadida uning turli
janrlarda yaratilgan asrlari tahlil qilindi. Xususan, «Otamdan qolgan dalalar»,
«Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romanlari va hikoya va qissalariga yangicha
qarashlar bildirildi.
Dissertatsiya ishining maqsad va vazifalari. Mavzuni yoritishda
quyidagi maqsad va vazifalar belgilandi:
- adib ijodidagi inson va uning ichki kechinmalarini tahlil qilish;
- T.Murod asarlaridagi badiiy psixologizm masalasini yoritish;
- davr qiyofasi va badiiy haqiqat muammosini o‘rganish;
- ruhiy kechinma va uning badiiy ifodasini tahlil qilish;
- adib asarlarida folklor namunalarining ishlatilishini o‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |