K I R I SH
Dissertatsiya mavzuning asoslanishi va dolzarbligi. Milliy istiqlol
mafkurasining asosiy yo‘nalishlarini belgilashda ajdodlarimiz merosidan ular
yaratgan eng yaxshi urf-odatlardan voz kechmaslik aksincha, ularni davom
ettirish va boyitishga alohida e’tibor berilayotgani bejiz emas. Prezidentimiz
ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida maxsus to‘xtalib,
quyidagilarni e’tirof etgan edi: «Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men,
avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksaklikka da’vat etadigan, inson ichki
olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan,
vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman».
1
Demak, yuksak ma’naviyat uchun kurash, unga erishishda hajvning
o‘rni, ahamiyati beqiyos darajada ulkandir. Shu jihatdan hajv ijtimoiy
taraqqiyotning barcha bosqichlarida, yetakchi pafos turi sifatida adabiyot va
san’atda o‘z o‘rniga ega. Bir so‘z bilan aytganda, istiqlol davri adabiyotida
insonning ma’naviy-axloqiy kamoloti, shaxsning hozirgi hayot va
jamiyatdagi o‘rni o‘rni muammosini ifodalashga bo‘lgan e’tibor birinchi
o‘ringa qo‘yilmoqda. Mamlakatimizning ma’naviy hayotida kun tartibida
turgan mazkur vazifani bajarishda iste’dodli adiblar zimmasiga shubhasiz
katta mas’uliyat tushadi. Istiqlol davri adabiyotining ma’naviy axloqiy
sohasidagi tinimsiz izlanishlari hozirgi paytda o‘z samarasini bermoqda. Bu
narsalarni iste’dodli adib bir qancha hikoyalar, qissa va romanlar muallifi
Tog‘ay Murod ijodidan kuzatish mumkin.
Adabiyotimizning hozirgi taraqqiyot bosqichining o‘ziga xosligi
shundaki, unda falsafiy va axloqiy-ma’naviy izlanishlar keng ko‘lamda olib
borilmoqda. Bunday ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni badiiy ta’sirchan
ifodalash faqat odamlarning ruhiy ehtiyojmandligi tufayligina emas, balki
1
Karimov I. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: O‘zbekiston, 1999. - B. 17.
4
adabiyotning ham ma’naviy ehtiyoji tarzida ro‘y bermoqda desak
yanglishmaymiz. Tog‘ay Murod ijodiy izlanishlarining rang-barang hayotiy
materiallar asosida ruyobga chiqqanligi ayniqsa quvonchlidir. Chunki:
«Yozuvchi hayotiy voqealarni tasvirlar, xarakterlar yaratar ekan, u o‘z
fantaziyasining bandasi bo‘lib qola olmaydi. Yozuvchi istagidan ustun
turadigan qalamining yo‘nalishini belgilab beradigan ma’lum kuchlar borki,
san’atkor ular bilan hisoblashmasdan iloji yo‘q. Shulardan biri hayot
mantiqidir»
1
.
Badiiy ijod qaysi janri bo‘lmasin faqat salmoqdor fikr, mustaqil qarashni
taqozo etadi. Ijodkor o‘zini ruhan erkin his etgan taqdirdagina chinakam asar
maydonga keladi. Istiqlol ijodkorlarni sho‘ro davrida mudom taqiq qilib
turadigan son-sanoqsiz ko‘zga ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan ruhiy
kishonlardan ozod etdi. Birgina moddiloncha falsafaga asoslangan, barcha
birdek amal qilishi lozim bo‘lgan soata ijodiy metodning qat’iyan rad
etilishining o‘zi ijodkor uchun benazir saodat va mislsiz imkoniyat. Lekin
aytish kerakki o‘sha davrdi yashab o‘sha davr illatlarini nozik psixologik
tahlillar orqali ifoda qilgan ijodkorlar ham bo‘ldi. Ijodkor shaxs birinchi
navbatda uni o‘zligidan ayirgan mustabid tuzumni, ijtimoiy voqelikni ko‘ngil
prizmasidan o‘tkazadi. Buning natijasida anglash jarayoni kechadi.
Bu jarayon ijodkor ongiga yuz berajak evrilishlarga olib keladi. Adabiy
jarayonda yuz beradigan silsila-bir vaqtda muayyan bir mavzu yuzasidan
adabiyotda mavjud janrlarda bir guruh ijodkorlarning asar yaratishlari
natijasida yuzaga keladi. T.Murodning yuqorida qayd etilgan romanlari va
boshqada qissalarida mazmunan yaqin o‘tmishdagi xalq taqdiri-kechmishi
badiiy talqinga jalb etilar ekan, voqelikni yozuvchi qanday tafakkur etsa,
badiiy ijod shunday munosabat natijasida yuzaga keladi.
1
Qo‘shjonov M. Hayot va nafosat. -T.: Fan, 1970. –B. 16.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |