- Jinsiy sistemasi, ko‘payishi va rivojlanishi. Askaridaning jinsiy sistemasi bir uchi berk ingichka naychaga o‘xshash bo‘lib, tana bo‘shlig‘ida buralib joylashgan. Urg‘ochisining jinsiy organi ikkita tuxumdondan, erkaginiki esa bitta urug‘dondan iborat. Askarida juda serpusht: bir kecha-kunduzda 240000 tagacha tuxum qo‘yadi. Urug‘langan va qattiq po‘st bilan qoplangan tuxumlarini xo‘jayini ichagiga qo‘yadi. Tuxumlar axlat bilan tashqariga chiqariladi. Nam joyda tuxumlar ichida lichinkalar rivojlanadi. Tuxumlar iflos qo‘l yoki yuvilmagan sabzavot va mevalar orqali odamning ichagiga tushganida ulardan lichinkalar chiqadi. Lichinkalar qon orqali o‘pkaga boradi; so‘ngra balg‘am bilan og‘izga tushadi. Ular og‘izdan yana ichakka qaytib tushgach, rivojlanib voyaga yetadi va tuxum qo‘yishga kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |