Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Tabiiy va aniq fanlar fakulteti Biologiya 104-guruh talabasi RAJABOV OTABEK ning ZOOLOGIYA fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI - To‘garak chuvalchanglar tanasi ko‘ndalang kesimi to‘garak shaklda, tana shakli ipsimon, ichki organlari tana boshlig‘ida joylashgan. Dengiz, chuchuk suv va tuproqda hayot kechiradi; odam, hayvon va o‘simliklarda parazitlik qiladi. Bu tipga odam askaridasi misol bo‘ladi.
- Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Odam askaridasi ingichka ichakda parazitlik qiladi. Uzunchoq gavdasi ikki uchi ingichkalashgan duksimon shaklda. Urg‘ochisining uzunligi 20–40 sm, erkagi 15–25 sm bo‘ladi. Erkak askaridaning dumi ilmoqqa o‘xshash egilgan. Askarida gavdasi tashqi tomondan pishiq va qalin po‘st – kutikula bilan qoplangan. Yopishuv organlari rivojlanmagan, uning elastik tanasi ichak devoriga taqalib turganidan ichakdan tashqariga chiqib ketmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |