Ertalab soat 7 da turish qiyinmi, albatta. Tonggi badantarbiyani qilish qiyinmi,
albatta. Har kuni bitta pomidor kitob o’qish qiyinmi, albatta. Agar ushbu savollarga
siz “Ha” deb javob bergan bo’lsangiz, unda siz ushbu ishlarni bajarmaysiz. Agar
bajarib kelganingizda, qaysidir topshiriq sizga osonlik qilgan bo’lardi.
Har kuni
kitob o’qishga odatlangan odamga, 1 soat kitob o’qish ham qiyin emas. Lekin o’sha
odamga ham boshida kitob o’qishni boshlash qiyinlik qilgan.
Shu payt odamlarda bir savol tug’iladi “Men har kuni soat 7 dan oldin
uyg’onaman, lekin soat 7 dan oldin uyg’onish menga qiyin. Siz esa qiyin bo’lsa,
demak bajarmayapsiz, men esa bajaryapman” deyishadi. Agar sizda ham ushbu
savol tug’ilgan bo’lsa,
bir narsaga javob bering, siz ertalab soat 7 dan oldin
uyg’onishingizni majburlikdan qilyabsizmi, yoki bu narsa menga foyda keltiradi,
odat tarzimga aylantirishim kerak debmi? Ko’pchilik majburlikdan uyg’onadi,
sababi ishga vaqtida borish kerak, o’qishga vaqtida borish kerak, agar kech qolsa
jazo bor deb uyg’onadi. Eng qizig’i shundaki, bunday insonlar
ertalab vaqtli turishi
uchun, har doim ham kechqurun vaqtli uxlashmaydi. Shu sababli siz odat
shakllantirishda o’zingizga buni foydaliligi uchun bajaring va ushbu odatni
shakllantirish uchun har qanday yordamni o’zingizga bering. Ertalab 7 da
turmoqchimisiz, kechqurun soat 23:00 gacha uxlashga yoting. Kitob o’qishni odatga
aylantirmoqchimisiz, doimo kitobni o’zingiz bilan olib yuring. Shunda sizda odat
shakllanishi oson bo’lib boradi.
Demak, yuqoridagilardan bizga ma’lum bo’lgani shuki, istalgan ishni endi
bajarishni boshlagan bo’lsangiz, siz unda qiynalasiz.
Lekin bu qiyinchilik abadiy
bo’lmasligini tushunib oling. Agar 2-3 kun shug’ullanib, obraz topa olmasangiz, bu
sizni hech qachon obraz topa olmaydi, yoki metod sizda yaxshi ishlamaydi degani
emas. Shunchaki siz boshlang’ich holatdagi qiyinchilikka duch keldingiz deb qabul
qiling va shug’ullanishda davom etavering.
Obraz topishdagi asosiy muammolardan biri shundaki, xorijiy so’zga qarab
nimaga o’xshatsam bo’larkin deb juda uzoq o’ylash. Hayolga qandaydir obraz kelsa
ham uni kimdirlar bo’lmasa kerak deb olmaydi. Siz bemalol, shoshilmasdan obraz
topaversangiz, u holda siz tez obraz topish ko’nikmasini rivojlantirishingiz qiyin
bo’ladi. Obrazni tez topish uchun juda tez obraz topishga harakat qilish zarur. Bu
juda g’alati eshitiladi albatta. Lekin shunday. Hozir sizga buni qanday rivojlantirish
kerakligini tushuntirib o’tamiz. Quyida 10 ta xorijiy so’z beriladi.
Siz esa
sekundomerni oling va ushbu 10 ta so’zga obraz topishni boshlang. Vazifa, faqatgina
tez obraz topish, uni eslab qolish ham, nimadirlarga bog’lash ham shart emas. Buni
imkon qadar tez bajaring:
1. Vaitoskirja 6. Linssi
2. Eksyttaa 7. Tuki
3. Resepti 8. Tuonti
4. Taso 9. Makupalat
5. Ajoittainen 10. Ensimmainen
Yuqoridagi so’zlar Finlandiya tilidagi so’zlar, bular haqiqatda bor. Tag’in
hayolga kelgan so’zlar yozilgan deb o’ylamang. Agar yuqoridagi so’zlarga obraz
topib bo’lgan bo’lsangiz, shunga ketgan vaqtni belgilab qo’ying. Endi sizga chek-
listga yangi indicator qo’shamiz: “20 ta so’zga obraz topish”. Buni chek-listning
indikator bo’limiga kiriting. Ushbu mashqni har kuni bajaring.
Vaqtini esa chek-
listga kiritib boring. Unutmang, bu mashqda faqatgina tezlik muhim. Quyida yana
bir bor shug’ullanishingiz uchun 10 ta so’z qoldiriladi. Ularga ham tezlikka obraz
topishga harakat qiling:
1. perifeerinen
2. perhe
3. kaulus
4. jousitus
5. kykenemätön
6. pääosa
7. idealistinen
8. taajuus
9. kohtelias
10. kipu
Yana bir muhim narsani eslatib o’tamiz, siz topgan obrazingiz hamma uchun
tushunarli bo’lishi shart emas, faqatgina uni o’zingiz tushunsangiz yetadi. Misol
tariqasida ingliz tilidagi Bargain (savdolashmoq) so’zini olsak, ushbu so’zga hamma
biladigan obrazni topish mushkul, lekin siz mobil o’yinlar o’ynagan bo’lsangiz,
undagi qahramonlardan ham foydalanishingiz mumkin. Misol uchun Bargan ismli
o’yin qahramoni Bargain so’ziga o’ta mos tushadi, ammo Bargan kimligini, qaysi
o’yin qahramoni ekanligini hech kim bilmaydi. Boshqalar bilishi ham shart emas,
o’zingiz bilsangiz va tasavvur qila olsangiz yetadi.
20 ta so’zga obraz topish mashqini har kuni 1 marta qilishingiz kerak. Ko’proq
ham bajarish mumkin, lekin bu talab etilmaydi. Obraz topish mashqida siz o’zingiz
har xil so’zlar topishingiz kerak. O’zingiz bilmaydigan so’zlarni topishning eng oson
usullaridan biri, o’zingiz bilmagan tildagi kitobni toping va undagi 20
ta turgan
so’zlarni tanlab olib obraz toping. Shunday qilib 1 ta xorijiy tildagi kitobda bor
so’zlarni 1 yilgacha yetqazishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: