Tog usuli. Guidebook. Kirish



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana22.05.2023
Hajmi1,61 Mb.
#942293
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
TOG o\'quv qo\'llanma

Chek-list 
 
Quyidagi jadval chek-list deb nomlanadi. Ushbu jadvalni biz o’zimizga 
kerakli bo’lgan foydali odatlarni shakllantirish uchun foydalanishimiz mumkin. Bu 
yerda 4 ta bo’lim bor: 
1. Sana. 
2. Indikatorlar 
3. Amaliyotlar 
4. Kataklar 
Sana joyiga siz foydalanishni boshlagan kuningizdan boshlab sana qo’yiladi. 
Siz 22-fevraldan ushbu jadvalni yuritmoqchisiz, sananing birinchi joyiga 22.02, 
undan keyin 23.02 va h.k. qilib to’ldirib qo’ying. Ya’ni bu chek-listimiz bizga bir 
oy davomida xizmat qiladi. Sanalar ro’yxatidan yakshanbalarni olib tashlamang! 
Odat shakllantirishdagi eng katta xatolardan biri, odamlar qilishi kerak bo’lgan ishni 
yakshanba yoki bayram kunlari qilishmaydi. Bu esa xato. 
Endi indikatorlar va amaliyotlar bo’limi bilan tanishib chiqamiz. Amaliyotlar 
bo’limiga biz bajarishimiz kerak bo’lgan topshiriqlar yoziladi. Bu yerda topshiriq 
bajarildimi yoki yo’qligi muhim hisoblanadi. Agar topshiriqni bajargan bo’lsangiz, 
shu amaliyotning o’sha kundagi sanasiga + belgisini qo’yasiz. Har kuni bitta ishni 
bajarib, ushbu + lar zanjirini uzmaslikka harakat qilishingiz zarur. Eng qizig’i 
shundaki, siz o’zingiz ham ushbu + larni uzishni xohlamaysiz, mana shuning o’zi 
sizni topshiriqni bajarishga kuch beradi. 
Agar siz amaliyotni qaysidir kuni bajarmasangiz, o’sha katakni bo’sh 
qoldirishingiz zarur. Bo’sh qolgan katakni, ertasi kuni bajarib to’ldirib qo’yishning 
imkoni yo’q, shuning uchun kataklarni bo’sh qoldirmaslikka, ya’ni topshiriqni 
bajarishni xohlamaslikka harakat qilmang. 
Indikatorlar bo’limiga esa bajarilgan ishning ko’rsatkichi yoziladi. Misol 
uchun, yodlangan xorijiy so’zlar soni. Har kuni qancha xorijiy so’zni yodlab 
borganingizni indikatorlar bo’limiga raqamlarda ifodalab kiritishingiz kerak. Bu esa 


sizni natijangizni o’sishini kuzatishingizni imkonini beradi. 30 kun har kuni xorijiy 
so’z yodlasangiz va indikatorlar bo’limiga har kuni natijangizni kiritib brogan 
bo’lsangiz, u holda sizga bittada sizning natijangiz o’sgani yaqqol ko’rinadi. Sababi 
birinchi kuni siz 20 ta so’z eslab qolgansiz, oyning oxiriga kelib siz 60 talab so’zlarni 
eslab qolyabsiz. Demak siz ushbu 30 kun ichida natijangizni 3 barobar 
yaxshilaganingizni bilib olasiz. 
Chek-list bilan ishlashni tushunib olgan bo’lsangiz, u holda chek-listni 
qo’lingizga oling va qo’llanma bo’yicha jadvalni to’ldiring. Agar chek-list fayli 
bo’lmasa, uning o’zingiz ham chizib tayyorlab olishingiz mumkin. 
1. Sanani qo’yib chiqing: 
2. Hozircha faqatgina biz bergan amaliyot va indikatorlarni kiriting, boshqa 
qo’shimcha topshiriqlarni kiritmang: 


3. Har kuni shug’ullaning va chek-listni to’ldirib boring: 
Jadvalda ko’rganingizdek, amaliyotlar bo’limida hozircha faqat TOG orqali 
so’z yodladim amaliyoti turibdi. Uni bajarsangiz siz faqatgina + belgisini qo’yasiz. 
Indikatorlar bo’limidagi birinchi ko’rsatkich, “TOG orqali yodlangan so’zlar 
soni”. Bunda siz har kuni qanchadan so’z yodlaganingizni kiritib borasiz. E’tibor 
bergan bo’lsangiz, natijada o’sish borligini kuzatish mumkin. 
Intikatorlar bo’limidagi ikkinchi ko’rsatkich “TOG bilan qancha vaqt 
shug’ullandim”. Bunda siz har kuni TOG usuli bilan shug’ullanish uchun qancha 
vaqt ajratganingizni kiritib borishingiz zarur. Jadvalda berilgan ko’rsatkichlar 
soatlarda berilgan. Siz agar xohlasangiz, nechta pomidor shug’ullanganingizni 
kiriting, yoki vaqtni daqiqalarda kiriting. Asosiysi jadvalni to’ldirish o’zingiz uchun 
tushunarli va oson bo’lsin. 
Keyinchalik ushbu chek-listga boshqa qo’shimcha amaliyot va indikatorlarni 
kiritishingiz mumkin. Lekin boshidanoq juda ko’p amaliyotni va indikatorni yozib 
yubormang. Aks holda siz ularni bajarishga ulgurmasdan, qolgan topshiriqlarni ham 
tashlab qo’yishingiz mumkin. 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish