bog‘langan yoki plastik. Bunday sinfdagi tog‘ jinslarida minyeral zarralar suv-kalloid bog‘lanish, ayniqsa zarralarning yupqa suv qatlami bilan qoplanishi orqali bog‘lanadi. Bunday tog‘ jinslarining suv bilan to‘yinish darajasiga bog‘liq ravishda ularning plastiklik darajasi ham o‘zgaradi. Bog‘langan tog‘ jinslariga loy va kam loyli slanetslar, suglinkalar va boksitlar misol bo‘ladi.
alohida donador yoki maydalangan, sochiluvchan bunday tog‘ jinslarining minyeral zarralari orasida bog‘lanish juda kam yoki yo‘q. Bunday tog‘ jinslari o‘zida bitta yoki bir nechta minyeral zarralarning oddiy mexanik aralashmalarini hamda qattiq tog‘ jinslari siniqlarini namoyon etadi. Alohida donador tog‘ jinslariga qum, shag‘al-toshqotishma yotqiziqlari va sun’iy ag‘darmalar misol bo‘ladi.
- oquvchan, bu sinfdagi tog‘ jinslarida minyeral zarralar suv ta’sirida bir-biridan ajraladi. SHuningdek bu tog‘ jinslari suv bilan to‘yinganda o‘z joyini turli ko‘rinishlarda o‘zgartirish qobiliyatiga ega. Bunday tog‘ jinslariga suv bilan to‘yingan qumlar (suyuq qum), loy yoki suglinkalar misol bo‘ladi.
Tog‘ jinslarining petrografik xususiyatlari.
Tog‘ jinslarining xossalari ularning tarkibi va tuzulishiga bog‘liq. Tog‘ jinslari miryerallardan tashkil topadi. Bizga tabiatdagi 3000 ga yaqin miyerallar ma’lum. Biroq tog‘ jinslari tarkibidagi faqatgina 20 dan ortiq bo‘lgan tog‘ jinsi hosil qiluvchi minyeral deb ataluvchi va yer qobig‘ida ko‘proq tarqalgan minyerallargina muhim ahamiyatga ega.
Minerallar odatda kimyoviy guruhlari bo‘yicha quyidagi tartibda ajratiladi:
Sof tug‘ma elementlar (oltin Au, kumush Ag, mishyak As, oltingugurt S, surma Sb, olmos C va boshqalar)
Sulfidlar (xalkozin Cu2S, sfalyerit ZnS, kinovar HgS, pirit FeS2 va boshqalar)
Oksidlar (kuprit Cu2O, korund Al2O3, gematit Fe2O3, kvars SiO2 va boshqalar)
Silikatlar (olivin (Mg,Fe)2[SiO4]; talk Mg3(OH)2Si4O10; muskovit KAl2(OH,F)2[AlSi3O10]; biotit K(Fe,Mg)3(OH,F)2[AlSi3O10]; syerpentin Mg6(OH)8[Si4O10]; kaolinit Al4(OH)8[Si4O10]; kaliyli dala shpati K[AlSi3O8] va boshqalar).
Kislota tuzlari – sulfatlar (angidrit CaSO4; barit BaSO4), volframatlar (sheelit CaWO4), karbonatlar (kalsit CaCO3).
Galoid birikmalar (flyuorit CaF2; galit NaCl; silvin KCl).
Mineralogik tarkibi bo‘yicha tog‘ jinslari bir minyeralli va ko‘p minyeralli turlarga bo‘linadi. Bir minyeralli tog‘ jinslariga qumtosh, ohaktosh, marmar, gips va boshqalar misol bo‘ladi. Ko‘pchilik tog‘ jinslari ikkinchi turga mansub bo‘ladi.
Jins hosil qiluvchi minyerallarni ularning mexanik xususiyatlariga tegishli bo‘lgan, shuningdek turli ta’sir doirasi bo‘yicha bir nechta asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin:
a) kvarsli minyerallar - kvars, kremen, xalsedon va boshqalar;
b) silikatli minyerallar – dala shpati, amfibol, piroksen, slyuda va boshqalar;
v) karbonatli va loyli suv shimuvchi minyerallar - kalsit, dolomit, kaolinit va boshqalar;
g) yengil yeriydigan minyerallar - gips, galit, silvin va boshqalar.
Kvarsli tog‘ jinslari (toshli qumtoshlar, kvarsitlar) eng katta mustahkamlik va egiluvchanlikka ega. Silikatli tog‘ jinslari yuqori mustahkamlikga ega. Biroq slyudali minyerallar tarkibi ortishi bilan mustahkamlik ko‘rsatkichi kamayadi. Tog‘ jinsida loyli va engil yeruvchan minyerallarning mavjudligi uning mustahkamligi va elastikligini keskin kamaytiradi.
Tog‘ jinslarining tuzulishiga uning o‘lchamlari, shakli, tarkibidagi minyeral zarralarning birikib o‘sishi va o‘zaro joylashish qobiliyati kiradi. Tog‘ jinslari tuzulishining asosiy omillaridan biri uning struturasi va teksturasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |