To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»



Download 6,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/187
Sana11.04.2023
Hajmi6,28 Mb.
#926953
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   187
Bog'liq
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

F izik -k im yoviy xossalari. 
Bitumningsirt tarangligi 20-25 °S haroratda 
25-35 erg/sm2. Bitum tarkibida sirt-aktiv polar komponentlar miqdorining 
mineral kukunlar, mayda va yirik to‘ldirgichlar bilan yopishishini belgilay­
di. Bitum ohaktosh, dolomit kukunlari bilan mustahkam xemosorbsion 
bog‘lar hosil qiladi. Bunda Ca2+ va Mg2+ kationlari yuqori darajada 
adsorbsion aktiv markazlar vazifasini o ‘taydi. Quyosh nuri va kislorod 
ta ’sirida eskiradi hamda xossalari o ‘zgaradi, bitum tarkibida moylar va 
smolalar kamayadi, mo‘rtligi ortadi.
K im yoviy xossalari. 
Bitum asosidagi m ateriallar 45 foizgacha 
konsentratsiyali ishqorlar, fosfor kislotalari (85 foizgacha), sulfat kislotalari 
(50 foizgacha), xlorid kislotasi (25 foizgacha) va uksus kislotasiga (10 
foizgacha) chidamli bo‘ladi. Bitumli materiallar azot oksidlari muhitlariga 
chidamsiz bo‘ ladi. Ular asosida temirbeton, metall, yog‘ och konstruksiyalar 
gidroizolyatsiyalanadi.
Fizik-m exanik xossalari. 
Bitumlaming sifati va ishlatilish sohalari 
qovushqoqligi (qattiqligi), cho‘ziluvchanligi va yumshash hararotiga 
bog‘liq.
B itum ga m arka uning qovushqoqligi, yum shash harorati va 
cho‘ziluvchanligi bo‘yicha beriladi.
9.2.3. Bitumning qovushqoqligini aniqlash
Neft bitumining qovushqoqligi (penetratsiya) penetrometr-standart as- 
bob yordamida aniqlanadi. Asbob ninasining 25°S haroratda va IN bosim 
ta’sirida bitumga 5 soniya mobaynida qanday chuqurlikka botganligiga 
qarab, uning qovushqoqligi to‘g ‘risida bir fikrga kelinadi. Qovushqoqlik 
darajalarda ifodalanadi; asbob ninasining bitumga 0,1 mm. botishi 1° ga 
mos keladi.
Penetrometr metall shtativ 1 dan iborat bo‘lib, pastki qismida uch vintli 
tayanch maydonchasi bor; vintlami tegishlicha burab, maydonchani yotiq 
holatda o ‘rnatish mumkin. Tayanch maydonchaga aylanadigan stolcha
9 biriktirilgan; hajmi kamida 0,3 1 va balandligi 45-50 mm. keladigan 
kristallizator 8 shu stolchaga o ‘matiladi; kristallizator ichida balandligi 
35 mm. va diametri 55 mm. bo‘lgan kosa 7 bor; sinovdan o‘tkaziladigan 
bitum-namuna shu kosaga solinadi. Shtativning yuqorigi kronshteynida
124


360° ga bo‘lingan siferblat 2 va kontakt reyka (kremalyer) 3 bor; reyka 
harakatlanganda siferblat mili shkala bo‘ylab suriladi.
Shtativning pastki kronshteyniga ninali 6 va erkin suriladigan sterjen 
mahkamlangan; undagi yukchani (massasi 100 ±0,01 kg.) tugmacha
4 ushlab turadi.-Vvsbob ustunchasining yon tomoniga stolcha 9 dan sal 
balandroq qilib kO^Ssgu 5 shamirli biriktirilgan.
Penetrometming po‘lat ignasi (uzunligi 50,8 mm. va diametri 8-1,02 
mm.) toblangan, jilolangan va uchi to‘mtoq bo‘lishi lozim. Uning to‘mtoq 
qismining diametri 0,14-0,16 mm.
Suvsizlantirilgan va elakda suzilgan bitum qizdirilgan qum yoki moy 
vannasiga, yoki bo‘lmasa quritish javonida eritiladi, y a’ni yoyiladigan 
bo‘lguncha yumshatiladi, lekin bitum qizib ketmasligi kerak va yaxshilab 
qorishtirib turgan holda havo pufakchalari chiqarib yuboriladi. So‘ngra 
bitum metall kosaga kamida 30 mm. balandlikdan quyiladi va havosining 
harorati 18- 20°S bo‘lgan muhitda 1 soat tutib turiladi, bunda bitumga 
chang tushmasligi kerak. So‘ngra bitumli kosa iliq (25°S) suv quyilgan 
idishga joylanadi, bitum yuzidagi suv qatlamining qalinligi 25 mm. dan 
kam bo‘lmasligi lozim. Idishdagi suvning harorati o'zgarib ketmasligi 
uchun idishga, zarur bo‘lishiga qarab, issiq yoki sovuq suv qo‘shib turilishi 
va haroratning 0,5 °S dan ortiq o ‘zgarishiga yo ‘l qo‘yilmasligi kerak.
9.1-rasm. P enetrom etr-standart asbobi.
125


Bitum iliq suvda 1 soat turgach, idish (vanna)dan olinib, 25°S suv 
to ‘ldirilgan kristallizatorga joylanadi va kristallizator penetrometrning 
stoliga o ‘matiladi (9 .1-rasm).
Sterjenning uchidagi igna bitumga salgina tekkizib qo‘yiladi (lekin 
bitumga botirilmaydi). Bu ishni ko ‘zgu yordamida osonlikcha bajarish 
mumkin. Kremalyer (kontakt reyka) sterjenning yuqori maydonchasiga 
yetkaziladi, siferblat mili nol raqamiga to‘g ‘rilanadi yoki uningqaysi raqam 
to‘g ‘risida turganligi qayd qilinadi; sekundomer yurgizib yuborilib, ayni 
paytdato‘xtatish tugmasi 4 bosiladi, shunda igna penetrometr erkin surilib,
5 soniya mobaynida bitumga botadi; tugmaga 5 soniya bosib turiladi va 
qo‘yib yuboriladi. Keyin kremalyeming pastki qismi sterjenning yuqorigi 
maydonchasiga yetkaziladi, shu payt kremalyer bilan birga siferblat mili 
ham suriladi, ignaning 5 soniya mobaynida qanday masofaga siljiganligini 
ko‘rsatadi.
Bitumning qovushqoqligi uning har xil joyini teshib ko‘rib uch marta 
aniqlanadi: igna bitumni kosaning chetidan 10 mm. nariroqdan va 10 mm. 
oralatib teshishi lozim. Uch marta aniqlash natijalarining o ‘rtacha arifmetik 
qiymati ignaning bitumga qanday chuqurlikda botganligini bildiruvchi 
ko‘rsatkich bo‘lib, graduslarda ifodalanadi va m illimetming o ‘ninchi 
hissalaridagi botish chuqurligiga mos keladi. Uch marta o‘tkazilgan sinov 
natijalari o ‘rtasidagi tafovut quyidagi qiymatlardan katta bo‘lmasligi 
lozim.
Ninaning botish chuqurligi:
daraja 150-200 75-150 25-75 25 gacha;
orasidagi farq, daraja 10 


1.
Natijalar o‘rtasidagi tafovut bundan katta bo‘lgan hollarda bitumning 
qovushqoqligi takror aniqlanishi zarur.
Igna bitumga har gal botgandan keyin (har galgi tekshirishdan so‘ng) 
uni uyasidan chiqarib olish va uchini benzinda yuvib tozalash, artib quritish 
tavsiya etiladi.

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish