3. Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo‘lish asoslari
Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari deganda,
mulk huquqining olinishi yoki yo'qotilishi bilan bog'liq bo'lgan yuridik
faktlar nazarda tutiladi.
Mulk huquqining olinishi asoslarida jamiyatning iqtisodiy tizimi o 'z
ifodasini topadi. Mulk huquqining olinishi: dastlabki va hosila asoslariga
bo'linadi.
Mulk huquqining vujudga kelishini bildiradigan dastlabki asoslar
bo'yicha mulkka nisbatan subyektiv fuqarolik huquqi ilgari hech kimga
tegishli bo'lmagan mulkka nisbatan yoki avvalgi mulk egasining huquqi
bilan bog'liq bo'lmagan holda vujudga keladi. Mulk huquqining dastlabki
asosda vujudga kelishi:
birinchidan, tabiat ne’matlarini o'zlashtirish;
12
ikkinchidan, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish natijasida yangi ashyolami vujudga keltirish;
uchinchidan, egasiz mulkning sud qarori bilan davlat ixtiyoriga
olinishi;
to ‘rtinchidan, egasi b o ‘lmagan mulkka yoki egasi b o‘Isa ham
xo ‘jaliksiz bilan saqlanayotgan mulkka, egalari tomonidan belgilangan
muddatlarda talab qilib olinmagan mulklarga, shu jumladan topilgan
ashyolar, xazinalar (boshqa usulda yashirilgan narsalar) topilishi hollarida
yuz beradi.
Mulk huquqining vujudga kelishida egalik huquqini vujudga
keltiruvchi muddat o ‘ziga xosdir. Mulkdor bo'lmagan, lekin ko'chmas
mol-mulkka o ‘n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil
davomida o ‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu
mol-mulkka nisbatan mulk huquqini oladi, ya’ni to ‘la m a’noda mulkdor
huquqlariga ega bo'ladi (FKning 187-moddasi).
Mulk huquqi vujudga kelishining dastlabki asoslaridan yana biri
hamma yig‘ib olishi mumkin bo ‘lgan ashyolami mulkka aylantirishdir.
FKning 189-moddasida k o ‘rsatilishicha, qonun hujjatlarida yovvoyi
mevalar, yong‘oq, zamburg'lar, rezavor mevalar hamda o'simlik,
hayvonot dunyosi va jonsiz tabiatning hamma olishi mumkin bo'lgan
boshqa obyektlarini yig'ish yo'li bilan fuqarolar mulkiga aylantirish tartibi
va shartlari belgilab qo'yilishi mumkin. Bunday tartibda mulk huquqi
o'rmonlardan qo'ziqorin, mevalar terish, dasht-u tog'lardan dorivor
giyohlar to ‘plash, daryo va ko'llardan baliq ovlash orqali vujudga kelishi
mumkin. Biroq, m a’lumki, ushbu mulk obyektlari o'sgan mavjud hudud
xususiy mulk huquqi asosida boshqaga tegishli bo'lmasligi lozim. Mulk
obyektlarining ba’zilarini ovlash uchun vakolatli davlat organida ruxsat
(litsenziya) olingan bo'lishi talab etiladi. Ayni vaqtda baliq va boshqa
jonivorlami ovlash ovga ruxsat berilgan mavsumdagina y o'l qo'yiladi, aks
holda ovlangan jonivorlar musodara qilinib, ov qurollari olib qo'yilishi va
ularga nisbatan tegishli jazo choralari qo'llanilishi mumkin.
Egasiz ashyoga nisbatan mulk huquqi ham dastlabki asosda vujudga
keladi. Egasi bo'lmagan yoki egasi noma’lum ashyo egasiz ashyo
hisoblanadi. Egasiz к о 'char ashyolarga nisbatan egalik qilish huquqini^
vujudga keltiruvchi muddat asosida qo'lga kiritilishi mumkin. Bunday
ashyo tegishli davlat organi yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organi
arizasiga muvofiq ko'chmas mol-mulkni davlat ro'yxatiga oluvchi organda
hisobga olinib, uch yil o'tgach tegishli davlat organi talabi asosida sud
tomonidan davlatga o'tkazilishi mumkin.
13
FKning 192-moddasida topilmaga nisbatan mulkiy huquqlaming
vujudga kelishi xususiyatlari belgilangan. Unda ko‘rsatilishicha, yo‘qolgan
ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yo‘qotgan shaxsni yoki ashyo
egasini yoxud uni olish huquqiga ega bo'lgan o ‘zga m a’lum shaxslardan
birontasini darhol xabardor etishi hamda topilgan ashyoni shu shaxsga
qaytarishi shart. Basharti, ashyo binoda yoki transportda topilgan b o ‘Isa, u
shu binoning yoki transport vositasining egasi b o ‘lmish shaxsga
topshirilmog‘i lozim. Topilma topshirilgan shaxs ashyoni topib olgan
shaxsning huquqlarini qo‘lga kiritadi va uning majburiyatlarini o ‘z
zimmasiga oladi. Basharti, topilgan ashyo qaytarilishini talab qilish
huquqiga ega b o ‘lgan shaxs nom a’lum bo ‘lsa yoki uning manzili
b o ‘lmasa, ashyoni topib olgan shaxs topilma to ‘g ‘risida militsiyaga,
tegishli davlat organlariga yoki fuqarolaming o ‘zini o ‘zi boshqarish
organiga m a’lum qilishi shart.
FKning 193-moddasiga asosan olti oy mobaynida topilmaning egasi
aniqlanmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini q o ‘lga
kiritadi (agar u bu huquqdan voz kechsa, topilma davlat mulkiga o'tadi).
FKning 196-moddasida xazinaga nisbatan mulk huquqini vujudga
kelishi xususiyatlari belgilab qo'yilgan. Xazina deb egasini aniqlash
mumkin bo'lmagan yoki qonunga binoan huquqlarini yo'qotgan, yerga
ko ‘milgan yoki boshqacha usulda yashirilgan pul yoki qimmatbaho
buyumlarga aytiladi. Yashirib qo'yilgan mol-mulk (yer uchastkasi, imorat
va sh.k.) mulkdori bo'lgan shaxsga va xazinani topgan shaxs mulkiga agar
ular o'rtasidagi kelishuvga muvofiq boshqacha tartib belgilangan
bo'lmasa, teng ulushlarda tegishli bo'ladi.
Xazina u yashirib qo'yilgan yer uchastkasi yoki boshqa mol-mulk
egasining mulkdorining roziligisiz qazishma ishlarini olib borgan yoki
boylik qidirgan shaxs tomonidan topilgan taqdirda, bu xazina u topilgan
yer uchastkasining yoki boshqa mol-mulkning egasiga topshirilishi shart.
Tarix va madaniyat yodgorliklari jumlasiga kiradigan ashyolardan iborat
xazina topilgan taqdirda, ular davlat ixtiyoriga o'tadi. Biroq xazina
topilgan yer uchastkasi egasi va xazinani topgan shaxs xazina qiymatining
ellik foizi miqdorida mukofot olishga haqli.
Xazina topish uchun qazishma va qidiruv ishlarini olib borish mehnat
yoki xizmat vazifalariga kiradigan shaxslar (masalan, arxeologlar,
geologlar)ga nisbatan yuqoridagi qoidalar qo'llanilamaydi (FKning 196-
moddasi, 5-bandi).
Mulkka nisbatan egalik huquqini vujudga keltiravchi hosila usuli
deganda muayyan shaxs tomonidan mulk huquqining olinishi dastlabki
14
mulk egasining huquqiga bog'liq bo'lgan usul nazarda tutiladi. Bu usulda
mulk huquqining m a’lum ashyoga nisbatan paydo bo'lishi yoki bu
ashyoga nisbatan mulk huquqining ilgari m a’lum shaxsga tegishli bo'lishi
bilan bog'liqdir. Shu m a’noda mulk huquqining boshqa shaxsga o'tishi
haqida so'z yuritiladi. Binobarin, hosila usuli bo'yicha mulk huquqi
vujudga kelganda, mulkka nisbatan bo'lgan huquqni bir shaxsdan ikkinchi
shaxsga ko'chirilishi to'g'risida so'z boradi. Masalan, oldi-sotdi
shartnomasi tuzilishi yo'li bilan ashyoga nisbatan egalik huquqi bir
shaxsda, ya’ni sotib oluvchida paydo bo'ladi.
Mulk huquqining hosila usulida vujudga kelishiga misol qilib oldi-
sotdi, hadya, ayirboshlash, qarz shartnomalari, shuningdek qonun va
vasiyat bo'yicha meros olish, davlat mulkini xususiylashtirish orqali
olinishini ko'rsatsa bo'ladi.
Fuqarolik kodeksining 185-moddasida ko'rsatilganidek, shartnoma
asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqi, agar qonun hujjatlari yoki
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa,
ashyo
topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Agar ashyoni birovga
o'tkazish to'g'risidagi shartnoma notarial guvohlantirilishi yoki davlat
ro'yxatidan o'tkazilishi lozim bo'lsa, egalik huquqi bunday shartnoma
notarial guvohlantirilgan yoki ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan e’tiboran
vujudga keladi.
Qonunda uy-joy (kvartira)ga mulk huquqining vujudga kelishi
belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida qurilayotgan yangi
uy-juyga mulk huquqi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab
vujudga kelishi belgilangan.
Bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ko'rilayotgan uy-joy qurilish
tamom bo'lguncha va ro'yxatdan o'tkazilguncha mahalliy hokimiyat
organlarining ruxsatisiz boshqa shaxsga berilishi mumkin emas. Davlatga
qarashli uy-joy (kvartira) ga mulk huquqi qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.
Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa
binolarga mulk huquqi kooperativ a’zosi pay badallarini batamom to'lab
bo'lgandan keyin vujudga keladi (FKning 210-moddasi). B a’zi ashyolarga
nisbatan esa egalik huquqi ashyo topshirilishidan so'ng yoki ashyoning
qiymati to'la yoki qisman to'langandan so'ng vujudga kelishi belgilanishi
mumkin.
Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar bir shaxsdan ikkinchi
shaxsga o'tkazilgan holda, agar bunday o'tkazish tegishli organlardan
ro'yxatdan o'tkazilishi shart bo'lsa, ashyoga nisbatan egalik huquqi
shartnomaning qayd qilinishi paytidan e ’tiboran vujudga keladi.
15
Mulkka nisbatan egalik huquqining o'tish payti qonunda muqarrar
belgilanishi birovga o'tkazilayotgan ashyolaming tasodifan nobud bo'lishi
yoki buzilishi xavf-xatari, ya’ni buning natijasida yetkazilgan zarar
kimning zimmasida bo'lishligini belgilash ham katta ahamiyatga egadir.
FKning 175-moddasida belgilangan qoida bo'yicha mol-mulkning
tasodifan nobud bo'lishi yoki buzilishi xavfi, agar qonun hujjatlarida yoki
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, yetkazilgan zarar
mulk egasining zimmasida bo'ladi,
Agar ashyolami birovga o'tkazuvchi shaxs topshirishni yoki oluvchi
ulami qabul qilishni kechiktirsa, ashyolaming tasodifan nobud bo'lishi
yoki buzilishi xavf-xatari kechiktirgan tarafda bo'ladi. Masalan, sotib
oluvchi qurilish materiallarini qabul qilishni kechiktirsa, ashyolaming
tasodifan nobud bo'lishi yoki buzilishidan kelgan zarami o 'z zimmasiga
oladi.
M ulk huquqining bekor bo'lish usullari ham xilma-xil. Bu usullami
quyidagicha turkumlashtirish mumkin:
1) mulkdoming o 'z erki-irodasi bo'yicha mulk huquqini bekor
bo'lishi (masalan, mol-mulkni sotish, hadya qilish va sh.k.);
2) mol-mulkni tugatish va hisobdan chiqarish (yo'q qilib tashlash)
yoki nobud bo'lishi natijasida mulk huquqining bekor bo'lishi (FKning
198-moddasi);
3) mulkdoming erki, irodasidan tashqari mol-mulkning olib
qo'yilishi orqali mulk huquqining bekor bo'lishi. Mol-mulkni mulkdordan
olib qo'yishga qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda
mulkdoning majburiyatlari bo'yicha undiruv ana shu mol-mulkka
qaratilgan taqdirda, shuningdek natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va
musodara qilish tartibida yo'l qo'yiladi (FKning 199-moddasi).
Agar qonunga asosan shaxsga tegishli bo'la olmaydigan mol-mulk
uning mulki bo'lib qolsa, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi sud
tartibida bekor qilinib, olib qo'yilgan mol-mulkning qiymati shaxsga
to'lanadi (FKning 199-moddasi, 2-bandi).
Ashyolarga nisbatan egalik huquqi ba’zi hollarda mulk egasining
erkidan tashqari ham bekor bo'lishi mumkin. Masalan, ashyolar tabiiy
ofatlar, yong'in, suv toshqini, zilzila natijasida tasodifan nobud bo'lishida
mulk huquqi mulk egasining erkiga bog'liq bo'lmagan holda bekor
bo'ladi. B a’zi hollarda, chunonchi, qarzni qoplash uchun ijro varaqasi
bo'yicha haq undirilishida yoki mol-mulkning musodara qilinishida egalik
huquqi mulk egasining erkiga bog'liq bo'lmagan holda bekor bo'lishi
mumkin.
16
Do'stlaringiz bilan baham: |