3. Fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun
javobgarlik
Fuqaroning sog‘lig‘iga zarar yetkazish, shuningdek, uni hayotidan
mahrum qilish zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlami
vujudga keltiradi.
1995-yil 30-avgustda qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasining
“Fuqarolaming huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va
qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g ‘risida”igi Qonuni ham
fuqarolaming shaxsiy nomulkiy xuquqlarini - ulaming sha’ni, qadr-
qimmati, ishchanlik obro‘sini himoya qilish to‘g ‘risidagi qonunchilikni
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Shartnoma majburiyatlarini bajarishda, shuningdek harbiy xizmat
majburiyatlarini, ichki ishlar organlaridagi xizmatni va boshqa shunga
o ‘xshash majburiyatlami bajarishda fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga zarar,
agar qonunda yoki shartnomada javobgarlikning ancha yuqori miqdori
nazarda tutilmagan bo‘Isa, FKning 57-bobi qoidalariga muvofiq qoplanadi.
Fuqaroning hayoti va sog‘lig‘i juda ham bebaho ne’mat hisoblanib
unga yetkazilgan har qanday zarar g ‘ayriqonuniy hisoblanadi. qonun yo‘l
qo‘ygan holatlarda inson hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar huquqqa
hilof bo‘lmasligi mumkin (zamriy mudofaa holatida yoki xavfli
jinoyatchini ushlash chog‘ida yetkazilgan zarar) fuqaroning sog‘lig‘iga
zarar yetkazish uning mayib bo‘lishi, kasallikka yo‘liqishi yoki boshqacha
holatlarda yetkazilishi mumkin. Mayib bo‘lish qandaydir ichki omillar
ta’sirida kelib chiqadigan jismoniy zararlanishda ifodalanadi.
Fuqaro mayib qilinganda yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast
yetkazilganda jabrlanuvchi oladigan yoki muayyan ravishda olishi
mumkin bo'lgan yo‘qotilgan ish haqi (daromadlari), shuningdek,
salomatligiga shikast yetkazilishi tufayli qilgan qo‘shimcha harajatlari, shu
jumladan, davolanish, qo‘shimcha ovqatlanish, dori-darmonlar sotib olish,
sanatoriy-kurortda davolanish, maxsus transport vositalarini sotib olish,
protez qo'ydirish, birovning parvarishida bo'lish, boshqa kasbga
tayyorgarlikdan o ‘tish harajatlari, agar jabrlanuvchining ana shu yordam
va parvarish turlariga muhtojligi hamda ulami bepul olish huquqiga ega
emasligi aniqlansa, о ‘mi qoplanishi lozim.
Zarami qoplash usullaridan birini tanlash huquqi ishning ahvoliga
qarab jabrlangan shaxsga beriladi. Amalda yetkazilgan zarami to‘la
hajmda qoplash nazarda tutiladi.
1 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9 ,183-modda.
312
Fuqaroning
sog‘lig‘iga
zarar
yetkazganlik
uchun
mulkiy
javobgarlikka tortilish shartlari va to'lanadigan zarar miqdorini belgilash
tartibi jabrlangan shaxsning ijtimoiy sug‘urta qilingan yoki qilinmagan
shaxs bo‘lishiga, shuningdek, zaraming kim tomonidan - jabrlangan
shaxsni sug'urta qildirgan shaxs yoki uni sug'urta qildiruvchi bo‘lib
hisoblanmagan shaxs tomonidan yetkazilgan bo'lishiga qarab belgilanadi.
Ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan nafaqa va
pensiyalar to'lanishi uchun asos bo'lib sug'urta hodisasi hisoblanadi.
Sug'urta qilingan shaxsning mehnat qobiliyati vaqtincha yoki doimiy
yo'qotilish yoxud o'limiga sabab bo'lgan va amaldagi qonunlarga binoan
nafaqat yoki pensiyalar olish huquqini beradigan (sug'urta qilingan shaxs
vafot etgan taqdirda esa uning oila a’zolariga pensiya olish huquqini
beradigan) hodisa sug'urta hodisasi hisoblanadi. Bunda ijtimiy sug'urta
yoki ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan nafaqa va pensiyalar
to'lanishida zarar yetkazuvchining ham, zarar ko'rgan shaxsning ham aybi
to'g'risida masala qo'yilmaydi.
Sog'liqning zararlantirilishi mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki
doimiy, to'la yoki qisman yo'qotilishiga olib kelishi mumkin. Zarar
yetkazgan shaxs tomonidan zaraming to'latilishi to'g'risidagi masala
mehnat qobiliyati vaqtincha yo'qotilganida yuqorida ko'rsatilganidek,
sug'urta qilingan shaxs o'rtacha ish haqining 100 % miqdorida nafaqa
oladi. Mehnat qobiliyatining doimiy yo'qotilishi darajasi VTEK, ya’ni
mehnat qobiliyatini belgilovchi vrach-ekspert komissiyasi tomonidan
belgilanadi.
Mehnat qobiliyatining yo'qotilishi yoki kamaytirilishi ish haqini
yo'qogtish va sog'liqni tiklash maqsadlarida qilingan boshqa harajatlardan
iborat mulkiy zaraming kelishiga sabab bo'ladi. Oila a’zolarini boquvchi
shaxs vafot etishida uning boqimida bo'lganlaming olib turgan moddiy
ta’minogti yo'qotilishi mulkiy zarami tashkil etadi.
Bundan tashqari, fuqarolarga asossiz ishdan bo'shatish xolatlarida
ham moddiy va nomoddiy xarakterdagi zarar kelib chiqadi. 1998-yil 17-
apreldagi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar
tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga
soluvchi qonunlaming qo'llanishi haqida”gi 12-sonli Qarori 46-bandiga
asosan xodimga yetkazilgan zarami qoplash quyidagilardan iborat ekanligi
ko'rsatiladi:
-majburiy progul vaqti uchun so'zsiz haq to'lash;
-mehnat shartnomasini bekor qilish yo boshqa ishga o'tkazish
yuzasidan shikoyat qilish bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlami qoplash;
313
-ma’naviy zarami qoplash1.
Yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsga nisbatan qo‘yiladigan
talablaming miqdori quyidagilarga qarab belgilanadi:
-jabrlanuvchining to sog‘lig‘iga zarar yetkazilishiga qadar olgan ish
haqining o‘rtacha miqdoriga qaraladi. Jabrlanuvchining ish haqini
yo'qotish bilan bog‘liq bo'lgan zarar jabrlangan shaxsning zarar
yetkazilish kuniga olgan o ‘rtacha ish haqining 100 %i hisobidan
belgilanadi;
-umumiy yoki kasbga doir mehnat qobiliyatining yo‘qotilishiga
qaratiladi. Umumiy mehnat qobiliyati deb malakasiz mehnatga bo‘lgan
qobiliyat tushuniladi. Kasbga doir qobiliyat deb o ‘z mutaxassisligi
bo‘yicha mehnat qilishga bo‘lgan qobiliyat tushuniladi;
-pensiya ta’minotining summasiga qaraladi. Bu holda shikastlanish
munosabati bilan to‘lo‘nadigan pensiya ham, shuningdek zarar yetkazilishi
paytiga qadar jabrlanuvchi tomonidan olinib kelingan pensiya ham qo'shib
hisoblanadi.
Boquvchisi vafot etgan taqdirda quyidagilar zarami undirish
huquqiga ega:
-marhumning qaramog‘ida turgan yoki u vafot etgan kungacha undan
ta’minot olish huquqiga ega bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar;
-marhumning vafotidan keyin tug‘ilgan farzandi;
-mehnat qobiliyatidan qat’iy nazar, marhumning qaramog‘ida
bo‘lgan o ‘n to‘rt yoshga to'lmagan yoxud ko'rsatilgan yoshga to'lgan
bo‘lsa ham tibbiyot muassasasining xulosasiga ko‘ra salomatligi bo'yicha
boshqalaming parvarishiga muhtoj bo'lgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari
va opa-singillarini parvarishlashda band bo'lgan va ishlamaydigan ota-
onasidan biri, eri (xotini) yoki oilaning boshqa a’zosi;
-marhumning qaramog'ida bo‘lgan va uning vafotidan keyin 5 yil
ichida mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qolgan shaxslar.
Zarar quyidagilarga to ‘lanadi:
-voyaga yetmaganlarga - o ‘n sakkiz yoshga to'lgunga qadar;
-o‘n sakkiz yoshdan oshgan o'quvchilarga - o ‘quvning kunduzgi
shaklida o'qishni tugatgunga qadar, biroq 23 yoshdan oshmaguncha;
-ellik besh yoshdan oshgan ayollarga va oltmish yoshdan oshgan
erkaklarga - umrbod;
-nogironlarga - nogironlik muddatiga;
1 O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1998 yil 17 apreldagi Plenumi qarorlari. -Toshkent: O’zbekiston
Respublikasi Oliy sudi, 1998.49-b.
-marhumning qaramog‘ida bo'lgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari,
opa-singillarini ular o ‘n to‘rt yoshga to'lgunga qadar parvarishlashda band
bo'lgan ota-onasidan bin, eri (xotini) yoki oilasining boshqa a’zosiga1.
Zaraming о ‘mini qoplash miqdorini aniqlashda boquvchisi vafot
etganligi munosabati bilan shaxslarga tayinlangan pensiya, shuningdek
boquvchisining vafotidan oldin ham, vafotidan keyin ham tayinlangan
boshqa turdagi pensiyalar hamda ish haqi (daromad), stipendiya qoplash
hisobiga kiritilmaydi. Agar boquvchi mehnat va mehnat shartnomasida
nazarda tutilgan majburiyatlami bajarish paytida vafot etgan bo‘Isa, bu
holda ish beruvchi zarami undirib olish huquqi bor fuqarolarga besh yil
davomida o'rtacha ish haqini to'lab turadi.
Jabrlanuvchining mehnat qobiliyati pasayishi yoki uning vafot
etganligi bilan bog'liq zarami qoplash har oylik to'lovlar bilan amalga
oshiriladi.
Uzrli sabablar bo'lgan taqdirda sud zarar yetkazuvchining
imkoniyatlarini hisobga olib, undirish huquqiga ega bo'lgan fuqaroning
talabi bilan unga tegishli to‘lovlami bir yo‘la, lekin uch yildan oshmagan
vaqt uchun to‘lashni belgilashi mumkin.
Jabrlanuvchining sog‘lig'iga yetkazilgan zaraming o'mini qoplash
majburiyati zimmasiga yuklangan shaxs, agar jabrlanuvchining mehnat
qobiliyati zarami undirish belgilangan paytda bo'lgandagiga nisbatan
oshgan bo'lsa, qoplash miqdorini tegishlicha kamaytirishni talab qilishga
haqli.
Sud zarar yetkazgan fuqaroning talabiga binoan agar uning mulkiy
ahvoli, nogironligi yoxud pensiya yoshiga yetganligi sababli zaraming
o'mini qoplash belgilangan paytdagiga nisbatan yomonlashgan bo'lsa,
zaraming о ‘mini qoplash miqdorini kamaytirishi mumkin. Zarar qasddan
yetkazilgan hollar bundan mustasno.
“Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi
Qonunini hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlami qayta ko'rib
chiqish va ishlab chiqish to'g'risida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorini
bajarish
yuzasidan
yuqorida
ham
aytganimizdek,
O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli
Qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ulaming mehnat vazifalarini
bajarish bilan bog'liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi
1 Сергеев А.П. Обязательства, возникающие вследствие причинения вреда. «Граждански праве» дарслигцца.
4.2. -М .: Проспект, 1997. -С.699-751.
315
yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zarami
to‘lash Qoidalari’^da belgilangan.
Xodimlarga ulaming mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda
jarohatlanish, kasb kasalliklariga chalinish yoki salomatlikning boshqacha
xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zarami ish beruvchilar tomonidan
to‘lash bilan bog‘liq munosabatlar maxsus qonunlar va boshqa huquqiy
hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Hujjatlar va guvohlaming ko‘rsatmalari ish beruvchining yetkazilgan
zarar uchun aybdorligini va javoblarligini isbotlovchi dalil bo'lishi
mumkin, chunonchi ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan bahtsiz hodisa haqida
dalolatnoma, sud hukmi va qarori, prokuratura, surishtiruv va dastlabki
tergov organining qarori mehnatni muhofaza qilish va mehnat haqidagi
qonunchilikka rioya etilishini, salomatlikka yetkazilgan zarar sabablarini
nazorat qilishni amalga oshiruvchi mehnat texnika inspektorining yoki
boshqa mansabdor shaxslaming xulosasi va boshqalar.
Lekin fuqarolaming milliy qonunchilikda fuqaroning sha’ni, qadr-
qimmati, ishchanlik obro‘sini ximoya qilish dastaklarida buzilgan xuquqni
tiklash tartibi mufassal belgilab berilmaganligi sababli amaliyotda
shaxsning bu xuquqlarini amalda tiklash birmuncha murakkab bo‘lib
qolmoqda.
Masalan, 1997-yil 8-martda “Narodnoe slovo” ro‘znomasida “O key
mister Rasulov” maqolasi chop etilib, 2 kun o ‘tgach, fuqaro Rasulov
maqolada o'zining sha’niga putur yetkazuvchi haqiqatga to‘g ‘ri
kelmaydigan ma’lumotlar tarqatilganligi uchun raddiya berishni og‘zaki
talab etadi. Tahririyat bu talabni bajarmagach, u qayta yozma ravishda 10
kun ichida raddiya e’lon qilinmasa, sudga murojaat etishini bildiradi. Bu
talab ham bajarilmagach, FKning 100-moddasiga asosan 1997-yil 16-
martda Toshkent shahar Mirobod tuman sudiga murojaat etadi. Sud
da’voni qondirib, tahririyatga raddiya e’lon qilish va kechirim so‘rash
to‘g ‘risida qaror qabul qiladi. Kassatsiya shikoyati Toshkent shahar
sudining fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay’atida o'zgarishsiz
qoldiriladi. Shunga qaramasdan javobgar faqatgina 1998-yil 13-fevralda
shakli va mazmuni, bayon etish usuli bo‘yicha sha’ni va qadr-qimmatni
himoya qilishga xizmat qilmaydigan darajada raddiya e’lon qilib sud hal
qiluv qarorini ijro etgan2.
Tovaming (ishning, xizmatning) konstruktiv, retsepturaviy yoki
boshqa nuqsonlari oqibatida, shuningdek tovar (ish, xizmat) to‘g ‘risidagi
1 //O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2005 yil, 5-6-son, 35-modda.
2 T.Umarov. O ’zbekistonda shahsiy nomulkiy huquqlarni fuqarolik-huquqiy vositalarda himoya qilish masalalari. -
Toshkent: Adolat, 2000. 87-b.
316
ma’lumot noto‘g ‘ri yoki etarli emasligi oqibatida fuqaroning hayoti,
sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxsning mol-mulkiga
yetkazilgan zarar sotuvchi yoki tayyorlovchi (ijrochi) tomonidan, ulaming
aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnoma munosabatlarida bo‘lgani
yoki bo‘lmaganidan qat’i nazar, qoplanishi lozim (FKning 1017-moddasi).
Bu qoida FKga yangi kiritilgan bo‘lib u iste’molchilar huquqlarini
himoya qiladi. Bu to‘g ‘rida “Iste’molchilaming huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida”gi qonunda ham ta’kidlab o‘tilgan. Bu qoida bo'yicha
javobgarlik belgilanishi uchun bir qancha shartlar bo'lishi lozim. Avvalo,
sotuvchi yoki tayyorlovchining (ijrochining) harakatlari huquqqa hilof
bo‘lishi kerak. Huquqqa xilof harakat deb topilishi uchun tovami har
qanday kamchilik bilan emas, balki inson hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulki,
shuningdek yuridik shaxs mol-mulkiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan
kamchiliklar bilan topshirish tushuniladi. Bu kamchiliklar yashirin
xarakterga ega bo‘lib, ular tovami (ishni va xizmatlami) iste’mol qilish
jarayonida namoyon bo‘ladi. Zarar bu holatda javobgarlik sharti sifatida
muhim ahamiyatga ega emas. U jabrlanuvchi mol-mulkining zararlanishi,
yo‘qotilgan sog‘lig‘ini tiklash uchun qilgan harajatlari va hokazolardan
iborat bo'lishi mumkin.
Sotuvchi yoki tayyorlovchiga javobgarlikni belgilash uchun
yetkazilgan zarar va tovarlar kamchiligi yoki jabrlanuvchidan tovar haqida
to'la ma’lumot bo‘lmaganligi o'rtasida sababiy bog‘lanish bo‘lishi kerak.
Shu sababiy bog'lanish tovaming yaroqlilik muddati mobaynida agar u
belgilanmagan bo'lsa tovar ishlab chiqarilgan kundan boshlab 10 yillik
muddat mobaynida topilgandagina yuridik kuchga ega bo'ladi.
Yaroqlilik
muddati
oziq-ovqat
mahsulotlari,
dori-darmon,
parfyumeriya mahsulotlari va boshqalar uchun davlat standartlari asosida
qonun bilan belgilanadi.
FKning 1019-moddasida yaroqlilik to‘g ‘risidagi muddatdan istisno
tariqasida zaraming qoplanishi lozim bo'lgan holatlami ko‘rsatadi. Ular
quyidagilardir:
birinchidan,
qonun
talablari
buzilib
yaroqlilik
muddati
belgilanmagan bo‘lsa;
ikkinchidan, tovami sotib olgan, ishni bajartirgan yoki xizmatdan
foydalangan shaxs yaroqlilik muddati tugaganidan keyin zamr bo'lgan
harakatlami qilishi to'g'risida va ko'rsatilgan harakatlar bajarilmagan
taqdirda
kelib
chiqishi
mumkin
bo'lgan
oqibatlar
to'g'risida
ogohlantirilmagan bo'lsa.
317
Bu majburiyatlar subyektiv tomonining o'ziga xos xususiyati
shundaki,
zarar
sotuvchi
yoki
tayyorlovchining
aybi
boiish-
bo‘lmasligidan qat’iy nazar to‘lanishi lozim. Shuning uchun zarar
yetkazgan shaxsning tovarning kamchiligi
bor-yo‘qIigini bilgan-
bilmaganligini ahamiyati yo‘q. Bordi-yu, jabrlanuvchi va zarar
yetkazuvchi shartnomaviy munosabatlarga kirishgan bo‘lsa, u holda
shartnoma ular о ‘rtasidagi qaysi huquq va majburiyatlami tartibga solishga
qaratilganligiga e’tibor berish lozim bo'ladi. Misol tariqasida oldi-sotdi
shartnomasini keltirib o'tishimiz mumkin. Sotuvchi yoki tayyorlovchi
(ijrochi) quyidagi ikki holatda javobgarlikdan ozod qilinadi:
birinchidan, zarar engib bo‘lmas kuch ta’sirida kelib chiqqan boisa;
ikkinchidan, iste’molchi tovarlami saqlash yoki ulardan (ishning
natijalaridan, xizmatlardan) foydalanish yuzasidan belgilangan qoidalami
buzish oqibatida yetkazilganligi isbotlangan holda.
Bu har ikki javobgarlikdan ozod qiluvchi holatlar zarar yetkazgan
shaxs tomonidan isbotlab berilishi lozim.
Ma’naviy zarami moddiy qoplash tushunchasi fuqarolik huquqi
qonunchiligida yangi tushuncha bo‘lib hisoblanadi. Uni huquqiy jamiyat
qurish uchun qilingan harakatlardan biri deb tushunish mumkin.
Bundan asosiy maqsad 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga
muvofiq (7-bob) fuqarolarga berilgan shaxsiy huquq va erkinliklaming
amalga oshirilishini va himoya qilinishini ta’minlashdan iborat. Ma’naviy
zarar
bo‘yicha
javobgarlik
shartnomaga
asoslanmagan
Ya’ni,
huquqbuzarlik bilan bogiiq delikt tarzda ega bo‘lgan javobgarlikdan
iborat. Shuning uchun ham bunday javobgarlikka oid qoidalar, ulaming
o'ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda alohida paragrafda berilgan
va zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar sifatida FKning 57-
bobiga kiritilgan.
FKning 11-moddasida ma’naviy zarami qoplash fuqarolik huquqini
himoya qilish usullaridan iborat ekanligi tan olindi. Kodeksning 100-
moddasida qanday holatlarda ma’naviy zarami qoplash mumkinligi aniq
ko‘rsatilgan. Bunga ko‘ra, ma’naviy zarami qoplash fuqaroning shaxsiy
nomulkiy huquqlariga yetkazilgan zarar uchun qoilaniladi.
Germaniyada ma’naviy zarami qoplashda restitutsiya prinsipi amal
qiladi. Unga muvofiq jabrlanuvchi xuquqbuzarlik bo‘lmaganda qayholatda
bo‘lgan bo‘Isa, shu holda qaytariladi. Agar restitutsiya prinsipini qo‘llash
imkoni bo‘lmasa yoki uning natijasida zarami to‘la hajmda qoplash
imkoni bo‘lmasa, huquqbuzar keltirgan zarar pul bilan qoplanishi shart1.
1 Анисимов А Л . Честь достоинство деловоя репутация гражданско-прововая защита. -М .: Юрист, 1994. 65-с.
318
Ma’naviy zarar Angliyada ruhiy zarar, psixiatrik zarar, nervous
shock, ordinaru shosk kabi turlari uchraydi.
Ma’naviy zarar bir necha asoslarda vujudga kelishi mumkin. FKning
1021-moddasida ta’kidlanishicha ma’naviy zarar zarar yetkazuvchining
aybi bo‘lgan taqdirdagina qoplanadi. Yetkazilgan ma’naviy zarar zarar
yetkazuvchining aybi bo'lgan yoki bo'lmaganligidan qat’iy nazar quyidagi
hollarda ham qoplanishi zarur:
birinchidan, zarar fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga oshiqcha xavf
manbai tomonidan yetkazilgan bo'lsa;
ikkinchidan, zarar fuqaroga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish,
qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish ehtiyot chorasi sifatida
qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo'lish haqida tilxat olishni
qonunga xilof tarzda qo'llanish, qonunga xilof tarzda ma’muriy jazo
qo'llanish va qonunga xilof tarzda ushlab turish natijasida yetkazilgan
bo'lsa;
uchinchidan, zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obro'sini
haqoratlovchi ma’lumotlami tarqatish tufayli yetkazilgan bo'lsa.
Shuning bilan birga, ma’naviy zarami qoplash qonunda nazarda
tutilgan boshqa hollarda ham yuz berishi nazarda tutiladi. Ushbu boshqa
hollar sifatida ma’naviy zarar fuqaroning nafaqat shaxsiga, shuningdek
uning mulkiy huquqiga putur yetkazish natijasida ham vujudga kelishi
mumkin. “Iste’molchilaming xuquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi
Qonunning 22-moddasi ikkinchi qismiga binoan ma’naviy zarar mulkiy
huquq buzilganda ham qoplanishi mumkinligi nazarda tutiladi.
Ma’naviy zarar moddiy ne’matlarga ziyon yetkazish oqibatida ham
kelib chiqishi mumkin. Agar yo'q qilib tashlangan yoki shikast yetkazilgan
ashyo jabrlanuvchi uchun muhim ahamiyatga ega bo'lsa, shaxs ma’naviy
azob chekishi mumkin1.
Jabrlanuvchining hayoti va sog'lig'iga zarar yetkazish orqali
yetkazilgan ma’naviy zarar moddiy zarardan alohida tarzda qoplanishi
lozim.
Ma’naviy zarami qoplash pul bilan amalga oshiriladi. Ma’naviy
zarami qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy
azoblaming xususiyatiga, shuningdek ayb tovon to'lashga asos bo'lgan
hollarda
zarar
yetkazuvchining
ayb
darajasi
(qasddan
yoki
ehtiyotsizlikdan) ga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zarami qoplash
miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari e’tiborga olinishi
1 Бслецкин C.A. Возмещение морального (неимущественного) вреде. М Ю р н /и т с к о * rtmpo, Город*)!, 1996
,
16-с.
319
lozim. Sud ma’naviy zarami qoplashda zarar yetkazuvchining yetkazilgan
zararga bo'lgan munosabatini ijtimoiy ahvolini va yetkazilgan zaraming
jamiyat uchun ijtimoiy xavflilik arajasini hisobga olish lozim. Jismoniy va
ma’naviy azoblaming xususiyati ma’naviy zarar yetkazilgan haqiqiy
holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlarihisobga olingan holda
sud tomonidan baholanadi.
“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g ‘risida”gi Qonunga
muvofiq, tovaming ishning xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan
zarar ham mulkiy (moddiy), ham ma’naviy (nomoddiy) bo‘lishi mumkin.
Toianishi lozim bo'lgan mulkiy zarardan qat’iy nazar, ma’naviy zarar
qoplanishi nazarda tutiladi. Demak, ma’naviy va moddiy zaraming har
birini alohida, shuningdek ikkalasini birga ham qoplanishini talab qilish
mumkin.
“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g ‘risida”gi Qonunda
sotuvchi(ishlab chiqaruvchi, ijrochi) zarami qoplashi lozim bo‘lgan holat
sifatida iste’molchining xayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkining xavfsizligini
ta’min eta olmaydigan materiallar, uskunalar asbob-anjomlar yoki boshqa
vositalar qo‘llanilishi oqibatida iste’molchining hayotiga, sog‘lig‘iga yoki
mol-mulkiga yetkazilgan zarami keltirib o ‘tadi. Iste’molchiga taqdim
etilayotgan xar qanday tovar, ish, xizmat yoki boshqa narsalar uning
xayotiga, sog‘lig‘iga va mol-mulkiga zarar etishi xavfini tug'dirmasligi
lozim. Shu jumladan, ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatishda ijrochi
tomonidan qo‘llanilayotgan materiallar, uskunalar, asbob-anjomlar va
boshqa
vositalar(masalan,
ish
bajarishda
ijrochi
tomonidan
foydalanilayotgan transport vositasi yoki boshqa oshiqcha xavf manbai)
xam iste’molchining yuqorida sanab o ‘tilgan subyektiv huquqlariga zarar
yetkazmasligi zarur.
Qonun
iste’molchining
hayoti,
sog‘lig‘i
yoki
mol-mulkiga
yetkazilgan zaraming qoplanishi lozim bo'lgan muddatlami belgilaydi:
1) normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tovaming xizmat (yaroqlilik)
muddati mobaynida;
2) bunday muddatlar belgilanmagan taqdirda esa, tovar ishlab
chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilingan)
paytdan e’tiboran o ‘n yil
mobaynida.
Ma’lumki, yaroqlilik muddati va xizmat muddati davomida tovar (ish
yoki xizmat)ning benuqson ishlashi va xizmat qilishi yuzasidan
javobgarlikni sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) o ‘z zimmasiga oladi.
Zero bunday holatlar normativ hujjatlarda qat’iy o ‘rnatilib qo'yiladi. Ana
shu muddat davomida iste’molchiga yetkazilgan zarar uchun Qonunda
320
javobgarlik belgilangan. Bunday muddat o ‘tgandan vujudga kelgan zarar
uchun javobgarlik yuzaga kelmaydi.
Har qanday tovarlarga nisbatan xam normativ hujjatlarda xizmat
(yaroqlilik) muddatlari belgilanmasligi sababli Qonun, uzoq muddat
foydalanishga muljallangan tovarlami nazarda tutib, bunday tovarlaming
nuqsonlari tufayli yetkazilga zarami qoplash uchun o ‘n yillik (ancha uzoq)
muddatni belgilaydi. Ana shu o ‘n yil mobaynida tovar (ish, xizmat)dagi
nuqsonlar tufayli iste’molchiga yetkazilgan zarar qoplansa, o‘n yildan
so‘ng yetkazilgan zarar koplanmaydi1.
Ma’lumki, aksariyat xollarda majburiyatlami amalga amalga oshirish
jarayonida yozaga kelgan huquqbuzarlik natijasida muayyan subyektga
mulkiy talofat etadi. Shu sababli ham zarami undirish, bartaraf etish - bu
huquqbuzar zimmasiga yuklatiladigan eng asosiy choralardan biridir. Bu
jinoyat, ma’muriy, mehnat huquqida, boshqa tarmoqlarda ham nazarda
tutilgan. Biroq zarami undirish - bu fuqarolik huquqida eng asosiy
kategoriya hisoblanadi, fuqarolik huquqini himoya qilishning muhim usuli
sifatida mavqega ega. Hatto ko'pchilik sivilist olimlar unga javobgarlik
chorasi emas, himoya usuli sifatida qarashadilar. Odatda, javobgarlik - bu
huquqbuzarlik uchun, huquqbuzarlik sodir etgani uchun qo‘llaniladigan,
salbiy oqibatlar, muayyan mahrumliklar, cheklashlar keltirib chiqaradigan
majburlov choralari hisoblanadi. Shu ma’noda olganda, zarami to‘latish -
javobgarlik chorasi emas, balki huquqbuzarlik oqibatlami bartaraf etish,
huquqbuzarlikdan avvalgi holatni tiklash hisoblanadi. Bu adolat va
odillikning doimiy talabidir.
Prezidentimiz I.A.Karimov qonunchiligimizda iqtisodiy sohadagi
jinoyatlar va uning uchun javobgarlik tushunchasini zamon talabiga mos
ravishda idrok etishga asoslangan yangicha yondashuv mohiyatini
ko'rsatib berdi. Bu iqtisodiy ta’sir choralami qo‘llash imkoniyatlarini
kengaytirish, ozodlikdan mahrum etish o ‘miga jarimani qo‘llashni
kengaytirish, uning miqdorini oshirish, yetkazilgan moddiy zarami
qoplashga qaratilgan boshqa ta’sir choralaridan foydalanishni anglatadi.
FKning 14-moddasi 3-qismida “agar huquqni buzgan shaxs buning
natijasida daromad olgan bo‘lsa, huquqi buzilgan shaxs boshqa zarar bilan
bir qatorda boy berilgan foyda bunday daromaddan kam bo‘lmagan
miqdorda to'lanishini talab qilishga haqli” deb ko'rsatiladi. Zarami
undirishda ushbu qoida ham hisobga olinmog‘i shart.
1 Mualliflar jamoasi. O’zbekiston Respublikasi “Iste’molchilaming huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonuniga
sharh. -Toshkent: O’zbekiston, 2005. 222-b.
Zarami undirish, to‘lash jarayonida FKning majburiyatlami bajarish
to‘g ‘risidagi qoidalari qo‘llanishi lozim. Bunga quyidagilar kiradi:
-jabrlanuvchiga yetkazilgan mulkiy zarar asl holicha, natura shaklida
qoplanishi, o ‘miga qo‘yilishi lozim. Agar natura shaklida to‘lashga
nisbatan jabrlanuvchini qiziqishi bo‘lmasa yoxud natura shaklda to‘lashni
imkoni bo‘lmasa (turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyo nobud
bo'lgan va uni tiklab bo'lmasa) zarar qiymat shaklida to‘lanishi lozim;
-zarar qiymat, pul ko‘rinishida to‘langanda FKning 324, 327-
moddasi qo‘llanadi. Zarar qiymati talab qo‘yilgan yoki pul to ‘lovi
to‘langan vaqtdagi narxlar bo‘yicha hisobga olinishi lozim.
Hozir fuqarolik sudlarida pul majburiyatlarini amalga oshirishda
valyuta turiga, inflyatsiya jarayoniga ham e’tibor beriladi. Bunda turli
sudyalar turli usullami qo‘llaydilar (masalan, minimal ish haqi miqdorini
qay darajada o'zgarganligi, Markaziy bank foiz stavkalari, statistika
xizmatining iste’mol tovarlari qiymatining o ‘sish darajasi haqidagi
ma’lumotlari va h.k.).
Zarami to‘lash - bu eng avvalo, huquqbuzar tomonidan amalga
oshiriladigan ixtiyoriy harakatdir. Agar u buni amalga oshirsa, uning
uchun juda qulay oqibatlar vujudga keladi: unga nisbatan ozodlikdan
mahrum etish jazosi tayinlanmasligi yoki u umuman jinoiy javobgarlikdan
ozod qilinishi mumkin. Zarami to‘lash sud hukmi chiqquncha yoki tergov,
surishtiruv jarayonida amalga oshirilishi shart.
Zarami qiymati to‘g ‘risida taraflar o ‘rtasida nizo bo‘lgan taqdirda
tergov, sud aralashishi maqsadga muvofiqdir. Zarur hollarda baholovchi
ekspertlar xizmatidan foydalanish mumkin. Zarami to‘lashda jabrlanuvchi
va huquqbuzar insof va adolat asosida ish ko‘rishi lozim. Amaliyotda
ba’zan jabrlanuvchi huquqbuzarga nisbatan shantaj, tovlamachilik qilishi,
asossiz talab qo'yishi kabi holatlar ro‘y berishi mumkin. Nazarimizda, sud
va tergov organlari bu o ‘rinda jabrlanuvchining talablari nechog'li
asoslantirilganligini nazoratga olishlari maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |