11-BOB. ZARARNIUNDIRISH VA ASOSSIZ OLINGAN MULKNI
QAYTARISH - MULKNI QO‘RIQLASH VOSITALARI SIFATIDA
B obning maqsadi. M azkur bob darslikning yakuniy, mantiqiy oxirgi
bobi bo ‘lib, unda fu qarolar va tashkilotlarga shartnomalardan tashqari
vujudga keladigan munosabatlarda yetkazilgan mulkiy zararlam i undirish
t o ‘g ‘risidagi d a ’volar, zarar tushunchasi va tarkibi, asossiz olingan yoki
asossiz tejalgan mulkni qaytarish kabi m asalalar yoritiladi.
1. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar tushunchasi,
ahamiyati
Jamiyatimiz hayotining eng muhim tamoyillaridan biri - qonun
ustuvorligi hisoblanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, “asosiy ijtimoiy,
eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi,
uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq normalarini
buzganlik uchun javobgar boiadi”1. Bozor mexanizmining eng asosiy
xususiyatlaridan biri - “xo‘jalik yurituvchi subyektlar o ‘rtasida ulaming
iqtisodiy javobgarligi va to‘liq iqtisodiy mustaqilligi asosida” qonun va
shartnomalar intizomiga qat’iy rioya qilish hisoblanadi.
FKning
234-moddasi
ikkinchi
qismida
ko‘rsatilganidek,
majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda ushbu
kodeksda ko‘rsatilgan boshqa asoslarda kelib ehiqadi.
Majburiyat fuqarolik-huquqiy munosabat bo‘lib, unda bir tomon
ikkinchi tomon foydasiga ma’lum bir ishni yoki muayyan bir harakatni
amalga oshirish yoxud muayyan bir harakatdan o'zini saqlashni o ‘z
zimmasiga oladi.
Bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan sharoitda korxona, muassasa va
tashkilotlarga hamda fuqarolarga yetkazilgan moddiy ziyonni undirishga
qaratilgan qonunlaming ijrosini tekshirish alohida ahamiyatga ega.
“Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida, barcha jabhalarda amalga
oshirilayotgan inqiloblaming kuchli ijtimoiy asoslarini, respublikaning
barcha aholisining
manfaatlarini ta’minlash, ulaming huquq va
erkinliklarini xal qilishga qaratilgan qonunlar mavjud bo'lishi lozim” .
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar fuqarolik
huquqining muhim institutlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu majburiyatlar
1 Karimov I.A. O ’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o ’ziga hos yo’li. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. -
Toshkent: O ’zbekiston, 1994. 48-b.
2 Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo’lida. -Toshkent: Adolat, 1995. 29b-b.
308
shartnomaviy munosabatlardan tashqari, shaxsga yoki mol-mulkka
g'ayriqonuniy xatti-harakat natijasida yetkazilgan zararlami qoplashga
qaratilgan.
Kishilarning bir-biri bilan doimiy ravishda o ‘zaro munosabatlarida
ba’zan ulaming moddiy yoki nomoddiy manfaatlariga zarar etish oqibatlari
kelib chiqadi. Bu zararlar turli tasodiflar, ehtiyotsizlik, qasd orqali, tabiiy
ofatlar natijasida yuzaga keladi. Shunday holatda yetkazilgan zarar kim
tomonidan tolanishi (zarar yetkazgan shaxs yoki jabrlangan shaxs yoxud
uchinchi shaxs tomonidan) masalasi yuzaga keladi. Hozirgi vaqtda yuridik
va jismoniy shaxslar kutilmagan zararlardan himoyalanish maqsadida
sug'urta xizmatidan foydalanishga harakat qilmoqdalar. Ammo har doim
ham vaqtidan sug‘urta xizmatidan foydalanishning iloji bo‘lavermaydi.
Natijada kutilmagan zarar kelib chiqadi. Shuni ta’kidlash lozimki, sug'urta
tovoni har doim ham yetkazilgan zarami to‘la qoplamaydi. Shuning uchun
yetkazilgan zarami bir huquqiy institut yordamida tartibga solishning iloji
yo‘q. Bu borada kengroq faoliyat ko'rsatish uchun bir qancha
institutlardan foydalanishga to ‘g‘ri keladi. Ulardan eng salmoqlisi, delikt
yoki zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlardir.
“Zarar yetkazilgan kelib chiqadigan majburiyatlaming roli va
ahamiyatini aniqlashda quyidagi ikki asosiy an’anaga e’tibor berish kerak.
Birinchidan, ishlab chiqarishning o'sishi ilgari aoma’lum bo'lgan zararli
omillar vujudga kelishi va tarqalishi, ulardan foydalanish va boshqalar.
Masalan, Angliya yuqori sudi tomonidan ko'rilayotgan da’voli ishlaming
70-80%ni zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlardan kelib
chiqmoqda. Bunday majburiyatlaming ahamiyati ortib borayotganligi
fuqarolik
qonunchiliklarida
delikt
majburiyatlarga
e’tibor
berilayotganligida ham ko'rish mumkin. Masalan, Napolen kodeksiga
zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar uchun bor yo'g'i beshta
qisqa modda kiritilgan bo‘Isa, Germaniya fuqarolik tuzuklarida bu
institutga 31 paragraf bag'ishlangan”1.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar o ‘ziga xos
belgilarga ega bo‘lib, huquqshunos olimlar bu xususda bir xil fikr
bildiradilar. Jumladan, Yu.K.Tolstoy bu belgilami quyidagicha ko‘rsatadi:
a)
bu majburiyatlaming ta’sir doirasi zarami qoplash moddiy
xususiyatlarga ega bo'lishiga qaramasdan mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy
munosabatlami qamrab oladi;
1 Костин A.A., Яфаев А.И. Обязательства из причинения вреда. «Гражданское и торговое право
капиталистических государств» китобида. -М .: Международные отношения, 1993.427-с.
309
b)
ular mutlaq xarakterga ega bo‘lgan mulkiy huquqlar yoki shaxsiy
nomulkiy manfaatlami buzilishi natijasida kelib ehiqadi;
v) garchi huquq jabrlanuvchi bilan shartnomaviy munosabatlarda
bo‘lgan shaxs tomonidan buzilgan bo‘lsada, majburiyatlar mutlaq huquqlar
buzilganligi tufayli shartnomasiz xarakterga ega;
g) bu majburiyatlar zarar kim tomonidan yetkazilganligi, qanday
ko'rinishda yetkazilganligi va qoplash usullaridan qat’iy nazar to ‘liq
qoplanishini nazarda tutadi;
d) qonunda nazarda tutilgan hollarda zarami to‘lash majburiyati
boshqa shaxslarga ham yuklatilishi mumkin1.
Zarar yetkazish tufayli vujudga keladigan majburiyatga binoan
jabrlangan shaxs yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan shaxsdan
o ‘zining avvalgi holati tiklanishini yoki ko‘rgan zarami qoplashni talab
qila oladi. Bu majburiyat subyektlari bo‘lib zarar yetkazilgan shaxs va
yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxs hisoblanadi. Bu subyektlar sifatida
fuqarolar va tashkilotlar bo‘lishi mumkin. Zarar yetkazishdan kelib
chiqadigan majburiyatlaming mazmunini jabrlangan shaxsning avvalgi
holati tiklanishini yoki ko‘rgan zararlarining toianishini talab qilishga
bo‘lgan huquqi va yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘Igan shaxsning
mazkur harakatlami amalga oshirishga qaratilgan burchi tashkil etadi.
Yetkazilgan zarami to‘lashga qaratilgan mazkur majburiyat yuzasidan
javobgarlik shartnomadan tashqari vujudga keladigan javobgarlik
hisoblanadi. Bu tufayli vujudga keladigan majburiyatlar huquqi instituti
ikki turdagi vazifani: birinchidan, avvalgi holatni tiklash yoki zarami
tiklash vazifasini; ikkinchidan, tarbiyaviy funksiyani, ya’ni qonunga xilof
xatti-harakatlaming oldini olish vazifasini bajaradi. Mazkur institutning
avvalgi holatni tiklash vazifasi g'ayriqonuniy harakat natijasida vujudga
keladigan salbiy mulkiy oqibatlami tugatishga, chunonchi, sog'liqni
tiklashga, nobud qilingan ashyo o'miga yangi ashyo olishga yoki
zararlangan ashyoni tiklash imkonini beradi. Uning tarbiyaviy funksiyasi
yetkazilgan zarami undirish imkoniyatini berish bilan qonunchilikka rioya
qilishga, fuqarolaming hayoti, sog‘lig‘i va manfaatlariga shuningdek,
ijtimoiy va xususiy mulkka nisbatan ehtiyotlik bilan munosabatda
bo‘lishga qaratilgan g'ayriqonuniy harakatlami oldini olishga qaratiladi.
1 Толстой Ю.К. Обязательства, возникающие вследствие причинения вреда. «Гражданское право» дарслигида.
4.2. -М .: Проспект, 1997. 695-е.
310
Do'stlaringiz bilan baham: |