tanlashning imkoni ham mavjud emas edi.
Yu.K.Tolstoy fikricha, operativ boshqarish huquqi fuqarolik-huquqiy
va ma’muriy-huquqiy unsurlami o ‘zida qamrab olgan aralash xarakterli
huquqdir1, - degan xulosaga keladi.
Sh.M.Asyanovning fikriga ko‘ra, operativ boshqarish huquqi
ashyoviy huquqlar tizimiga kirmaydi. Bu huquq mulkdor davlatning o ‘z
organlariga mol-mulkni biriktirib, uni boshqarish, undan foydalanish
tartibi va shartlarini belgilovchi huquqdir. Operativ boshqarish huquqi
mutlaq huquq hisoblanmaydi2.
U.A.Aripdjanovning fikricha, operativ boshqarish huquqida davlat
korxonasi va muassasasiga biriktirilgan mol-mulkni boshqarishga nisbatan
har qanday farmoyish faqatgina mulkdoming roziligi bilan amalga
oshiriladi, bunday mol-mulkning ortiqcha qismi yoki foydalanilmayotgan
qismi mulkdor tomonidan olib qo'yilishi mumkin. Bunda davlat o ‘ziga
tegishli korxona yoki muassasaga biriktirilgan mol-mulkka nisbatan to‘liq
ashyoviy huquqlami saqlab qoladi, bunga qo‘shimcha ravishda
majburiyatlari yuzasidan mol-mulk bilan javobgarlikni ham o ‘zi tashkil
qilgan yuridik shaxslarga yuklaydi3.
Ushbu fikrlaming har biri turli nuqtai nazardan bildirilgan bo‘lib,
muayyan ma’noda to‘g ‘ri hisoblanadi. Lekin ulaming barchasi operativ
1 Толстой Ю.К. Основы гражданско-гтравогого законадательсгва-М .: 1964. -С .59-63.
2 Асьянов 1II.M. Право публичной собственности / М атериалы практической конференции Совершенствование
законадательства в условиях рыночной экономики. -Таш кент: ГГЦ, 1995. -25 с.
3 Арипджанов У.А. Право собственности в системе вещных прав: Авторсф. дис. ...канд. юрид. наук. -Тош кент:
ООО NISIM , 2000. -22 с.
263
boshqarish huquqini davlat mulk huquqini amalga oshirish usuli sifatida
emas, davlat organlari, muassasalari va korxonalarining mulkiy huquqi
sifatida tushuntirishga harakat qilgan.
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 178-moddasiga
muvofiq, davlat korxonasi, shuningdek muassasasi o'zlariga biriktirib
qo'yilgan mol-mulkka nisbatan qonunda belgilab qo'yilgan doirada, o ‘z
faoliyatining maqsadlariga, mulkdoming topshiriqlariga hamda mol-
mulkning vazifasiga muvofiq holda egalik qilish, undan foydalanish va uni
tasarruf etish huquqlarini amalga oshiradilar. Aynan ana shu amalga
oshiriladigan huquqlar davlatga tegishlidir1. Davlat o ‘ziga tegishli mol-
mulkni va unga nisbatan mulkiy (ashyoviy) huquqlami o ‘z organiga yoki
o‘zi tashkil etgan yuridik shaxsga topshirar ekan, ulami amalga oshirishga
nisbatan bir qator talablami belgilaydi. Bunday talablar jumlasiga:
1) qonunda belgilab qo‘yilgan doirada harakat qilish;
2) o'z faoliyatining maqsadlariga ko‘ra mulkiy huquqlami amalga
oshirish;
3) mulkdor (davlat) ning topshiriqlariga amal qilish;
4) mol-mulkning vazifasini hisobga olgan holda unga nisbatan
huquqlami amalga oshirish.
Davlat mulk huquqini amalga oshirishda qonunda belgilangan doira
- davlat yuridik shaxslarining davlat mulk huquqini amalga oshirish
yuzasidan ularga berilgan huquq va majburiyatlar hajmiga asoslaniladi.
Bunday huquq va majburiyatlar yuridik shaxs (davlat korxonasi va davlat
muassasasi) ning Ustavi yoki Nizomida belgilanadi. Ustav yoki Nizom
mulkdor (davlat) tomonidan tayyorlanadi va davlatning vakolatli organi
(Adliya vazirligi) tomonidan ro'yxatga olinadi. Davlat korxonasi va davlat
muassasasi davlat mulk huquqini amalga oshirishda ana shu huquq va
majburiyatlar doirasida harakat qilishlari kerak.
Agar operativ boshqarish huquqi berilgan davlat korxonasi yoki
muassasasi davlat mulk huquqini amalga oshirishda o'z vakolatlari
doirasidan chetga chiqsa, u holda mulkdor o'z mulkiy huquqlarini amalga
oshirish huquqini o'z zimmasiga olishi mumkin.
Ma’lumki, davlat korxonasi va muassasasiga mulk muayyan
faoliyatni amalga oshirish uchun biriktiriladi. Har qanday hollarda ham
operativ boshqarish huquqidan foydalanayotgan davlat yuridik shaxslari
mulkdan o'zlarining faoliyat maqsadlari yo'lida foydalanishlari va mulkiy
huquqning boshqa elementlarini amalga oshirishlari lozim. Masalan,
1 Zero, davlat korxonasi va m uassasasiga biriktirib qo’yilgan mol-mulkning mulkdori davlat b o ’lganligi sababli, bunday
m ol-m ulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlari ham davlatga tegishlidir. Shu munosabat
bilan operativ boshqarish shubhasiz, davlat mulk huquqini amalga oshirishning huquqiy shakli hisoblanadi.
264
Toshkent davlat yuridik institutiga bino talabalami o'qitish va o'qitishni
tashkil etish uchun biriktirilgan va bu muassasaning faoliyat maqsadi qilib,
mamlakatimizga huquqshunos kadrlar etishtirib berish vazifasi qo‘yilgan.
Agar Toshkent davlat yuridik instituti binodan o ‘zga maqsadlarda (qonun
hujjatlari, Nizom yoki Ustavda belgilangan holatlar bundan mustasno)
foydalansa yoki umuman foydalanmayotgan bo‘Isa, mol-mulkning egasi
mol-mulkni olib qo‘yish hamda uni o ‘zi xohlagan tarzda tasarruf etishga
haqli (FKning 178-moddasi 2-qismi mazmunidan). Zero, bunday tasarruf
etish sud tartibida emas, mulkdor (davlat) ning o ‘z xohishi bilan amalga
oshiriladi1.
Agar ta’sis hujjatlariga muvofiq muassasaga daromad keltiradigan
faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi berilgan bo'lsa, bunday faoliyatdan
olingan daromadlar bu daromadlar hisobidan sotib olingan mol-mulk
muassasaning mustaqil tasarrufiga o ‘tadi va alohida balansda hisobga olib
boriladi (masalan, davlatga qarashli oliy o‘quv yurti kafedrasi tomonidan
shartnoma asosida tadqiqotlar o ‘tkazilib, ishlab topilgan mablag‘lar xuddi
shunday tartibda tasarruf qilinadi).
Operativ boshqarish
orqali
davlat
mulk
huquqini
amalga
oshirayotgan davlat korxonasi yoki muassasasi mulkdoming, ya’ni
davlatning topshiriqlarini bajarishi lozim. Zero, mulkdor-davlat bu holatda
fuqarolik huquqining boshqa mustaqil subyekti bilan emas, o ‘zining mol-
mulki asosida faoliyat yuritayotgan va davlatning mulk huquqini amalga
oshirayotgan subyekt va qolaversa, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda o‘z
mulki hisoblangan obyekt bilan munosabatga kirishadi. Shu sababli davlat
o ‘z mulki3 hisoblangan korxona va muassasa yuzasidan har qanday
qonuniy topshiriqni berishga haqli. Bunda davlat o ‘z mol-mulkiga nisbatan
mulkiy huquqning istalgani yuzasidan topshiriq bera oladi. Aynan
davlatning ana shunday topshirig‘i uning o ‘z mulk. huquqini bevosita
amalga oshirishi hisoblanadi. Zero, mulkdor o ‘z mol-mulkining yagona
xo‘jayini va o ‘z ashyosining hukmdori sifatida o ‘z xohish-irodasi asosida
mulk huquqini amalga oshiradi.
FKning 179-moddasiga muvofiq, davlat korxonasi o ‘ziga biriktirib
qo‘yilgan mol-mulkni mulkdoming roziligi bilangina boshqa shaxsga
berishga yoki uni boshqacha usulda tasarruf etishga haqli. Ko‘rinib
turibdiki, operativ boshqarish huquqi mulkdoming o ‘z mulk huquqini
1 R ahm onqulov H. O ’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining birinchi qism iga umum iy tavsif va sharhlar. -
Toshkent: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 1997. *323 b.
2 Davlat korxonasi yoki muassasasi yoxud barcha yuridik shahslar (davlatga tegishli yoki nodavlat yuridik shaxs
ekanligining ahamiyati yo’q) bir vaqtning o ’zida fuqarolik huquqining sub’yckti va ob'yekti ekanligini esdan
chiqarm aslik lozim.
3 K orxona yoki m uassasaning yoxud o’zga yuridik shaxs davlat mulki ekanligi shubhasizdir.
265
to‘liq ravishda o'z korxonasiga topshirish holati emas. Agar operativ
boshqarish huquqi asosida o'tishi lozim bo‘lgan ashyoviy huquqlaming
nisbatiga e’tibor qaratadigan bo'lsak, mulkni egallash huquqi davlat
korxonasi yoki muassasasiga to'liq o'tkazilishini, foydalanish huquqi ham
egalik huquqi kabi to'liq o ‘tkazilsa-da, bu huquqning amalga oshirilishi
mulkdor tomonidan nazorat etilishini (FKning 178-moddasi 2-qismi),
tasarruf etish huquqi esa to'liq mulkdoming o'zida saqlanib qolishini
ko'rish mumkin. FKning 180-moddasiga muvofiq, muassasa o'ziga
biriktirib qo'yilgan mol-mulkni va smeta bo'yicha unga ajratilgan
mablag'larga sotib olingan mol-mulkni boshqa shaxsga berishga yoki
o'zgacha usul bilan tasarruf etishga haqli emas.
Garchi FKning 178-moddasi 1-qismi davlat korxonasi va muassasasi
bir necha shartlar asosida mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va
uni tasarruf etish huquqini amalga oshirishini bayon etsa-da, bu shartlar
orasida ustuvor o'rinni mulkdoming topshirig'i egallaydi. Qolaversa, 178-
moddada belgilangan barcha shartlar davlat korxonasi va muassasasining
operativ boshqarish huquqi asosida oladigan ashyoviy (yoxud mulkiy1)
huquqlariga nisbatan cheklov hisoblanadi.
Davlat korxonasi va muassasasiga biriktirilgan mol-mulkning
vazifasi uning xo'jalik faoliyatida tayinlanish maqsadi bilan aniqlanadi.
Masalan, Oliy o'quv yurtiga stol-stullar talabalar dars jarayonida
o'tirishlari uchun foydalaniladi yoxud kompyuter vazifasi davlat korxonasi
yoki muassasasining o'z faoliyatini amalga oshirishda xizmat qilish
hisoblanadi.
Umumiy qoidaga ko'ra, operativ boshqarish huquqi davlat
korxonalari (FKning 72-moddasi) va muassasalariga beriladi. Bular
jumlasiga, madaniy-ma’rifiy, oqartuv, ta’lim, maorif, boshqamv sohasida
faoliyat yuritadigan davlat muassasa va tashkilotlari kiradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, operativ boshqarish huquqi sovet
huquqining davlat mulkini boshqarishdagi o'ziga xos usuli sifatida
1 D avlat korxonasi v a m uassasasiga beriladigan operativ boshqarish huquqini ashyoviy huquqlar jum lasiga kintish
ancha bahsli. Garchi, FKning 165-moddasi bu huquqni ashyoviy huquq sifatida e ’tirof etsa-da, davlat korhonasi va
m uassasasi bir vaqtoing o ’zida ham fuqarolik huquqining sub’yekti, ham o b ’yekti b o ’lganligi sababli ularga berilgan
operativ boshqarish huquqini m ulk huquqini amalga oshirish usuli, deb qarash joiz. SH.M .Asyanovning fikricha,
operativ boshqarish huquqini m utlaq huquqlar tarkibiga k intish mum kin emas. Operativ boshqarish huquqining vujudga
kelish holati, uni titui m ulkdor-davlat nomidan davlat tashkiloli am alga oshirilishi uning mutlaq em asligi to ’g ’risida
hulosani vujudga keltiradi. А сьянов Ш .М . Право публичной собственности / М атериалы практической
конференции Совершенствование законадательства в условиях рыночной экономики. -Таш кент: ГТЦ, 1995. -
С.24-25. K o’rinib turibdiki, Sh.M .A syanov bu o ’rinda operativ boshqarish huquqini nisbiy huquqlar jum lasiga, y a’ni
m ajburiyat huquqiga kiritadi. Bu hususda Sh.M.Asyanovning fikriga q o ’shilib b o ’lm aydi. Nazarimizda, operativ
boshqarish huquqi mulk huquqini am alga oshirishning bir k o ’rinishi, hoios. Bu huquqni o'zgacha talqin etish, barcha
holatlarda ham o ’z bahsliligini saqlab qolaverdi.
266
vujudga kelgan1 va asosan sotsialistik prmsiplar (xususiy mulkka yo‘l
qo‘yilmasligi,
planli
boshqaruv,
ma’muriy-buyruqbozlik,
hududli
ixtisoslashuv va boshqalar) ga tayangan holda amalda bo'lgan. Hozirgi
bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklif, raqobat asosida shakllanadigan
munosabatlarda operativ boshqarish huquqining amalda bo‘lishi ancha
bahsli masaladir.
H.Rahmonqulovning
fikricha,
operativ
boshqarish
huquqi
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga hali korxonalaming asosiy
qismi davlat mulki bo'lgan paytda kiritilgan. Bunday korxonalar mulkdor
bo‘lmaganligi sababli, davlat mulkini ashyoviy huquqlarga (FKning 165-
moddasi) muvofiq egallardi, foydalanardi va tasarruf etardilar. FK qabul
qilinganidan so‘ng o'tgan davrda mobaynida ko‘plab davlat korxonalari
xususiylashtirildi. Bu jarayon hozirgi kunda ham jadal davom etmoqda. Bu
holatlaming barchasi O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi
kelgusida takomillashtirilishi va operativ boshqarish huquqi sovet
davridagi huquq tizimining instituti sifatida o'z ahamiyatini yo'qotganligi
sababli fuqarolik-huquqiy qonunchilikda
ifodalanmasligi
lozimligi
to'g'risida xulosa chiqarishga asos bo'ladi2.
Nazarimizda,
bu
o'rinda
H.Rahmonqulovning
fikrlariga
qo'shilmaslikning iloji yuq. Zero, yuqorida ta’kidlanganidek, davlat mulk
huquqining obyekti va davlat mulk huquqini amalga oshiruvchi subyekt
hisoblangan davlat muassasasi mulkdor tomonidan berilgan mulkiy
huquqlami amalga oshirar ekan, huquqlami berishni fuqarolik-huquqiy
tartibda emas, ma’muriy-huquqiy tartibda, joriy me’yoriy hujjatlami qabul
qilish orqali amalga oshirishi mumkin.
Xo'jalik yuritish huquqi ham operativ boshqarish huquqi kabi davlat
mulk huquqini amalga oshirish usuli hisoblanadi. Ma’lumki, xo'jalik
yuritish huquqi operativ boshqarish huquqiga qaraganda ancha keyin
paydo bo'lgan. Agar operativ boshqarish huquqi o'tgan asming 40-yillari-
da nazariy jihatdan vujudga kelib, amaliyotda 60-yillarda qo'llanila bosh-
langan bo‘Isa, xo'jalik yuritish huquqi 80-yillaming o'rtalaridan (ungacha
to'la operativ boshqamv huquqi) amaliyotda qo‘llanilib kelinmoqda3.
Xo'jalik yuritish huquqi 1963-yilgi O'zbekiston SSRning Grajdanlik
kodeksida o !z ifodasini topmagan. Davlat mulkini amalga oshirishning bu
usuli sobiq Ittifoqdagi qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan.
1 O ’zbekiston SSRning 1963 yil 1 yanvardan kuchga kiritilgan G rajdanlik kodeksining 106-moddasi.
2 Рахманкулов X, Законодательные источники
1
"ражданского права РУз и задача по их соверш енствование /
Бозор икгисодиёти шароитида савдо муносабатларини хукукий таъминлаш муаммолари мавзусидаги
конференция материаллари туплами. -Т о ш кекг: ТДЮ И, -12 с.
3 Гражданское право. Учебник. 6-е изд. / Отв. ред. А.П .Сергеев, Ю .К.Толстой. Т.1. -М .: Проспект, 2003. -485 с.
267
Shu o'rinda davlat mulk huquqini amalga oshirishning usullari
hisoblangan xo'jalik yuritish va operativ boshqarish huquqining o'xshash
va farqli jihatlari to'g'risida to'xtalib o'tish joiz. Ushbu huquqlaming
o'zaro о 'xshash jihatlari quyidagilarda ko'rinadi:
-xo'jalik yuritish va operativ boshqarish huquqi sof ma’nodagi mulk
huquqi emas, balki davlat mulk huquqini amalga oshirish shaklidir1;
-ikkala holatda ham davlat o'zining mulkiy huquqlari tarkibiga
kiravchi huquqlaming ma’lum bir qismini beradi;
-xo'jalik yuritish va operativ boshqarish huquqlari mulkiy huquqning
cheklanishi bilan bog'liq;
-mulk huquqining asosiy elementi - tasarruf etish elementi har doim
mulkdorda qoladi.
Xo'jalik yuritish huquqi operativ boshqarish huquqidan farqli
tomonlari quyidagilarda namoyon bo'ladi:
-xo'jalik yuritish huquqi operativ boshqarish huquqidan farqli
ravishda odatda, davlatning tijoratchi yuridik shaxslariga beriladigan
huquqdir. Masalan, davlat unitar korxonasi tijorat tashkilotidir (FKning
70-moddasi);
-xo'jalik yuritish huquqiga ega subyekt operativ boshqarish huquqiga
ega shaxsga qaraganda davlat mulkini boshqarishda kengroq huquq va
imtiyozga ega bo'ladi2;
-xo'jalik yuritish huquqi asosida faoliyat yuritayotgan unitar korxona
davlat muassasasidan farq qilib, o'zining xo'jalik yuritishida bo'lgan mol-
mulkni ishlatishdan kelgan foydaning bir qismini olish huquqiga ega
(FKning 177-moddasi 2-qismi);
-xo'jalik yuritish huquqi asosida faoliyat yuritayotgan korxona
muassasadan farq qilib, o'z majburiyatlari yuzasidan mustaqil javobgar
bo'ladi (FKning 177-moddasi 3-qismi).
FKning 176-moddasiga muvofiq xo'jalik yuritish huquqi asosida
ixtiyorida mol-mulk bo'lgan unitar korxona bu mol-mulkka ushbu
Kodeksda belgilangan doirada egalik qiladi, undan foydalanadi va uni
tasarruf etadi.
1 Yu.K.Tolstoy xo'jalik yuritish va operativ boshqarish huquqini cheklangan ashyoviy huquqlar jum lasiga old deb
hisoblaydi va ulam ining davlat m ulk huquqini amalga oshirish usullari ekanligini ta'kidlab o'tadi. Гражданское право.
Учебник. 6-е изд. / Отв. ред. А.П.Сергеев, Ю .К.Толстой. Т.1. -М .: Проспект, 2003. -481 с. Nazarimizda,
Y u.K.Tolstoy bu erda sovet huquq tizim idagi an’nalardan kelib chiqib, shunday fikr bildiradi. Zero, m ulkdor o'zining
mulkiy huquqlarini boshqa sub'yektga o'tkazsa, bunday huquq ashyoviy (yoki mulkiy) huquq sanaladi. X o'jalik yuritish
va operativ boshqarish huquqlari esa bunday holatni vujudga keltirm aydi, Chunki b itta sub'yektga tegishli bir necha
shahslar o'rtasidagi m ulkiy yoki ashyoviy huquqlar harakati, m ulkdor bir shahs bo’lganligi sababli so f m a'nodagi mutlaq
ashyoviy huquq emas.
2 Комментарий к Гражданскому кодексу Российской Федерации. 4 .1 . / Отв. ред. О.Н.Садыков. -М .:
Ю ринформцентр, 1997. -316 с.
268
H.Rahmonqulovning
fikricha,
xo'jalik
yuritish
huquqining
subyektlari (korxonalar) o'z ixtiyoridagi mol-mulkka nisbatan mulk egasi
huquqlariga ega emaslar, lekin ular mulk egasi tuzgan tartib bo'yicha,
ushbu mol-mulkdan faqat o'zlarining emas, balki mulk egasining ham
manfaatlarini ko'zlab egallaydilar, undan foydalanadilar va uni tasarruf
etadilar.
Xo'jalik yuritish huquqiga ega korxonalar o'z faoliyatini ommaviy
shakldagi, ya’ni davlat va fuqarolaming o'zini o'zi boshqarish idoralariga
tegishli mulk asosida... amalga oshiradilar1. Darhaqiqat, xo'jalik yuritish
huquqi fuqarolaming o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan ham
amalga
oshiriladi.
O'zbekiston
Respublikasining
“Mulkchilik
to'g'risida”gi qonuni 10-moddasi 2-qismiga muvofiq, mahallada istiqomat
qiluvchi aholi mahalla mulkining subyektidir. O'zi saylab qo'ygan
organlar - mahalla mulkini to'la xo'jalik yuritish asosida egallaydi, undan
foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Garchi FK xo'jalik yuritish huquqi faqat davlat unitar korxonasiga
tegishli, - degan normani belgilamasa-da, amaliyotda mulkdoming mulk
huquqini amalga oshirish usuli sifatida xo'jalik yuritish huquqi faqat
davlat unitar korxonalariga nisbatan qo'llaniladi. Fikrimizcha, amalda
xo'jalik yuritish huquqini mulkning boshqa shakllariga nisbatan tatbiq
etish bir qator tushunarsiz holatlami keltirib chiqarardi.
Ma’lumki, xo'jalik yuritish huquqi sovet huquqining mahsuli
hisoblanadi va o'sha davrlarda faqat davlat mulkiga nisbatan ishlab
chiqilgan mulk huquqini amalga oshirish usuli sifatida tatbiq etilgan.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish munosabati bilan vujudga kelgan turli mulk
shakllarida mulkdor o'z mulkiy huquqlarini amalga oshirishning boshqa
o'zi uchun ko'proq foydali usullarini tanlaydi (masalan, ijara, ishonchli
boshqarish, ishonchnoma va h.k.). Shu sababli xo'jalik yuritish huquqi
hali-hanuz davlat mulkini amalga oshirish usuli sifatida faqat davlat
korxonalariga tatbiq etilmoqda.
V.V.Laptev kooperativ, jamoat va diniy tashkilot sho'ba korxona
tashkil etib, o'z mulkining muayyan qismini xo'jalik yuritish huquqi
asosida unga biriktirib qo'yishi mumkin emasligini tushunish qiyin holat,
nega endi ular muayyan faoliyatni amalga oshirishlari uchun aynan
xo'jalik jamiyati va shirkati tuzishlari va unga mulk huquqini berishlari
lozim2, - deydi.
1 R ahm onqulov H. O ’zbekiston RespubHkasi Fuqarolik kodeksining birinchi qismiga umum iy tavsif va sharhlar. -
Toshkent: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 1997. - B .321-322.
2 Лаптев В. В. Предпринимательское право. -М .: 1997. -58 с.
269
Darhaqiqat, ushbu holat anchayin tushunarsizdir. Zero, qonun yo'l
qo‘ygan harakatlami subyektlaming o'zlari amalga oshirmasliklari
ulaming subyektiv erk-irodasiga bog‘liq. Shu sababli xo'jalik yuritish
huquqidan foydalanish yoki foydalanmaslik bu turli mulk shakllari
subyektlarining subyektiv huquqi, bu huquqni amalga oshirish yuzasidan
ta’sir ko'rsatish mumkin emas.
V.V.Chubarovning fikricha, ushbu ashyoviy huquqning obyektini
tashkil etuvchi mol-mulk jumlasiga, binolar, inshootlar, asbob-uskunalar,
talab qilish huquqi va boshqalar kiradi1. Ushbu fikrlarga qo'shilgan holda,
bu huquq asosida beriladigan mol-mulklar jumlasiga yana, korxonaga
berilishi mumkin bo'lgan qimmatli qog'ozlar, turli xildagi o'zga
ashyolami kiritish mumkin.
Ma’lumki, xo'jalik yuritish huquqi asosida biriktirilgan mulkiy
huquqlar turli ko'rinishda bo'ladi.
Xo'jalik yuritish huquqida mulkiy huquqlar o'z mazmuniga ko'ra
ikki qismdan iborat bo'ladi:
a) xo'jalik yuritish huquqi asosida korxonaga biriktirib qo'yilgan
mol-mulkka nisbatan mulkdoming huquqlari;
b) xo'jalik yuritish huquqi asosida o'ziga mol-mulk biriktirilgan
korxona bu mol-mulkka nisbatan huquq va majburiyatlami amalga
oshirishga haqli. Ya’ni, korxonaga qarashli mol-mulkni mustaqil tasarruf
etadi.
FKning 177-moddasiga muvofiq, xo'jalik yuritishida bo'lgan mol-
mulkning egasi qonunga muvofiq korxona tashkil etish, uning faoliyat
sohasini va maqsadlarini aniqlash, uni qayta tashkil etish va tugatish
masalasini hal qiladi, korxona direktorini (rahbarini) tayinlaydi, korxonaga
qarashli mol-mulkdan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi va uning
saqlanishini nazorat qiladi, korxonaning xo'jalik yuritishida bo'lgan mol-
mulkni ishlatishdan kelgan foydaning bir qismini oladi.
Mulkdoming ushbu huquqlari ayni vaqtda xo'jalik yuritish
korxonasining majburiyatlari hamdir. Shu munosabat bilan unitar korxona
xo'jalik yuritish huquqi asosida o'ziga qarashli bo'lgan ko'chmas mulkni
mulkdoming roziligisiz sotishga, ijaraga berishga, garov qo'yishga,
xo'jalik shirkatlari va jamiyatlarining ustav fondiga hissa sifatida
topshirishga yoki bu mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf etishga haqli
emas.
1 Комментарий к Гражданскому кодексу Российской Федерации. 4 .1 . / Отв. ред. О.Н.Садыков. -М .:
Ю ринформцентр, 1997. -317 с.
270
Lekin operativ boshqarish huquqidan farq qilib, xo‘jalik yuritish
huquqida korxona o'ziga qarashli mol-mulkni mustaqil tasrruf etish
huquqiga ega bo'ladi.
Yu.K.Tolstoyning ta’kidlashicha, xo'jalik yuritish huquqi o'z
mazmuniga ko'ra chegaralangan huquqdir. Bu holat uning respublika va
munisipal mulk bilan uzviy bog'liqligidan kelib chiqadi1.
Haqiqatan xo'jalik yuritish huquqi o'z mohiyatiga ko'ra ushbu huquq
egasiga nisbatan bir necha talablar qo'yadi. Garchi xo'jalik yuritish
huquqining sohibi mulkdoming roziligisiz korxonaga qarashli bo'lgan
ko'chmas mulkni sotishga, ijaraga berishga, garovga qo'yishga, xo'jalik
shirkatlari va jamiyatlarining ustav fondiga hissa sifatida topshirishga yoki
bu mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf etishga haqli bo'lmasa-da,
qonun yoki o'zga me’yoriy hujjatlarda ta’qiqlanmagan hollarda korxonaga
tegishli ko'char mol-mulklami mustaqil tasarmf etishga haqli bo'ladi.
Mulkdor xo'jalik yuritish huquqi bo'yicha faoliyat yuritayotgan
korxona majburiyatlari uchun javobgar bo'lmaydi (FKning 48-moddasi 3-
qismi bundan mustasno).
Ma’lumki, unitar korxona xo'jalik yuritish huquqi asosida faoliyat
yuritadigan subyektlaming tipik namunasi hisoblanadi. Xo'jalik yuritish
huquqiga asoslangan unitar korxona mulkdoming yoki u vakil qilgan
organning qaroriga muvofiq tashkil etiladi va bunday unitar korxona o'z
mol-mulkining bir qismini xo'jalik yuritish uchun belgilangan tartibda
topshirish yo'li bilan yuridik shaxs bo'lgan boshqa unitar korxona (sho'ba
korxona) tashkil etishi mumkin. Bu holatda sho'ba korxonasida unga
berilgan mulkka nisbatan ikkilamchi xo'jalik yuritish huquqi vujudga
keladi. Lekin ulaming bir-biriga nisbatan javobgarligiga nisbatan FKning
48-moddasi 3-qismi talablari qo'llaniladi2.
Sh.Ro'zinazarovning ta’kidlashicha, unitar korxonaning mol-mulki
unga xo'jalik yuritish yoki operativ boshqarish tartibida qarashli bo'ladi.
Unitar korxonaning firma nomida uning mol-mulkining egasi ko'rsatilgan
bo'lishi kerak3.
Mazkur fikrdan shuni anglash mumkin-ki, unitar korxona fuqarolik
huquqining
subyekti
hisoblansa-da,
sof
ma’nodagi
mulkdor
hisoblanmaydi. Chunki uning firma nomida egasi (mulkdori) ko'rsatilishi
1 Гражданское право. Учебник. 6-е изд. / Отв. ред. А.П.Сергеев, Ю .К.Толстой. Т.1. -М .: П роспект, 2003. -483 с.
2 Y uridik shaxs m uassisi (ishtirokchisi) yoki uning m ol-mulkining egasi yuridik shahsning majburiyatlari b o ’yicha
javob berm aydi, yuridik shahs esa muassis (ishtirokchi) yoki m ulkdom ing majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi,
ushbu K odeksda yoki yuridik shaxsning ta'sis hujjatiarida nazarda tutilgan hollar bundan m ustasno (FK ning 48-
m oddasi 3-qismi).
3 R o’zinazarov Sh. Bozor sharoitida qishloq xo’jalik ishlab chiqarish tuzilm alarining fuqarolik huquqiy maqomi. -
Toshkent: Adolat, 1997. -143 b.
271
lozim. Shu bilan birga, unitar korxona ashyoviy huquq sohibi emas, balki
mulkdoming mulkiy huquqlarini amalga oshiruvchi subyektdir.
Umuman olganda, davlat mulk huquqini amalga oshirishning bu
shakli davlat mol-mulki asosida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs va
organlar mulkining huquqiy maqomini belgilab beradi. Shu munosabat
bilan biz ulami ashyoviy huquq yoki majburiyat huquqi deb emas, mulk
huquqini (davlat mulk huquqini) amalga oshirish usuli, deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |