qidiruv tizimlari xizmatidan foydalaniladi. MaMumotlami qidirish
uchun quyidagi amallarni bajaring:
— Internet brauzer dasturining manzillar satriga qidiruv tizimi
manzilini kiriting, masalan www.uz;
174
— M anzil kiritilgandan so ‘ng klaviaturadan Enter tugmasini
bosing;
— Natijada brauzer dasturiga qidiruv tizimi veb-sahifasi yuklanadi;
— Qidiruv maydoniga materialga taalluqli bo‘lgan jumlani kiriting,
masalan, Axborot texnologiyalari;
— Найти yoki Қидир tugmasini bosing.
Shundan so‘ng qidiruv tizimi siz kiritgan kalit so'z yoki jumlani
o'zida jamlagan veb-sahifalar ro'yxatini qisqacha anotatsiyasi bilan
birgalikda taqdim etadi.
Ro'yxatdagi har bir sahifa nomiga «sichqoncha» chap tugmasini
bosish orqali unga murajaat qilish mumkin.
Sahifani saqlash
Tanlangan sahifalami kompyuter diskiga saqlab olish orqali, ushbu
sahifalar bilan keyinchalik ishlash imkoniyatini paydo bo'ladi:
— Talab qilinayotgan manzildagi veb-sahifani saqlash uchun uni
avvalo veb brauzerga yuklang;
— Файл menyusiga «sichqoncha» chap tugmasini bosish orqali
uni oching;
— Сохранить как menyu amalini tanlang;
— Paydo bo'lgan saqlash oynasida sahifani saqlash joyini ko'r
sating;
— Сохранить tugmasini bosing.
Shundan so'ng sahifani saqlash jarayoni boshlanadi va tanlangan
sahifa kompyuteringiz diskiga saqlanadi.
Grafik obyektlarni saqlash
Barcha veb-sahifalar o'zining tarkibida matn, rasm, animatsiya
kabi turli obyektlarni birlashtirgan. Veb-sahifadagi obyektlarni alohida
ko'rinishda saqlab olish mumkin.
Ushbu darsimizda veb-sahifa tarkibidagi grafik obyektlarni saqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |