To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»


partiya  uchun  dindan  kechdingiz.  Otangizdan  kechdingiz



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/32
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#214799
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
Bog'liq
[@kitoblar1] Qorakòz majnun


partiya  uchun  dindan  kechdingiz.  Otangizdan  kechdingiz.
133


-   Zamon  shunaqa  ed i,-d ed i  u  afsus  bir  ohangda.-   Endi 
m a’lum b oidi.  Mening otam milliy qahramon ekan. Xalq ozodligi 
uchun kurashgan.  Men  shunday  otam  borligidan  faxrlanaman.
Unga javob  qildim:
-   Lekin  otangiz  sizdek  farzandi  borligidan  or  qiladi.  Siz 
qamoqdaligingizda  kelib  sizni  surishtirdi...
-   Tirik  ekanm i? -  dedi  u  shoshib.
-   Ha,  tirik  ekan.  K anada  degan  m am lakatda  yasharkan. 
Qarib  qopti.  0 ‘zbekiston  mustaqil  b o ig an id an   keyin  qish- 
lo g in g izg a  keldi.  Rahbarlar  uni  izzat-ikrom  bilan  kutib 
olishdi.  Sovg‘a-salom lar  berishdi.  U  ham  kasalxona  quri- 
lishiga  allaqancha  ming  dollar  berdi.  Sizning  otadan  kech- 
ganingizni  eshitib,  k o ‘p  afsuslar  qildi.  Bunday  farzandim 
yo‘q,  oq  qildim,  dedi.
Diyorovning  boshi  egildi.  Yerdan  ko‘z  uzolm ay  qoldi.
-   Meni  otamdan  kechishga  m ajbur  qilishdi...
Uning  gapini  shart  b o ‘ldim.
-   Yolg‘on!  Partiyaga  o ‘tish  uchun,  hukumatdan  amal 
ilinj  qilib  otadan  kechgansiz.
-   K o‘rasiz,  men  o ‘zimni  oqlayman.
-   Bunday  qilishga  endi  um ringiz  yetmaydi.  Otangizni 
ham  endi  bir  umr  k o ‘rmaysiz.  Qandoq  qilib  o ‘zingizni 
oqlaysiz.  Otangiz  o ‘tgan  yili  qazo  qildilar.  Kanadadagi  uka- 
laringiz  qishloqqa  kelib,  yurtga  osh  berib,  aza  ochdilar.  Siz 
esa  dindan  kechdingiz.
-   K o ‘rasiz,  hali  o ‘zimni  oqlayman.
-   Nim a,  yegan  kolbasani  tuflab  tashlaysizm i?  Endigi 
um ringiz  azobda  o ‘tadi.  A xir  iym onsiz  yashab  b o ‘ladimi?
Undan  jirkanib  ketdim.
-   M ening  uyim ga  nim a  istab  keldingiz? -  dedim  ko‘z- 
lariga  tikilib.
-   Pensiya  masalasiga  yordam  bersangiz.  Atigi  bir  ming 
bir  yuz  so ‘m  berar  emish.  N im aga  yetadi?  Pensiya  bera- 
diganlarda  insof bormi,  o ‘zi?
134


0 ‘m im dan  turib  ja g ‘iga  bir  tushiray  dedim-u,  o ‘zimni 
bosdim.  Shu  isqirt  bilan  olishib  o ‘tiramanmi.  U  sadqayi 
musht  ketsin.  0 ‘zimni  bosib,  g ‘azab  bilan  gapirdim:
-   Qaysi  xizm atlaringiz  uchun  «pensiya»  talab  qilyapsiz? 
0 ‘z  otangizdan  kechganingiz  uchunmi,  dinni  haqorat  qilga- 
ningiz  uchunmi,  um ringizda  atigi  uch  yil  ishlaganingiz  va 
uch  yil  surunkasiga  davlat  mulkini  talon-toroj  qilganingiz 
uchunmi?
M endan  biron  ish  chiqazishdan  umidini  uzdi  shekilli, 
tund  b o ‘lib  qoldi.
-   M ustaqillik  bo‘lsa  ham  biz  yorug‘likka  chiqmas 
ekanm iz-da,  mayli  asli  sho‘r  peshona  banda  ekanmiz.  M us­
taqillik,  m ustaqillik,  deysizlar,  qani  yuzaga  chiqqanimiz.  Bu 
mustaqillik  menga  nim a  berdi?
Yoshi  katta  odamni  senlab  yuborganimdan  o ‘zimni  koyi- 
dim.
-   Sen 
m ustaqillikka 
nima 
berding?  Atrofga 
qara, 
nim alar  b o ‘layotibti?  K o‘chaga  chiqib  u  yoq-bu  yoqqa  qara, 
osm ono‘par imoratlarni  ko‘r.  Qullik  yukini  yelkasidan  irg‘itib 
tashlagan  yurtdoshlarim izning  yuzlariga,  ko‘zlariga  boq.
-   E,  -   dedi  u  qo‘l  siltab. -  Bu  imoratlarni  yeb  bo‘l- 
masa.  Quruq  savlatning  kimga  keragi  bor?
-   E,  noshukur  banda.  Qorindan  boshqa  tashvishing  bor­
mi  o ‘zi?
-   Meni  senlama.
-   Sizlashga  arzimaysan.  Qani,  tuyog‘ingni  shiqillat!
U  o ‘m idan  turdi.  Bir  nim a  deb  to ‘n g ‘illadi.  Yo  meni 
so ‘kdi,  yo  mustaqillikni  so‘kdi.  Orqasidan  itarib  ko‘chaga 
chiqarib  qo‘ydim -u,  eshikni  ichidan  zanjirladim.
U  ketdi.  M ening  ko‘ksimda  o g ‘ir  tosh  qoldi.  Bir  yarim 
yildan  keyin  yangi  asr  boshlanadi.  Nahotki  shu  isqirt  ham 
biz  bilan  yangi  asr  darvozasidan  kirsa.  Yangi  asr  ostonasida 
bu  suprindilam i  eski  kalishdek  yechib  tashlab  ketsak,  qandoq 
yaxshi  b o ‘lardi-ya.
135


Shu  uchrashuvdan  keyin  uni  ko‘rmadim.  Eshitishimcha, 
u  qishlog‘iga  borib  namoz  paytida  masjidga  kirib,  namoz- 
xonlardan  uzr  so ‘ragan  emish.  Hech  kim  uning  betiga 
qaramapti...  Boshini  egib,  masjiddan  chiqib  ketibdi.  Uch 
kundan  keyin  uning  o iig in i  adir  orqasidagi  tolzordan 
topishibdi.  M asjid  imomi  janoza  o ‘qishga  ruxsat  bermabdi. 
U  m usulm onchilikdan  chiqib  kofir  b o ‘lgan,  deb  qishloq 
qabristoniga  ko‘mishga  ham  ijozat  bermabdi.  To‘rtta  odam 
uning  o ‘ligini  zam barda  olib  borib  chakalakzorga  ko‘- 
mishibdi.
M enga  faqat  bir  narsa  taskin  beradi.  Shu  isqirt  yuz  bilan 
XXI  asr  darvozasidan  o ‘tadimi,  degan  tashvishim   bor  edi. 
Xayriyat,  u  ja g ‘i  ajralgan  eski  kalishdek  darvozaning  bu 
tom onida  qolib  ketdi.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish