214799
S a i d R h m o d
QORAKO‘Z
MAJNUN
TO SH K EN T
« 0 ‘Z B E K ISTO N »
U O ‘K: 8 2 1 .5 1 2 .1 3 3 -3 r
К В К
8 4 (5 Q ‘)6 -
S-12
и
S o‘zboshi muallifi:
filologiya fanlari doktori, professor
Umarali Normatov
S aid A h m a d
S-12
Q o rak o ‘z m ajnun: hikoyalar/A . Said; so ‘zboshi muallifi
U. Norm atov. - Toshkent: 0 ‘zbekiston, 2013. - 232 b.
U O ‘K: 821.512.133-3
K B K
8 4 (5 0 ‘)6
ISBN 978-9943-01-985-0
© «O 'ZBEK ISTO N » NM IU, 2013.
nomidagi
Alisher Navoiy
£4^
O ’abekision MK
I S T I Q L O L I L H O M L A R I
(So'zboshi o'rnida)
O na yurtim izda istiqlol e ’lon qilinganda atoqli adibimiz
Said A hmad 72 yoshda edi. Keksa boNishiga qaramay, u
hammani lol qoldirib, xuddi yoshlardek yeng shimarib,
g ‘ayrat-shijoat bilan ijodiy ham da ijtim oiy faoliyatini
davom ettirdi. Chin badiiy iste’dod keksalikni tan olmaydi,
degan naqlni adibim iz am alda isbot etayotir. Istiqlol
arafasidagi Shinjon safarini m ustasno etganda Vatanidan
tashqariga chiqm agan adib Hindiston, A m erikaga safarlar
qildi, odatdagidek, ona yurtini kezishda davom etdi, safar
taassurotlari, istiqlol yillaridagi o ‘zgarishlar haqida k o ‘plab
maqolalar, ocherklar yozdi. M ustaqillikning quvonchli
kunlarida ham, g ‘anim lar qutqusi tufayli yurt boshiga
tushgan qayg‘uli dam larda ham ham isha q a t’iyat bilan
bugungi istiqlol fidoyilarining oldingi safida turdi. Oqsoqol
adibning turli anjum anlarda, radio va televideniyedagi
chiqishlarida topib aytgan har bir obrazli dono so‘zi xalq
qalbiga yetib borgani, o g ‘izga tushganiga o ‘zim iz guvoh...
Adib avvalgidek quvnoq, j o ‘shqin hajviyalar, o ‘ychan,
g ‘amgin,
fojeiy,
ayni
paytda,
dilbar
lirik
hikoyalar
yaratishda davom etdi. Birin-ketin «Xandon pista», «Bir
o ‘pichning bahosi»,
«Yo‘qotganlarim va
topganlarim»
kabi kitoblari, yangi saylanm a asarlari chop etildi. Ustozi
A bdulla Qahhordan meros qolgan D o‘rmondagi bog‘ hovlisi
tengdosh qalamkash d o ‘stlari,
son-sanoqsiz shogirdlari
uchun allaqachon o ‘ziga xos «majolis-un nafois» — adabiy,
hayotiy, dilkash m uloqotlar dargohiga aylangan.
A dibning 1979-yildan beri bu dargohda qishin-yozin
tanholikda kechirayotgan hayoti g ‘aroyib jum boqdir. Butun
vujudi, tani joni adabiy iste’dod ziyosi bilan yo‘g ‘rilgan,
faqat adabiyot, ijod uchun tug‘ilgan, botiniy dunyosi o ‘zida
ham fojeiy,
ham quvnoq, hayotbaxsh
hazil-mutoyiba,
xalqona kulgini mujassam etgan, uzoq yillik mashaqqatli
umri davom ida boshiga tushgan o g ‘ir ko‘rgulik asoratlarini,
mislsiz fojialam i, judolik, yolg‘izlik iztiroblarini hazil-kulgi
bilan yengib o ‘tayotgan, keksalik yoshida ham bir daqiqa
o ‘ylashdan, ijodiy m ehnatdan to ‘xtamayotgan bu alom at zot
XX asr o ‘zbek adabiyotida noyob hodisadir. U asrlardan
asrlarga o ‘tib kelayotgan buyuk Nasriddin Afandi timsolining
bizga zam ondosh tirik siymosidir. Yaratgan yetuk asarlari
qahram onlari kabi uning o ‘zi, shaxsiyati, suhbatlari ham
g ‘oyat qiziqarli va ardoqlidir.
Istiqlol yillarida yaratgan asarlari orasida, ayniqsa, xotiralar
kitobi, «Ot bilan suhbat», «Q orako‘z majnun», «Azroil
o ‘tgan y o ‘llarda», shuningdek, lager hayoti xotiralari bilan
bog‘liq turkum hikoyalari alohida ajralib turadi. Ular, dadil
aytish mumkinki, respublika adabiy-madaniy hayotida jiddiy
hodisa bo‘ldi. XX asr yakunida chop etilgan «Yo‘qotganlarim
va topganlarim» kitobi sal burunroq maydonga kelgan
K. Qahhorovaning «Chorak asr ham nafas», H. Qodiriyning
«Abdulla Qodiriyning so‘nggi kunlari», Z. Saidnosirovaning
«Oybegim mening» asarlari bilan birgalikda XX asr o‘zbek
adabiyotining yorqin, o ‘ziga xos jonli lavhalarini tashkil etadi.
Ulami bem alol jahon adabiyotining m ashhur nam oyandalari
haqida bitilgan shu xildagi esse-xotiralar qatoriga q o ‘yish
mumkin. «Yo‘qotganlarim va topganlarim » turidagi kitobni
faqat Said Ahmadgina yozishi mumkin edi. Bu kitob
adabiyotim izning m ash’urn totalitar rejim zam onlarida bosib
o ‘tgan mashaqqatli va ziddiyatli y o ‘li - adiblarim iz qanday
o g ‘ir sharoit, vaziyatlarda yashab ijod etgani, o ‘shanday
zamonlarda ham asl insoniy fazilatlarini saqlab qolgani, noyob
badiiy durdonalar yaratishga erishgani to‘g ‘risida haqqoniy
ta saw u r beradi. Kitob muallifi ulkan allomalami quruq himoya
qilish, ular sha’niga hamd-u sanolar yog‘dirish yoMidan
bormaydi, ulami hayotda qanday bo‘lsa shundayligicha
ko‘rsatadi; shaxsiyatidagi, ijodidagi ojiz, ziddiyatli o ‘rinlami,
ulaming injiqliklarini ham ro‘y-rost aytadi. Kezi kelganda, bu
borada o ‘zini ham ayamaydi. Bu hoi o ‘quvchiga aslo malol
kelmaydi. Aksincha, o ‘sha ulkan siymolarga nisbatan hurmat-
ehtiromimizni oshiradi, ulami to‘g ‘ri tushunishga, asarlaridagi,
shaxsiyatidagi, shaxsiy hayotidagi ojiz, ziddiyatli jihatlar
boisini anglashga undaydi. Aslida, adabiyot ilmining bosh
maqsadi ham shu. Ayni shu fazilati bilan ilmiylikka aslo da’vo
qilmaydigan bu kitob ba’zi «sof» ilmiy tadqiqotlardan ko‘ra
ilmiylikka ko‘proq daxldorroqdir.
Said Ahmad ijodida badiiy adabiyotning azaliy muam-
mosi - avlodlar silsilasi, otalar va bolalar muammosi alohida
o ‘rin tutadi. Yangi o ‘zbek adabiyotining ilk namunasi
«Padarkush», birinchi o ‘zbek romani « 0 ‘tkan kunlar»dan
boshlab, ular izidan borib yaratilgan o ‘nlab asarlar orqali
muayyan an ’anaga aylangan «avlodlar mojarosi» talqini
Said A hmad ijodida o ‘ziga xos tarzda goh kulgili-komik,
goh keskin dramatik, fojeiy yo‘nalishda davom ettirildi.
«K elinlar qo‘zg ‘oloni»dagi ona va o ‘g ‘lonlar, qaynona va
kelinlar, «Kuyov» komediyasidagi ota va qizlar orasidagi
hazil-mutoyibalar, j o ‘shqin va quvnoq, bir oz m ubolag‘ador
xalqona yumor bilan y o ‘g ‘rilgan ziddiyatlar ifodasi XX
asr o ‘zbek oilaviy - maishiy turm ushining betakror bir
ko‘zgudagi aksi sifatida qimmatlidir. «Ufq»dagi ota va
o ‘g ‘il - Ikromjon va Tursunboy, Inoyat oqsoqol va Nizomjon
ziddiyatlari esa bu yirik asam ing fojeiy pafosini tashkil etadi.
Agar avlodlar mojarosi m uallif komediyalarida k o ‘proq
kundalik oilaviy-m aishiy turmush tashvishlari, ikir-chikirlari
doirasida nam oyon b o ‘lsa, «Ufq»da ota va o ‘g ‘il orasidagi
5
insoniy burch, or-nomus axloqiy tusdagi keskin ziddiyatlar
bilan bog‘liq
holda talqin etiladi. A dibning keyingi
hikoyalarida esa ijtimoiy ruh yanada keskin va yorqin bir
tarzda nam oyon boMmoqda. «Q orako‘z majnun», «Sarob»,
«Azroil o ‘tgan y o ‘llarda» hikoyalarida ona va farzand, ota va
o ‘g ‘lonlar o ‘rtasidagi keskin m unosabatlar ildizi asr fojiasi,
mustabid tuzum siyosati, mafkurasi, axloqiy aqidalariga
borib tutashadi; jam iki k o ‘rguliklar, fojialar m ash’um
siyosatning mudhish oqibati tarzida ko‘rsatiladi. E ’tibor
berilsa, «Q orako‘z m ajnun» hikoyasida im on-e’tiqodli,
go‘zal inson, alom at onaxonning bu yorug1 dunyodan ar-
mon, alam -o‘kinchlar bilan vidolashuviga sabab bo‘lgan
oqpadar o ‘g ‘lon milliy-axloqiy qadriyatlarimizni toptashga
qaratilgan mudhish siyosatning ham jirkanch mahsuli, ham
ayanchli qurbonidir.
«Sarob» hikoyasida bu fojeiy g ‘oya yanada keskinroq
va birm uncha oshkora tarzda ifodalanadi. A sardagi fojeiy
v o q e a - o ‘g ‘il bilan ota orasidagi m udhish m unosabatlar
bu yo rug6 dunyoning naq d o 6zaxi ichida - m ustabid tuzum
qurbonlari - m ahbuslar jam b o ‘lgan Jezqozg‘on lagerlaridan
birida o ‘z intihosiga yetadi. M ustabid tuzum ning m illatga
qarshi qaratilgan riyokorona kurash usulini qarangki,
ular
norasida
o 6g ‘londan
zam on
qahram oni - Pavlik
M orozov izdoshi yasab, m illatparvar ziyoli otaga qarshi
kurashga soladilar, ota ustidan kerakli m a ’lum ot y ig 6ishga
erishadilar. Shu tariqa ota xalq dushm aniga chiqib, qam oq-
qa olinadi, uning o 6g ‘loni esa qahram onga aylanib, shon-
shuhratga burkanadi. Taqdiri azalning hukm i, totalitar
rejim o ‘yini oqibatini qarangki, pirovardida «dushm an»
ota, «vatanparvar» o 6g ‘il lagerda yuzm a-yuz keladilar.
K o ‘rguliklar, jabr-zulm lar tufayli ota yurak oldirib q o ‘ygan
b o ‘lsa-da, u im on-e’tiqodiga, vijdoniga gard yuqtirm agan.
C hehrasida o ‘sha sam im iyat, yoqim toylik, donolik. 0 6g ‘lon
esa nogiron, ayanchli, telba bir qiyofada. Lagerda ham
bolalikda orttirgan hunari - sotqinlikni davom ettiradi.
6
U otasini tanim aydi, tan olm aydi... 0 ‘g ‘lini bu holda
k o ‘r i s h - o t a uchun naqadar o g ‘ir! Bundan-da dahshatlisi,
o ‘g ‘il ota k o ‘zi oldida m ing azob bilan ayanchli holda jo n
taslim qiladi, janozasiz, bekafan k o ‘miladi.
Bunday mudhish hodisalar, fojeiy qism atlar haqida
yozish oson emas, albatta. Darvoqe, «Sarob» adibning lager
hayotidan olib yozgan ilk asari. Hikoyadagi roviy-mahbus
rassom yozuvchining o ‘zi. Adibim iz 50-yillar boshlarida
ayni hikoyada tasvir etilgan lagerda b o ig a n , bu hayotni
ichdan biladi. Shunday b o ‘la turib, u nega bu haqda uzoq
yillar yozmadi. Ehtimol, q o ‘rquv saltanati bunga y o ‘l
berm agandir; ehtimol mudhish hodisalar haqida yozish azob-
iztirobi uni cho‘chitgandir. Har ikki taxm inda ham asos bor;
faqat mustaqillik yillaridagina vujudidagi «qo‘rquv saltanati»
chekinib, lager hayotidan dadil so‘z ochishga ju r ’at eta oldi,
o ‘zi uchun qanchalik azob b o ‘lmasin, lager hayotiga oid
xotiralam i, o ‘sha mudhish hodisalami qog‘ozga tushirishga
jazm etdi. «Borsa kelmas darvozasi», «Taqdir, taqdir, muncha
shafqatsizsan?» «Oftob oyim » kabi turkum hikoyalar shu
tariqa maydonga keldi.
H am do‘stlik m am lakatlari xalqlari, birinchi galda rus
adabiyotida lager hayoti to ‘g ‘risida jaho ng a m ashhur
asarlar bor. 0 ‘zim izda ham ayrim yaxshi rom an va qissalar
m avjud. Totalitar rejim hukm ron boTgan m am lakatni
GULAG orollariga, ulkan saraton korpusiga qiyos qilishlar
b o ig a n . Said A hm adning bu m avzudagi hikoyalari mavjud
asarlardan baralla ajralib turadi. Avvalo, ular o ‘zbekona
m illiy ruh bilan y o ‘g ‘rilgan, lager dahshatlari hech
kim nikiga o ‘xsham aydigan Said A hm adchasiga o ‘zbekona
bir nigoh bilan idrok va talqin etilgan. «Borsa kelm as
darvozasi»ga «xalq dushm ani» qizining y ig ia b aytgan
q o ‘sh ig ‘idan satrlar e p ig ra f- bosh so ‘z qilib keltiriladi:
Bu vatan qanday vatandir, har go ‘shasida turmalar,
Q o'ngani bir у er topolmay, osmonda y i g ‘lar turnalar...
7
Vatanning o ‘sha yillardagi manzarasini faqat Said A hm ad
gina shu tarzda o ‘ta milliy, jonli, betakror tarzda ifodalashi
mumkin.
Hikoya yana o ‘sha «xalq dushm ani»ning qizi kuylagan
q o ‘shiqdan olingan m isralar bilan yakunlanadi.
Siz asir bo ‘Igan qafasni tishlarim birlan buzay,
Buzmasam mahshar kuni b a g ‘rimni armon tirnalar.
Bu bayt adibning ushbu turkum hikoyalaridagi boshqa
bir g ‘oyat muhim jihatga ishoradir. Asarlarda qalamga
olingan, biri biridan mudhish, malomatli, g ‘am -g‘ussaga,
musibatlarga to ‘la lavhalar bag‘ridan qandaydir odamga
dalda beradigan umid, uning «boshini toshdan» qiladigan
qudrat, zulmatni yoritadigan sirli-sehrli nur barq urib turadi.
Davr shafqatsizliklari tufayli aksar m ahbuslar beshafqat,
toshbag‘ir kim salarga aylanib ketganlar. Ayni paytda o ‘sha
beshafqat zotlar goho bandayi ojiz - inson bolasi sifatida
o ‘zligiga qaytib, dilkash suhbatlar quradilar, o ‘zaro hazil-
mutoyibalarga kirishadilar, toshga aylangan b ag ‘irlar bir
daqiqa yumshab, tund chehralarda tabassum paydo bo‘ladi.
Yozuvchining
benazir
yumoristik
iste’dodi
musibatlar
maskanida ham kulgi, hazil-m utoyibalar uchun imkon
topadi. Eng muhimi, deyarli har bir hikoyada o ‘zligini,
qalbidagi
im on-e’tiqod, ona yurt, o ‘zgalarga himmat,
muruvvat tuyg‘usini y o ‘qotm agan «boshi toshdan», alomat
matonatli insonlarga duch kelamiz. Jumladan, asarlardagi
hikoyachi - roviy obrazining o ‘zi ana shunday siymodir.
Vatan, burchga cheksiz sadoqat, fidoyilik tuyg‘usi, ay
niqsa, «Oftob oyim» hikoyasida betakror - marsiyadek
mungli, ayni paytda, madhiya kabi m ardona va m ag‘rur
yangraydi. Lagerda d o ‘st tutingan hikoyachi bilan yapon
asiri Dyun orasidagi samimiy muloqotlar, samuray Dyun-
ning Sudze qism atiga oid afsona-rivoyatnam o hikoyasi,
kam ikadze burchini o ‘tay olm agan bu yigitning ruhiy
iztiroblari va halokati o ‘quvchini larzaga soladi. Qarangki,
Sudzening onasi, benazir g o ‘zal ayol geyshalar safiga kirgan
ekan, vatan m anfaatidan kelib chiqib, shu ishni qiladi,
o ‘g iin in g xiyonati tufayli quvonchlardan voz kechib, rohib-
lar libosini kiyib, m onastirga ketadi. Sudze eng quvonchli
kunda, Vatanga qaytish imkoni tug ‘ilgan daqiqalarda burch,
or-nomus tuyg‘usi tufayli o ‘zini halok etadi; xasta samuray
Dyun esa Vatani tuprog‘iga qadam q o ‘yib, qoni shu tuproqqa
to ‘kilganidan taskin topib, jo n beradi...
Bu hikoya faqat o ‘z o ‘quvchilarimizni emas, darhol
o ‘zgalam i, birinchi galda yapon fuqarolari e ’tiborini o ‘ziga
tortdi, u o ‘zga tillarga ham tarjim a etila boshladi. «Yarim
asrdan k o ‘p vaqt m obaynida ko‘ngil qatida yapon asirlari
xotirasini saqlab kelib, ular haqida ajoyib hikoya yozgan
janob Said A hmaddan b ag ‘oyat minnatdorm an», - deb yozadi
Yaponiyaning 0 ‘zbekistondagi Favqulodda va M uxtor elchisi
Kyoko N akayam a «Xalq so ‘zi»da e ’lon qilgan xatida. Elchi
hikoyada insonning tuyg‘ulari va ichki kechinmalari chuqur
hissiyot bilan aks ettirilgani, unda hozirgi kunga kelib
unutilayozgan a n ’analar ham yoritilganligini ta ’kidlaydi.
«Ikkinchi jahon urushi tugagandan buyon yarim asrdan
ko‘p vaqt o ‘tdi, - deyiladi maktubda, - bu urushning xotirasi
bugungi yapon yoshlari orasida asta-sekin unutilib borayotgan
bir paytda, Yaponiyadan olisda b o ‘lgan 0 ‘zbekistonda yapon
asirlarining qismatini eslash meni chuqur ta’sirlantirdi».
Qanday baxt: o ‘zimiznigina emas, o ‘zgalami ham maftun
etgan, hayajonga solgan yangi asr o ‘zbek hikoyasining ilk
yetuk, g o ‘zal namunasini yaratish 81 yoshli ardoqli adibimiz
Said Ahm adga nasib etdi.
U m arali N O R M A T O V
9
Do'stlaringiz bilan baham: |