S A R O B
« O ta q a r g ‘ishi m isoli o ‘q - u o x ira td a em as,
sh u d u n y o n in g o ‘zid a n ish o n g a teg ad i»
(Buxorolik 100 yil yashagan temirchi
Usto Amin boboning о ‘gitlaridan)
B u g u n lagerimizga yangi mahbuslami olib kelishdi.
K o‘rinishidan ulami yangi deb boMmasdi. Egnilaridagi
kiyimlariga, yelka va tizzalaridagi raqamlariga qaraganda,
ko‘p yillardan beri lagerdan lagerga к о‘chib yurgan daydi
mahbuslar ekanini darrov payqash mumkin edi.
Odatda, yangi kelgan m ahbuslarning oyog‘ida yangi
etik, yangi botinka, egnida ohori to ‘kilmagan kostum yo
gim nastorka b o ‘lardi. Lagerimizning blatnoy-zo1 ravonlari
ulam ing egnidagi kiyim lam i k o ‘rishlari bilanoq o ‘zaro
taqsimlab olardilar. Oradan biron hafta o ‘tib, o ‘sha kiyim lam i
blatnoylam ing egnida ko‘rardik.
Bu galgi etapda kelganlar zo ‘ravonlarim izga yoqmadi. Har
biri o ‘n-o‘n besh yillab SSSRning jam iki lagerlarida yashab,
qirriq b o ‘lib ketgan, nainki birovga o ‘z kiyimini beradigan,
aksincha, birovlam ikini qiyqirtirib yechib oladigan, beti
qattiq m ahbuslar edi.
Soldatlar, lager nazoratchilari ulam i bitta-bittalab sanab,
yuvilaverib rangi uniqib ketgan kulrang kurtkalaridagi,
shimlaridagi raqam lam i tekshirib o ‘tkaza boshladilar. Shunda
m ahbuslardan bittasi m enga ju d a tanish tuyuldi. Uning
g ‘amgin va lekin loqayd k o ‘zlari... Qayerda ko‘rganman
uni? Tanish, jud a tanish!
Oldi tikanli sim bilan to ‘silgan barakda yangilam i bir
necha kun karantinda saqlaydilar. H ozircha ulami boshqa
mahbuslarga qo‘shmaydilar. Ovqatni ham paqirda oborib
beradi lar.
10
Bahom ing iliq-issiq kunlari edi. Yangilar yalang‘och
b o ‘lib, barak oldidagi m aydonchada chalqancha yotib,
badanlarini oftobga toblardilar. U lar shimol lagerlarida oylab
oftob ko‘rmay, ranglari siniqqan kishilar edi. Ularni bir-ikki
oygina yoz boMadigan, oftob esa tuman orasidan xuddi doka
orqasiga yoqilgan shamdek xira ko‘rinadigan, bizda bahor
oftobi charaqlab turgan shu kezlarda ham qish bo‘ronlari
uvillab turgan joylardan olib kelishgan. Bu mahbuslar
uchun Jezqozg‘on eng yaxshi kurortlardan ham afzal edi.
Yalang‘och yotganlam ing badanida igna sanchib yozilgan
so ‘zlar, turli sharmsiz suratlar, birida «tuqqan onamni
unutmayman» degan yozuv bo‘lsa, boshqasining ko‘kragida
karta, ayol kishining surati bilan bir shisha aroq tasvirlangan.
Tagida: «M ana shular bizni xarob qildi» degan yozuv bor.
Deyarli k o ‘pchiligining ko‘ksida yalang‘och ayollaming
turli holatdagi suratlari bor edi. Bu manzara qamoqxonadagi
«rassom »lam ing asarlari namoyish qilinayotgan k o ‘rgazmaga
o ‘xshardi.
M enga tanish tuyulgan mahbus esa negadir yechinmay,
kiyim-boshi bilan oftobda yotardi.
Kim u? K o‘zim ga ju d a issiq ko‘rinyapti. Borib o ‘zidan
so ‘rasam m ikan? Buning imkoni y o ‘q. Soqchilar, nazorat-
chilar ularga yaqin yo iatm ay di.
M endan sal narida yoshi yetmishlardan oshgan, umrining
o ‘n besh yildan ortig‘ini lagerda o ‘tkazayotgan Olimjon
dom la ham ularga m a ’yus qarab turibdi.
Domla g ‘alati odam edi. U hech kim bilan sirlashmasdi.
Birovga na dardini aytardi, na quvonchini. K o‘pchilik uni
orqavorotdan «indamas domla» deb atardi. U yaxshilikka
ham, yomonlikka ham birdek loqayd edi. Ammo uning
hozirgi holati boshqacha. Oftobda yalang‘och yotganlarga
qarab ichi yonib, kuyib o ‘rtanib ketayotgani shundoqqina
bilinib turardi. Zimdan unga k o ‘z tashlayman. Uni hech
qachon bunday alpozda k o ‘rmagandim. U yig‘lardi. K o‘z-
laridan oqqan yosh soqollariga tomardi. Domla qimirlamas,
и
har kiprik qoqqanda m ijjalarida to ‘planib qolgan yosh duv
to ‘kilardi.
Nazoratchi kelib sim to ‘siqning beriyog‘ida to ‘planib
qolgan tomoshabin mahbuslarga ketinglar, deb buyurdi.
M ahbuslar nari ketishdi. Domla ham yoshli k o ‘zlarini kaftiga
artib, boshini egganicha ketdi.
Men lagerda rassom edim.
Bir vaqtlar rassomlik
maktabida o ‘qiganim yashash, ishlash qiyin b o ‘lgan bu joy-
larda asqotdi. Vazifam - m ahbuslarning kiyimlariga raqam
yozish, jez konida ishlab qaytgan brigadalam ing qancha
ruda qazib chiqarganini katta-katta plakatlarda aks ettirish va
ulami lageming ko‘rinarli joyiga ilib q o ‘yish edi.
Tushlikdan keyin ustaxonam ga bosh nazoratchi bir qop
kiyim olib keldi-da, shularga to kechki ovqatgacha raqam
yozib, tayyor qilib q o ‘yishimni buyurdi.
Bu yangi kelganlarga beriladigan kiyim lar edi. Shim lam ing
chap tizzasidan yuqorisi, kurtkalam ing yelkasidan pasti sovun
qutisicha keladigan joyidan qaychida qiyib olingan. Ustidan
oq latta taqib qo‘yilgan edi. A gar mahbus raqam yozilgan
lattani olib tashlab qochib ketsa, qidiruvchilar kiyimidagi
qiyib olingan joydan biladilar. Shu lattalarga mahbuslarning
raqamini yozishim kerak. Raqam oftobda ham, qor yom g‘irda
ham o ‘chm aydigan qora lok bilan («Kuzbas lok» bilan)
yoziladi. Lok sovuqda toshdek qotib qoladi. Novvoyxonadan
toshko‘mir cho‘g ‘ini kurakchada olib kelib, lok solingan
bankani uning ustiga qo‘ydim. Lok erigandan keyin boya
nazoratchi berib ketgan ro ‘yxatga qarab, raqam lam i yozishga
kirishdim. Raqam yoniga mahbusning ism-familiyasi qayd
etib q o ‘yilgan edi. 0 ‘n yettinchi kurtkaga raqam yozmoqchi
bo‘lib ro ‘yxatga qaradim-u, hayratdan yoqamni ushladim.
«ЕЕ3781» raqami yoniga «Kimsanboy Yolqinov» deb yozib
qo‘yilgan edi. Ertalabdan beri xayolimdan ketm ayotgan «kim
u?» degan jum boq yechilgan edi.
Olisda qolgan, beozor, sho‘x, yerga ursa osm onga sak-
raydigan tizginsiz bolaligim, tezroq katta b o ‘lib, aziz va
12
jonajon Vatanga xizmat qilish, «xalqlar dohiysi, ulug‘ va
m ehribon otam iz Stalinga sodiq b o ‘lish» orzusi yurak-
yuraklarim izda j o ‘sh urgan qaynoq yoshligimiz k o ‘z o ‘n-
gim dan chaqm oqdek bir yalt etib o ‘tdi.
Kimsanboy! U bizning bolalardan chiqqan qahramonimiz
edi. 0 ‘ttizinchi yillarda uning surati gazetalardan tushmasdi.
M aktablarda, pioner uylarida, istirohat bogMarida, yoshlar
lagerlarida odam b o ‘yi qilib chizilgan suratlari bir qarashda
ko‘zga tashlanadigan joylarga ilib qo‘yilardi. Va surat tagiga:
«Pioner! Qahram on Kimsanboy O lim jonovga salyut berib
o ‘tishni unutma!» deb yozib q o ‘yilardi. Butun 0 ‘zbekiston
bolalari undan ibrat olishga, u ado etgan vatanparvarlik
jasoratini takrorlashga qasamyod qilishardi.
Uning otasi Olimjon Rahmonov rayon m aorif b o ‘-
limining mudiri edi. Tarix bilimdoni b o ‘lgan bu odamni
rayondagi jam i tarix o ‘qituvchilari ustoz deb atardilar.
Hatto uyiga ham kelib, undan Turkiston tarixi b o ‘yicha
bilmaganlarini so ‘rab bilib olardilar. U ning uyida kitob ko‘p
edi. A lohida bitta uydagi tokchalarga jud a noyob kitoblar
terib qo‘yilgan edi. Domla bu kitoblam i birovlarga bermasdi.
Zarur bo‘lsa, shu yerga kelib o ‘qishgagina ruxsat berardi.
A m ir Temur, Mirzo Bobur, Narshaxiy, Forobiy, Sharafiddin
Ali Yazdiy, Najm iddin Kubro, Al-Beruniy, Xoja Ahror,
Ahmad Yassaviy kabi allom alam ing o ‘tgan asrlarda xattotlar
tom onidan k o ‘chirilgan noyob qo lyozmalarini Domla ko‘z
qorachig‘idek asrardi. Kechalari yettinchi lampa yorug1 ida
tong otguncha m utolaa qilardi.
K o‘pincha, Domlaning uyiga keksa ziyolilar to ‘planib,
tarixda
o ‘tgan
o ‘zbek
mutafakkirlari
to ‘g ‘risida
suh
batlar qilishardi. Yig‘ilganlar Olim jon domlaning bili-
miga, bilag‘onligiga qoyil qolardilar. Suhbat o ‘z-o‘zi-
dan ota-bobolari Shahrisabz barloslaridan b o ig a n buyuk
shoir Mirzo Abdulqodir Bedilga borib taqalardi. Bedil-
xonlik
boshlanardi,
ko‘plashib
Bedilning
sir-u
sehr-
ga
to ‘la
g'azallarining
m ag‘zini
chaqishga
kirishib
ketardilar. Albatta, Olim domlaning talqinlari hammani
13
lol qoldirardi. 0 ‘shanday suhbatlam ing birida gap aylanib
Fuzuliyning bitta g ‘azaliga borib taqaldi. M ehmonlardan
birovi Fuzuliy ham o ‘zbeklar orasida N avoiy darajasida
m ashhur ekanini, uning k o ‘p g ‘azallari o ‘zbek hofizlari
tom onidan q o ‘shiq qilib aytilishini gapirib qoldi.
- Domla, Fuzuliyning bir g ‘azali bor, m ag‘zini sira
chaqolmadim. K o‘p bilimdonlardan so ‘raganim da tayinli bir
javob bermadilar. Shu to ‘g ‘rida sizning fikringizni bilmoqchi
edim.
Olimjon domla narigi xonadan Fuzuliyning devonini olib
chiqdi. K o ‘zoynak taqib, d o ‘stining tishi o ‘tmagan o ‘sha
g ‘azalni topdi. Chiroqqa solib, ikki-uch m arta o ‘qidi.
- X o‘sh, qaysi joyiga tushunmadingiz? - deb so‘radi
d o ‘stidan.
- Fuzuliy shunday deb yozadi: « G ‘amlarim shuncha k o ‘p-
ki, tuyaning ustiga ortsam, zindonga tashlangan kofirlar ozod
bo‘ladi». X o‘sh, nim a uchun ozod b o ‘ladi? Tushunmadim.
Domla o ‘ylanib qoldi. Darhaqiqat, tuyaning ustiga g ‘am
yukini ortsa, nega kofirlar ozod b o ‘ladi? Domla ko‘p o ‘yladi.
Keyin boshini ko‘tarib, m ehmonlarga qaradi.
- Gap bundoq. Bu sim ing m a’nisiga yetish uchun
Fuzuliy yashagan davrga murojaat qilish kerak. 0 ‘sha
davrdagi rivoyatlam i, maqol-u m atallam i, hatto qo‘shiqlami
ham bilmoq kerak. Bir rivoyatda odam lar Allohdan, ey tang-
rim, zindonda yotgan kofirlar qachon ozod qilinadi, deb
so‘rabdilar. Alloh, tuya ignaning teshigidan o ‘tgandagina
kofirlar ozod qilinadi, deb javob qilgan ekan. Fuzuliy ana
shu rivoyatni g ‘azaliga asos qilib olgan. Ya’ni: «M ening
g ‘amlarim shunchalik k o ‘pki, tuyaning ustiga ortsam,
ko‘tarolmay, ozib ipdek b o ‘lib qoladi». Ipdek ozib qolgan
tuya ignaning teshigidan bemalol o ‘tishi mumkin. Demak,
kofirlar zindondan ozod qilinadi.
Domlaning bu qadar bilim donligiga qoyil qolishdi,
tahsinlar o ‘qishdi.
Domlaning b o ‘yiga yetib qolgan egizak qizlari bor edi.
Shu egizaklardan keyin ko‘rgan bolalari turmadi. Bir yoshga
14
to ‘la r-to im a s vafot etaverdilar. U har gal oy-kuni yaqin
qolgan xotinining do‘ppayib qolgan qom iga qarab: «Kimsan,
o ‘g ‘ilmisan, qizm isan?» deb kulardi. «A gar qiz b o ‘lsang
otingni K imsanoy qo‘yaman, o ‘g ‘il b o ‘lsang, Kimsanboy
qo‘yam an», derdi shirin bir entikib. Xayriyat, o ‘g ‘il tug ‘ildi.
Oti Kimsanboy b o id i. Shu bola o ‘n ikki yoshga kirdi.
Beshinchi sinfda o ‘qiydi. Domla kitob titish bilan ovora. Tong
otguncha o ‘tirib, nim alam idir yozadi. Yozgan maqolalari
«M aorif va o ‘qituvchi», «M adaniy inqilob» gazetalarida bot-
bot bosilib turadi.
Kim sanboy m aktabda faol pionerlardan. U Lenin va
Stalin to ‘g ‘risida yozilgan she’rlam i ajib bir m ahorat bilan
deklam atsiya qiladi. Uni tuman, hatto viloyat miqyosida
o ‘tadigan tantanali yig‘inlarga, slyotlarga, o ‘qituvchilam ing
konferensiyalariga chaqirib, she’rlar o ‘qitishadi. Olimjon
dom la unga: «Bolam, bunaqa havoyi ishlarga jud a ham
berilib ketma, yo artist b o ‘lmoqchimisan? Yaxshisi, darsing-
ni tayyorla. Jam oat ishlari darsdan keyin b o ‘lsin», deb nasihat
qilardi. Bir xonada domla qalam qitirlatadi, Kimsanboy
boshqa xonada har xil harakatlar qilib, baland ovoz bilan
she’r deklam atsiya qiladi.
Bir kuni maktab direktori uni dars paytida idoraga
chaqirtirdi.
D irektom ing kabinetida notanish odam o ‘tirardi.
- Bu o ‘rtoq sen bilan gaplashgani kelganlar. Sizlami xoli
qoldiram an, gaplashib olinglar, - deb, direktor chiqib ketdi.
N otanish odam gapni nim adan boshlashni bilmay, birpas
unga tikilib o ‘tirdi. Keyin portfelidan gazeta olib, uning
oldiga q o ‘ydi. Bu M oskvada chiqadigan «Pionerskaya
pravda» gazetasi edi.
- Ikkinchi sahifadagi maqolani yaxshilab o ‘qib ch iq ,-
dedi u, - suratga ham yaxshilab qara. Qahramon pioner
Pavlik M orozov shu b o ‘ladi.
K imsanboy o ‘rischani durust bilmasdi.
15
- Pavlik Morozovni xalq dushmanlari vahshiylarcha
oNdirishgan. U vatanga sodiq, Lenin va Stalin ishiga
hayotini bag‘ishlagan zamondoshimiz. Uning otasi xalq
dushmani, Sho‘ro tuzumini ag ‘darib tashlashni niyat qilgan.
Pavlik o ‘sha dushmanning sirini fosh etadi. H ozir Sho‘rolar
jum huriyatining hamma joyida M orozovchilik harakati
boshlanib ketdi. Yosh vatanparvarlar ichki dushm anlam i fosh
qilish uchun qasamyod qilmoqdalar. Sen ham shu harakatga
q o ‘shilishing kerak. Bu sening muqaddas burching. Biz
aytgan ishlami bajarsang, seni Butunittifoq pionerlarining
«Artek» nomli lageriga yuboramiz. Faol pionerlam ing
M oskvada bo‘ladigan slyotida ham qatnashasan. 0 ‘sha yerda
buyuk ustozimiz, dohiym iz Stalinni ko‘rasan.
Kimsanboyning
ko‘zlari
yashnab
ketdi.
«Muqaddas
poytaxtimiz ulug‘ Moskvani, tirik dohiyni ko‘rish, Qora dengiz
sohilidagi jahon bolalari dam oladigan lagerda shohsupaga
ko‘tarilib she’r o‘qib bersa bormi!..» Kimsanboy shoshib qoldi.
- Men nim a ish qilishim kerak?
- Avvalo, o ‘rtam izda b o ‘lib o ‘tgan bu suhbatni birovga
aytm aslikka so ‘z berasan. Bundan keyingi suhbatlarimizni
ham sir saqlaysan. - U shunday deya turib, portfelidan
bir varaq qog‘oz olib, unga uzatdi. - Bunga imzo chekib ber.
Avval o ‘qi, keyin imzo chek.
Q og‘ozga shundoq so ‘zlar yozilgan edi:
«TILXAT. M enkim, Kimsanboy Olim jon o ‘g ‘li GPU
xodim i M .M ansurov bilan b o ‘lgan suhbatimizni birovga
aytmayman. Otam Olimjon Rahm onovning xatti-harakatlarini
kuzatishga so ‘z beraman. Uyga keladigan m ehm onlar bilan
nim alar to ‘g ‘risida gaplashilganini yozib beraman. Agar
bo‘lib o ‘tgan gaplam i, otam haqida to ‘plangan m a ’lum otlami
birovga aytsam, jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘-
yicha jazolanam an».
- 0 ‘qib b o ‘ldingmi? Endi imzo chek!
K imsanboy o ‘ylab o ‘tirmay, tilxat ostiga imzo chekdi.
16
- Tilingga ehtiyot bo‘l. Otang haqida yozib qo‘ygan
xatlami har haftaning dushanda kunlari o ‘zim kelib, shu
yerdan olib ketaman. Agar birovga aytsang, yo otangga
bildirsang,
xuddi
Pavlik
Morozovdek
halok
bo‘lasan.
Yanagi kelishimda, agar aytganlarimni uddalasang, viloyat pio-
nerlar tashkiloti seni qo‘l soati bilan mukofotlaydi, bildingmi?
GPU xodimi M ansurov har dushanba kuni maktabga
kelar, Kimsanboy yozib q o ‘ygan m a’lum otlam i o ‘qib
k o ‘rgach, boshqatdan yozdirardi.
- Kerakli gaplami yozish kerak. Faktlarga siyosiy tus
berishni o ‘rgan! Bobokalon dohiymiz Karl Marks: « D in -x a lq
uchun afyundir», degan. Uyimizga kelgan mehmonlar Ahmad
Yassaviy degan reaksion dindor shoirni ko‘klarga ko‘tarib
maqtashdi. Xalqni asoratga soluvchi she’rlarini o ‘qishdi, deb
yozish kerak. Alisher Navoiy «Hamsa»ni «Chor devon»ni
yozganda Pushkinning habash bobosi 0 ‘rta Yer dengizining
janubiy qirg‘oqlarida chig‘anoq terib yurardi. Mirzo Ulug‘bek
Samarqandda Rasadxona barpo etgan paytlarda, obrislar
xaxollaming malayi edi, chipta kovush kiyib yurishardi, degan
gaplami aytishdi deb yozgin!
- Bunaqa gaplam i endi sizdan eshitib turibman... Qandoq
qilib yolg‘onni yozaman?!
Birdan M ansurovning jah li chiqib ketdi.
- Yozavermaysanmi,
tirrancha!
Aytmagan
bo‘lishsa,
endi aytishadi! Xalq dushmanlari ham m a gaplam i birdan
aytib qo‘ya qolishmaydi. U lar nihoyatda pixini yorgan,
niqoblangan yovlarimiz.
Kim sanboy bir hafta m obaynida jonini jabborga berib
to ’plangan m a ’lum otlami qaytadan, M ansurov aytgandek
qilib yozdi. Tagiga imzo chekdi.
- Ha, balli! M ana shunaqa qilib yozish kerak. M enga qara,
viloyat pioner tashkiloti seni qo 4 soati bilan mukofotladi.
M a taqib ol! Eh-he, seni hali qancha m ukofotlar kutyapti!
GPUning primer tashkiloti nomidan bergan soatini
M ansurov Kim sanboyning bilagiga taqib q o ‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |