TMC INSTITUTI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA YO’NALISHI TALABASI ISROYILOVA MALIKANING TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Toshkent 2023
Sharq mutafakkirlari va G’arb pedagoglari o’qituvchilik kasbi haqida pedagogik qarashlari
Reja:
Abdulla Avloniyniung yosh avlodga tarbiya berish haqidagi qarashlari
Yan Amos Komenskiyning maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlantirishiga
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy til va nutqqa oid qarashlari.
Har bir mamlakatning taraqqiyoti,
istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi – bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq
hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi.Ta’lim va tarbiya muammosi juda qadimdan mavjud. U o‘rta asrlardagi g‘arb va sharq mutafakkirlarining asarlarida ko‘rib chiqilgan. O‘sha davrlarning buyuk mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib,
Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy va boshqalar feodal zulm va mutaasib ruhoniylarning qattiq qarshiligiga qaramasdan jahon fani, madaniyati, maorifiga beqiyos hissa qo‘shdilar.
O‘tgan davrlarda mehnatkashlaring o‘z munosabatlarini uning yoshlarga tarbiyaviy ta’sirini yanada kuchaytirish maqsadida yo‘lga qo‘yish borasidagi tajribalarini nafaqat xalq pedagogikasining
qator shakllari, usullarini qayta tiklash uchun, balki shaxsni shakllantirishni boshqaruvchi obyektiv umumiy ijtimoiy qonunlar, xalq turmush tar- zini tushunish uchun ham o‘rganish lozim.
Sharqning qomusiy mutafakkiri Abu Nasr Forobiy (873–950) insonni har tomonlama takomillashtirish, ularni umumiy baxt- saodatga yetaklash yo‘llari va usullarini o‘zining ijtimoiy-siyosiy ta’limoti markaziga qo‘yadi, bu esa uning dunyoqarashlarning umuminsoniy asosga egaligidan dalolat beradi. Aynan shunday maqsadlar Forobiyning shaxsni tarbiyalash va ta’lim berish, uni takomillashtirish hamda uning ijtimoiy muammolarni hal etishdagi faol roliga nisbatan dunyoqarashlarining bosh mazmunini tashkil etadi.Uning fikriga ko‘ra, ta’lim
va tarbiya oilada, o‘qituvchi yordamida maktabda va yaxshilikka asoslangan jamiyatda uning rahbari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Forobiy fikriga ko‘ra ta‘lim – bu nafaqat aqliy rivojlanish, balki umuman ma’naviy rivojlanish, shu jumladan axloqan rivojlanish poydevoridir. Ta’lim va tarbiya o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lib, ular shaxsni ma’nan kamolotga yetkazuvchi turli yo‘llar hisoblanadi.
Forobiy ijtimoiy tarbiyani tartibga solish, uni boshqarish masa- lalariga alohida e’tibor bergan. U mehnat faoliyati tarbiyaning
muhim vositasi hisoblanadi, degan xulosaga keladi.