“Tálim sistemasında elektron tálim ortalıǵında islewdegi mashqalalar hám sheshimler”


“Tálim sistemasında elektron tálim ortalıǵında



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/303
Sana14.06.2022
Hajmi3 Mb.
#667762
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   303
Bog'liq
KONFERENCIYA 18.11.2021 рюда

“Tálim sistemasında elektron tálim ortalıǵında 
islewdegi mashqalalar hám sheshimler”
O‘SPIRIN YOSHDAGILARNING FIZIOLOGIK HOLATI 
 
Patullaeva A.S.- O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali 
assistent o’qituvchisi 
Ernazarova G.M.- O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali 
assistent o’qituvchisi 
Shaniyazov R.J.- O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali 
katta o’qituvchisi 
Shaniyazova Z.P.- QQRXTXQT va MO Xududiy Markazi docenti
 
Xalq sog’ligi jamiyat rivojlanishining asosiy ko’rsatkichidir. Bugungi kunda ta’lim, tarbiya 
va tibbiyot xodimlarining o’z oldilariga qo’ygan maqsadlari, bu insonlarda salomat bo’lish va 
sog’lom turmush tarziga amal qilish ko’nikmalarini hosil qilishdir. Sog’lom turmush tarzini 
shakllantirishda quyidagi asosiy yo’nalishlarga e’tibor berish zarur. Atab otsak:
-
Atrof muhit va salomatlik;
-
Tibbiy ko’rikning ahamiyati; 
-
To’g’ri ovqatlanish; 
-
Jismoniy faollik va chiniqish; 
-
Shahsiy gigiyena; 
-
Kun tartibiga rioya qilish; 
-
Zararli odatlardan voz kechish; 
-
Psixogigiyena psixoprofilaktika; 
Shuningdek, harakat - bizning badanimizdani shakllantiradi. Jismoniy tarbiya intizom, iroda, 
uyushqoqlik, mehnatsevarlik, yuksak amaliy e’tiqod va boshqa ijtimoiy ahamiyatga moyilik 
qimmatli fazilatlarni shakllantiradi. Organizmning biologik imkoniyatlarini oshiradi. 
Odamzotning sog’ligi ko’p jihatdan avvalombor uning o’ziga bog’liq. Buning uchun u o’z 
hayotini oqilona yo’lga qo’yishi, har qanday kasalliklardan azoblanishini oldini olish uchun 
sog’lom turmush va turmush madaniyatini talablariga amal qilib yashashi lozim. 
Salomatlik - nafaqat kasallik yoki jismoniy nuqsonlarning yo’qligi, balki to’liq jismoniy, 
ruhiy, ijtimoiy hotirjamlik holatidir. (JSST,1958 yil).
Bolalar va o‘spirin yoshdagi sportchi sifatida mukammallashtirishning xarakterli o‘ziga 
xosligi shundan iboratki, ularda harakat va vegetativ funksiyalarning rivojlanishi, 
ishchanlik qobiliyatining oshishi, organizmning o‘sishi va shakllanishi jarayonlari hali 
tugallanmagan fonda sodir bo‘ladi. SHuning uchun, yosh sportchi tayyorgarligini juda 
tezlashtirish, tor doiradagi jismoniy mashqlarni qo‘llash, trenirovka yuklamalarini erta va 
o‘ta kuchaytirib yuborish alohida xavf tug‘diradi. 
Sport trenirovkasi jismoniy ishchanlikni o‘sishiga yordam beradi. Yosh sportchilar, 
sport bilan shug‘ullanmaydiganlarga nisbatan, katta ishchanlikni ko‘rsatadilar. Bunda, yosh 
sportchilar qanchalik katta bo‘lsalar, sport bilan shug‘ullanish stajlari qanchalik katta bo‘lsa, 
ular bilan sport bilan shug‘ullanmaganlarning o‘rtasidagi farqlar shunchalik katta bo‘ladi. 
Veloergometrdagi mashqlar paytida, 8—9 yoshdagi sportchilar 3874 kgm ga teng, o‘sha 
yoshdagi sport bilan shug‘ullanmaganlar esa — 3684 kgm ga teng ishni bajarganligi 
aniqlangan. Qizlar (sport bilan shug‘ullanganlari ham shug‘ullanmaganlari ham), o‘g‘il 
bolalarga nisbatan kam ishchanlikni ko‘rsatganlar. Bunda, yosh sportchi qizlar va mashq 
qilmagan qizlar o‘rtasidagi ishchanlikdagi farqlar katta darajada ifodalangan. 
Ishchanlikning ortishi va yosh kattalashgan sari chidamlilikka qaratilgan mashqlarga 
adaptatsiya bo‘lishning yaxshilanishi, aerob ish unumdorligining o‘sishi va xususan, MKI ga 


Qaraqalpaqstan 
Respublikası xalıq bılımlendiriw xızmetkerlerin 
qayta tayarlaw hám olardıń qánigeligin arttırıw aymaqlıq orayı
109 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish