4. Vektorlar ustida chiziqli amallar.
Vektor tushunchasi. 1-ta’rif. Aniq yo’nalishga ega bo’lgan chekli kesmaga vektor deyiladi.
A nuqtani vektorning boshi, V nuqtani esa vektorning oxiri yoki uchi deyiladi. Odatda vektor yoki ko’rinishda yoziladi. Kesmaning uzunligi vektorning modulini ya’ni son qiymatini ifodalaydi va | | yoki | | ko’rinishda yoziladi. Vektor degan so’z asli lotincha bo’lib, ko’chiruvchi, siljituvchi yoki tortuvchi degan ma’noni bildiradi.
2-ta’rif. Agar vektorlar bitta to’g’ri chiziqda yoki parallel to’g’ri chiziqlarda yotsa, bunday vektorlarga kollinear vektorlar deyiladi
3-ta’rif. Bitta tekislikda yoki parallel tekisliklarda yotuvchi vektorlarga komplanar vektorlar deyiladi.
4-ta’rif. Har qanday va vektorlarning
1 ) modullari teng bo’lsa;
2) kollinear bo’lsa;
3) yo’nalishlari bir xil bo’lsa , u xolda = deyiladi.
5-ta’rif. Uzunliklari teng bo’lib, yo’nalishlari qarama-qarshi bo’lgan vektorlarga qarama-qarshi vektorlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |