Narxning pasayishi. ATX konstruksiyasida bitta yagona ta’minot razyomi ishlatiladi. Diskli jamlagichlarning ichki kabellarini qisqartirish mumkin. Buning hammasi sezilarli darajada nafaqat tizimli plataning, balki g‘ilof va elektr ta’minotining ham narxini pasaytiradi.
ATX tizimining qopqog‘i yechilgan holda stol ustida turgan ko‘rinishi keltirilgan. Amalda tizimli plata diskyurituvchilarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan bo‘laklar bilan to‘silib qolmaydi. Bu o‘z o‘rnida tizimning turli xil komponentlaridan va shina razyoml aridan erkin foydalanishni ta’minlaydi. Kengaytirish razyomlari nisbat an kalta tarafi bilan parallel joylashgan bo‘lib, protsessor, xotira razyomlarining qismiga va kiritish-chiqarish razyomlariga halaqit bermaydi.
Mini-ATX sxemasi ham xuddi shunday g‘ilofga joylashtiriladi: – ATX platasi 305×244 mm (12×9,6 dyuym) o‘lchovlarga ega; – mini – ATX platasi – 284×208 mm (11,2×8,2 dyuym).
Do'stlaringiz bilan baham: |