Flex-ATX standarti. Flex-ATX standarti ATX oilasining eng kichik tizimli platasini belgilaydi. Bu plataning o‘lchami 229×191 mm (9,0×7,5 dyuym). Ko‘pchilik flex-ATX tizimlarida kichik standartli SFX/TFX ta’minot bloklaridan foydalaniladi. ATX oilasiga mansub bo‘lgan platalarning tipik o‘lchamlari 2.1-jadvalda keltirilgan.
ATX oilasidagi platalarning tipik o‘lchamlari
Standart
|
Maksimal kengligi, mm
(dyuym)
|
Maksimal
chuqurligi,
mm (dyuym)
|
Maksimal maydoni, sm2
(kv. dyuym)
|
O‘lchamlarini taqqoslash
|
ATX
|
305 (12,0)
|
244 (9,6)
|
743 (115)
|
|
Mini-ATX
|
284 (11,2)
|
208 (8,2)
|
593 (92)
|
20% ga kichik
|
Micro-ATX
|
244 (9,6)
|
244 (9,6)
|
595 (92)
|
20% ga kichik
|
Flex-ATX
|
229 (9,0)
|
191 (7,5)
|
435 (68)
|
41% ga kichik
|
ITX va mini-ITX standarti. Mini-ITX standarti VIA kompa niyasi tomonidan kam energiya iste’mol qiladigan E seriyali Eden va C3 protsessorlari uchun maxsus ishlab chiqarilgan. C3 protsessorlarining tezligi boshlang‘ich pog‘onadagi Celeron 4 yoki AMD Durondan kichik, shuning uchun mini-ITX standarti asosan nostandart qo‘llash uchun mo‘ljallangan, misol qilib maxsus hisoblash qurilmalarini keltirish mumkin. ITX va mini-ITX standartilari bilan flex-ATX standartining o‘lchamlarini qiyoslash 2.2-jadvalda keltirilgan.
Standart
|
Maksimal kengligi, mm
(dyuym)
|
Maksimal
chuqurligi,
mm (dyuym)
|
Maksimal maydoni, mm2
(kv. dyuym)
|
O‘lchamlarini taqqoslash
|
Flex-ATX
|
229 (9,0)
|
191 (7,5)
|
435 (68)
|
|
ITX
|
215 (8,5)
|
191 (7,5)
|
411 (64)
|
6% ga kichik
|
Mini-ITX
|
170 (6,7)
|
170 (6,7)
|
290 (45)
|
34% ga kichik
|
Texnik tavsiflariga ko‘ra ITX va mini-ITX platalari flex-ATX spetsifikatsiyasiga mos keladi.
NLX standarti. NLX – bu LPX konstruksiyasining yaxshilan gan, to‘liq standartlashtirilgan turi. NLX tizimli plataning kon struksiyasi Slot 1 razyomiga o‘rnatilgan juftlangan Pentium III protsessorini joylashtirish imkonini beradi.
N LX standartining asosiy xususiyatlari.
Juda tez o‘zgaradigan pro-
tsessor texnologiyalariga nisba tan moslashuvchan.
Boshqa yangi texnologiyal arni quvvatlashi: AGP (Accel erated Graphics Port), USB (Universal
Serial Bus), RIMM va DIMM . NLX standartining tizimli xotira modullari texnologiyasi. platasi.
Xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning osonligi hamda tezligi.
WTX standarti. WTX tizim platalari va tizimlarining standarti o‘rtacha darajadagi ishchi stansiyalar uchun ishlab chiqarilgan. 1.0 versiyaning WTX standarti 1998-yilning sentabr oyida ishlab chiqarilgan bo‘lib, 1999-yil fevral oyida uning keyingi versiyasi (1.1) paydo bo‘ldi.
Taqdim qilingan WTX standartli tizimlarning ayrimlari server sifatida ishlab chiqarilgan edi. WTX tizimi ko‘rsatilgan. Ti zimning ichki kompon entlariga erkin kira olish, harakatga keltirish mum kin bo‘lgan yig‘ma modullarning va yon panell arini ochish imkoni ning borligi hisobiga ta’minlanadi.WTX tizimli plataning ko‘rsatkichlari: maksimal kengligi 14 dyuymg acha (356 mm), maksimal uzun- ligi 16,75 dyuym (425 mm). Plataning minimal o‘lchamlari cheg aralanmaganligi sababl i plata o‘lchamini yig‘ish mezonlariga mos ravishda kichraytirish mumkin.
Tizimli plataning tar kibiy qismi. Zamonaviy tizim platalarga protsessor uchun razyom qismi, raz yomlar va mikrosxemalar kabi
Yig‘ilgan tizim Bloklari ajratilgan tizim
WTX g‘ilofi.
komponentlar joylatirilgan. Eng zamonaviy tizimli platalar quyidagi komponentlardan tashkil topgan:
protsessor uchun razyom qismi;
tizimli mantiqiy mikrosxemalar to‘plami (North/South Bridge yoki Hub komponentlari);
Super I/O mikrosxemasi;
Kiritish/chiqarishning tayanch tizimi (ROM BIOS/Flash BIOS);
SIMM/DIMM/RIMM xotira modulining razyom qismi;
ISA/PCI/AGP shina razyomlari;
markaziy protsessor uchun kuchlanish o‘zgartirgichi; – manba.
Ba’zi bir tizimli platalar o‘z tarkibiga plata ichida joylashtirilgan (integratsiyalashgan) audio- va videoadapterlarni, tarmoq va SCSIinterfeysni, AMR (Audio Modem Riser) va CNR (Communications and Networking Riser) razyomlarni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |