3-bob. Bosh vazir o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi
10. Bosh vazir o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun
quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun
zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy
ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan
tartibda so‘rash va olish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi
organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Bosh
vaziri topshiriqlari bo‘yicha — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va
boshqa tashkilotlarning kompleks yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha
o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar
rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab
chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi
guruhlar tuzish;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni
qaytarish.
Bosh vazir o‘rinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta
ishlab chiqish bo‘yicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda
bajarilishi shart.
Bosh vazir o‘rinbosarining o‘zi boshqaradigan masalalar bo‘yicha vazirliklar, davlat
qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga
beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
11. Bosh vazir o‘rinbosari:
zimmasiga yuklangan vazifalarning tegishli darajada va sifatli bajarilishi;
o‘zi rahbarlik qiladigan Kompleksdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi,
Kompleks yuritadigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar
loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari
loyihalarini respublika manfaatlari, iqtisodiy samaradorlik nazarda tutilib va ulardagi
masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda puxta ekspertizadan o‘tkazilishi
yuzasidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar
Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar
va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari kompleksi tarkibiga kiradigan davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini
ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi
mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining,
Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda
barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-
apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini
mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq
ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |