2-bob. Yig‘ma departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Yig‘ma departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) makroiqtisodiy rivojlantirish, bank va moliya tizimlarini isloh qilish sohasida:
iqtisodiy, tarkibiy, institutsional va ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli
va kompleks o‘rganishni tashkil etish, markaziy iqtisodiy organlar, davlat va xo‘jalik
boshqaruvining boshqa organlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil
departamentlarining axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish asosida mamlakatni
makroiqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollarini tahlil qilish;
makroiqtisodiy mutanosiblik, iqtisodiyotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini,
mamlakat aholisining bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirishning strategik
vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirish
bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari
budjetlarining loyihalari, shuningdek soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab
chiqish jarayonlarini muvofiqlashtirish, budjetnoma loyihasining ko‘rib chiqilishi va
tasdiqlanishini ta’minlash hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga
taqdim etish;
tegishli davrlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli
jamg‘armalari budjetlarining ijro etilishi to‘g‘risidagi hisobotlar ko‘rib chiqilishini, shuningdek
ularning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga tasdiqlash uchun
taqdim etilishini ta’minlash;
o‘zaro hisob-kitoblar holatini tizimli tahlil qilishni tashkil etish, budjet va davlat
maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar intizomini mustahkamlash, hisob-kitoblar mexanizmini
takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida debitorlik hamda kreditorlik
qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
pul massasi dinamikasi va tuzilmasining tizimli monitoringini olib borish, pul
muomalasi holatini tahlil qilish, budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida
tushishini ta’minlash, budjet va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi qarzdorlikni
kamaytirish va qarzdorlik hosil bo‘lishining oldini olish hamda ularning kassa ijrosini
ta’minlash;
bank tizimi va moliyaviy infratuzilmani yanada isloh, umumiy qabul qilingan xalqaro
normalar, standartlar va baholash ko‘rsatkichlariga muvofiq ularning barqarorligini oshirish
va yanada yuqori darajaga chiqishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish
ishlarini muvofiqlashtirish;
ko‘rsatilayotgan bank-moliya xizmatlari ko‘lami, uning infratuzilmasini kengaytirish,
aholi va xorijiy investorlarning bank-moliya tizimiga ishonchini yanada mustahkamlash, tijorat
banklari va umuman, moliya-bank tizimining faoliyatini yetakchi xalqaro reyting tashkilotlari
tomonidan qo‘llaniladigan xalqaro normalar, mezonlar va standartlarga asoslangan baholash
hamda tahlil qilishning zamonaviy tizimini joriy etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ishlab
chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
sug‘urta bozorini yanada takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlarining
hajmi va ko‘lamini kengaytirish hamda sifatini oshirishga qaratilgan dasturiy chora-tadbirlar
amalga oshirilishini kompleks tahlil qilish, ularni ishlab chiqish va monitoringini olib borish
ishlarini muvofiqlashtirish;
zamonaviy talablarga hamda umumiy qabul qilingan xalqaro normalar va
standartlarga muvofiq bank tizimi va moliyaviy infratuzilmaning normativ-huquqiy bazasini
yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
boshqa tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari
tomonidan tayyorlanadigan muhim iqtisodiy, ijtimoiy muammolar, institutsional va tarkibiy
islohotlar bo‘yicha maqsadli dasturlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston
Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalarining respublikaning strategik manfaatlari va
maqsadlariga muvofiqligini, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga, iqtisodiyot tarmoqlarining
barqaror rivojlanishiga ta’sirini ekspert baholash;
makroiqtisodiy holat va iqtisodiyotdagi sifatli tarkibiy o‘zgarishlarning, bank-moliya
tizimini rivojlantirish va isloh qilishning kompleks maqsadli dasturlarining amalga oshirilishi,
bank-moliya tizimini isloh qilish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligi, uning turmushi
darajasi va farovonligini oshirishning, jumladan tegishli ma’lumotlar bazalarini shakllantirish
va ularni tahlil qilish yo‘li bilan monitoringini olib borish tizimini tashkil etish;
b) aholi bandligi va hayoti darajasini oshirish hamda uni ijtimoiy himoya qilish
sohasida:
Yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligini oshirish dasturi ishlab chiqilishini va
uning belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini,
aholining turmushi va farovonlik darajasini oshirish dasturlari shakllantirilishi, ularning
tasdiqlanishi va amalga oshirilishining monitoringi olib borilishini ta’minlash;
demografik omillar va iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda,
ishga joylashtirishning ilg‘or shakllarini joriy etishga yo‘naltirilgan aholi bandligini
ta’minlashning hududiy dasturlarini shakllantirish, pensionyerlar, nogironlar, kam
ta’minlangan oilalar, aholining boshqa ijtimoiy nochor guruhlarini ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlashga doir manzilli dasturlar va samarali tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha davlat va
xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini
muvofiqlashtirish;
respublikaning demografik rivojlanish prognozlari va hududlar mehnat resurslarining
balanslarini tayyorlash, aholi bandligini ta’minlash hamda uni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha
samarali kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida demografik jarayonlar, mehnat
resurslarining soni va tuzilmasining son hamda sifat jihatidan o‘zgarishining chuqur tahlil
qilinishi va monitoringi olib borilishini, aholining turmush va farovonlik darajasi tadqiq
etilishini tashkil etish;
mehnat va aholi bandligi, mehnatga haq to‘lashni tartibga solish, fuqarolarning pensiya
ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlarini, ijtimoiy yordamning boshqa
turlarini tayinlash, aholining zaif toifalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamning
tabaqalashtirilganligi va manzilliligini kuchaytirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy siyosatni amalga
oshirish mexanizmlari va usullarini yaxshilash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish
yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil
departamentlari tomonidan ishlab chiqilgan aholi bandligini ta’minlash va uni ijtimoiy himoya
qilishning muhim ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha maqsadli dasturlar,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va respublika Hukumatining hujjatlari loyihalarini ekspert
baholash;
mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish, mehnat munosabatlarini
mustahkamlash, moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini va mehnatni muhofaza qilish
sharoitlarini yaxshilash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan maqsadli
dasturlar, qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar
Mahkamasining qarorlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
v) tarkibiy o‘zgarishlar va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish sohasida:
sanoatda tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish sohasida jahon va mintaqa
bozorlarida barqaror xaridorgir bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega raqobatbardoshli
mahsulotlarni mineral hamda xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida ishlab
chiqarishni ta’minlaydigan ustuvor sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yo‘naltirilgan
kompleks dasturlarni shakllantirish va ularni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada chuqurlashtirish chora-
tadbirlarining amalga oshirilishini tizimli tahlil va nazorat qilishni tashkil etish, ishlab
chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini hayotga tatbiq etish doirasida importni kamaytirish,
import o‘rnini bosadigan raqobatbardoshli mahsulotlar, shuningdek tayyor mahsulot turlari,
butlovchi buyumlar hamda materiallar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan
parametrlarga erishishni ta’minlash;
import hajmlari va nomenklaturasini yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur tahlil qilish asosida
mahsulot ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish dasturlari ishlab chiqilishini, mahalliy
ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zlashtirish uchun tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar
va materiallar ro‘yxati bo‘yicha takliflar tayyorlashni muvofiqlashtirish;
sanoat korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik yangilash, ularda ilg‘or
innovatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish, mehnat unumdorligini oshirish, sanoat uchun
yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini tahlil
qilish;
iqtisodiyotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini, mamlakat aholisining bandligini
ta’minlash va turmush darajasini oshirish maqsadida iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar,
amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirish, innovatsion taraqqiyot
mexanizmini izchil joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
tarmoqlar va respublika hududlarida tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi
to‘g‘risida ma’lumotlar bazasining monitoringini olib borish hamda uni shakllantirish tizimini,
iqtisodiyot asosiy tarmoqlari korxonalarini modernizatsiyalash, texnikaviy yangilash va
texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish dasturlarining
bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish;
tarkibiy o‘zgarishlarning tarmoq va hududiy dasturlari amalga oshirilishini, ishlab
chiqarishni
modernizatsiyalash
hamda
mahalliylashtirish
monitoringi
natijalarini
umumlashtirish va kompleks tahlil qilish hamda ular asosida tasdiqlangan parametrlarga
albatta erishish bo‘yicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan moddiy va qiymat balanslari ishlab
chiqilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish;
Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda TIA (TIH) va yirik hamda
strategik muhim investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sxemalarini ko‘rib chiqishda ishtirok
etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining aniq
investitsiya loyihalari bo‘yicha hujjatlari loyihalarini har tomonlama tahlilqilish hamda
kompleks ekspertizadan o‘tkazish, loyihalarni amalga oshirishning samarali va eng ma’qul
sxemalarini tanlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning ishlab
chiqarishni modernizatsiyalash, texnik hamda texnologik yangilash bo‘yicha tarmoq va
hududiy dasturlarga kiritilgan investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida tayyorlanishini hamda
amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
boshqa tashkilotlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari
tomonidan ishlab chiqilgan muhim tarkibiy islohotlar, iqtisodiyotni modernizatsiyalash,
hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy muammolari bo‘yicha tarmoq va hududiy dasturlar,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari
loyihalarini ekspert baholash;
iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy rivojlanish dasturlari, qabul qilingan qonunlar,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tarmoq hamda hududlar
darajasida qabul qilingan qarorlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
g) xususiylashtirish, raqobat muhiti, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni
rivojlantirish sohasida:
iqtisodiyotda xususiy mulk darajasi va rolini tubdan oshirish, xususiylashtirish
jarayonlarini chuqurlashtirish, xususiy investorlarga davlat aktivlarini sotishni tezlashtirish,
davlat tasarrufidan chiqarishning yangi shakllari va usullarini joriy etish bo‘yicha dasturiy
chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qilish;
davlat ulushiga ega xo‘jalik birlashmalari faoliyatining monitoringini olib borish va
tahlil qilish, shuningdek davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga, jumladan “nol” xarid qiymati
bo‘yicha sotish borasida qabul qilingan dasturlar hamda tadbirlar amalga oshirilishini nazorat
qilish, investorlarning qabul qilgan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini bajarishini
ta’minlash;
xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish
ko‘rsatkichlarini doimiy asosda chuqur tahlilqilish, avval xususiylashtirilgan korxonalar
samaradorligining pastligi hamda faoliyat ko‘rsatmasligining sabablari va omillarini aniqlash,
ularni, jumladan yangi investorlarni jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda
texnologik qayta jihozlash, mahsulot tannarxini kamaytirish hamda yangi turdagi
raqobatbardoshli
mahsulotlar
ishlab
chiqarishni
o‘zlashtirish
hisobiga
moliyaviy
sog‘lomlashtirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini
tashkil etish;
yangi ish o‘rinlarini yaratish va raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘yish
maqsadida
xususiylashtirilgan
muayyan
korxonalarni
rivojlantirish,
foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, bo‘sha turgan va qurilishi tugallanmagan
obyektlarni samarali ishga tushirishning “yo‘l xaritalari” hamda dasturlarini ishlab chiqish va
amalga oshirish, ularga ruxsat beruvchi hujjatlarni olish, kommunikatsiyalarga ulanish hamda
tijorat banklarida kreditlar ajratilishiga ko‘maklashish ishlarini muvofiqlashtirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ishonchli himoya qilish,
ularga ko‘proq erkinlik berish, davlat organlarining ular faoliyatiga aralashuvini tubdan
qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga doir
kompleks dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishining muvofiqlashtirilishini hamda nazorat
qilinishini ta’minlash;
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, ularning bo‘lajak
investorlar uchun ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash, korporativ boshqaruvning zamonaviy
usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish
bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini tahlil qilish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorini faol shakllantirish va uning faoliyat ko‘rsatishini
ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash ko‘lamlarini, mamlakatda
ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasini baholashning har choraklik indikatorlari
tizimini tahlil qilish asosida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni
liberallashtirish jarayonlarining tizimli monitoringini olib borish hamda tahlil qilish;
tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi samarali boshqaruv va raqobatning
cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek iste’molchilar
huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishini tashkil etish;
d) erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish sohasida:
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashlari hamda
direksiyalarining, jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va mahalliy investorlarni
jalb etish masalasida faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini tahlil qilish, erkin
iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlariga tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan va yuqori
qo‘shilgan qiymatga ega, import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha
zamonaviy korxonalar tashkil etishga ko‘maklashish;
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida sanoat hamda qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yuqori texnologiyali mahsulotlarni, jumladan mahalliy
xomashyo va materiallar asosida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish sohasida zamonaviy
yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha joylashtirilgan investitsiya loyihalari amalga
oshirilishining monitoringi olib borilishi hamda tahlil etilishini tashkil qilish;
investitsiya loyihalarini tahlilqilish va tanlashda, erkin iqtisodiy va kichik sanoat
zonalari hududlarida transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani
jadal rivojlantirish va undan samarali foydalanishni ta’minlash dasturlarini ishlab chiqishda
ishtirok etish;
erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini yanada rivojlantirish, ularda respublika
hududlarining mavjud ishlab chiqarish hamda resurs salohiyati hisobga olingan holda,
mahalliy xomashyo va materiallarni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish asosida
yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan loyihalarni joylashtirish
bo‘yicha takliflar hamda dasturlarni shakllantirish;
7. Yig‘ma departament o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi
funksiyalarni bajaradi:
mamlakatni makroiqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, modernizatsiya va tarkibiy
o‘zgarishlar masalalari bo‘yicha ma’lumotlar bazalarini tashkil etish, yuritish hamda
muntazam yangilab borish, tarmoqlar va hududlarda iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq etish
bo‘yicha davlat maqsadli dasturlari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
o‘zi yuritadigan sohaga doir masalalar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtiradi va taxliliy
qayta ishlaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri,
Bosh vazir o‘rinbosari uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish uchun tegishli
ma’lumotnoma, taxliliy materiallar hamda takliflar tayyorlaydi;
hududlardagi iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni, jumladan joyiga borib o‘rganadi, ijtimoiy-
iqtisodiy, tarkibiy va ma’muriy islohotlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosini o‘rganadi hamda
Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga hisobot berish uchun tegishli taxliliy materiallar va takliflar
tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari
va
farmoyishlarining,
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti,
O‘zbekiston
Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati
boshqaruvchisi topshiriqlarining bajarilishini nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlarning Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan
loyihalarini ekspertizadan o‘tkazadi, qayta ishlaydi va kelishadi, ularga zarur taxliliy hamda
ma’lumotnoma materiallarining sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi
majlislariga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq materiallarni ishlab chiqish va qarorlarni
rasmiylashtirishda ishtirok etadi, ushbu materiallarni Bosh vazir o‘rinbosari, Vazirlar
Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga taqdim etadi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining
tegishli protokol qarorlari ijrosining nazoratini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning
o‘rinbosari o‘tkazadigan yig‘ilishlar uchun materiallar tayyorlashda hamda ularda qabul
qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;
materiallar,
O‘zbekiston
Respublikasi
qonunlari,
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining kompleks ravishda sifatli tayyorlanishi hamda
ishlab chiqilishini, shuningdek ularni manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari,
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi
apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishishni ta’minlaydi;
qonun loyihalarining ishlab chiqilishi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
belgilangan tartibda taqdim etilishini, Yig‘ma departament vakolatiga kiradigan masalalar
bo‘yicha ularni himoya qilishni tashkil etadi;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini ularga yuklangan vazifalarga muvofiq
muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir o‘rinbosari rahbarlik qiladigan
tegishli hukumat va idoralararo komissiyalar hamda kengashlarning samarali ishlashini
ta’minlaydi va ular qabul qilgan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning, jumladan elektron shaklda keladigan murojaatlarini
ko‘rib chiqadi, ularda qo‘yilgan masalalarni hal etishga oid takliflar tayyorlaydi, ushbu
murojaatlarni tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat
organlari hamda boshqa tashkilotlarga ko‘rib chiqish va choralar ko‘rish uchun yuboradi,
ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar
vakillarini qabul qiladi;
respublika hududlari bo‘yicha makroiqtisodiy rivojlanish, bank-moliya tizimini isloh
qilish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va tarkibiy o‘zgartirish, xususiylashtirish, raqobatni,
kichik va xususiy tadbirkorlik, erkin iqtisodiy hamda kichik sanoat zonalarini rivojlantirish,
aholining hayot darajasi va sifatini oshirish masalalari, shuningdek iqtisodiyot sohalari
bo‘yicha maqsadli dasturlar, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi
hamda natijalarini umumlashtiradi;
Departamentga yuklangan boshqa vazifalarni ham belgilangan tartibda amalga
oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |