1. IPv4 (Internet prtocolining to'rtinchi avlodi).
2. IPv6 (Internet prtocolining oltinchi avlodi).
IPv4 adres 32 bitdan tashkil topgan bo'ladi. Bitlar ikkilik sanoq tizimida 0 va 1 larni ifodalaydi. Demak IP manzil 32 ta 0 va 1 larning ketma-ketligidan tashkil topgan bo'ladi. Ikkilik ko'rinishda 11111111 11111111 11111111 00000000 bunday ko'rinishda yoziladi. Biz uchun bunday holatda o'qish qiyinchilik va tarmoqda chalkashlik xosil qiladi ya'ni eslab qolish yoki biron bir sonni noto'g'ri kirgazish. O'zimiz uchun qulay bo'lishi uchun o'nlik sanoq tizimiga o'tkazib foydalanamiz.
32 bitlik adreslar sxemasida 4 mlrd dan ortiq ip larni tuzush mumkin.
IPv6— yangi avlod hisoblanib, ipv4 dan farqli ravishda keng imkoniyatga ega. IPv6 128 bit dan tashkil topgan bo'ladi. IPv6 ning ko'rinishi quyidagicha fe80:0:0:0:200:f8ff: fe21:67cf. Manzillar ikki nuqta bilan ajratiladi. Bu ip manzillar facebook.com va shunga o'xshash mashxur saytlarga o'rnatilgan.
1.Static 2.Dinamic
Static ip manzillar foydalanuvchiga o'zgarmas ip manzil beradi. Masalan sayt yoki biron bir server va hakozolarning egasi bo'lsangiz.
Dinamic ip manzillar esa o'zgaruvchan ip manzillar degani. Bu degani ip manzillarni boshqa kompyuterniki bilan bir xil bo'lib qolishidan himoyalaydi. Chuqurroq kiradigan bo'lsak, masalan internet pravayderining 4000 ta foydalanuvchisi bor, lekin real vaqtda 1000ta foydalanuvchi ishlaydi. Demak 1000 ta ip manzil yetadi degani va tarmoq administratorining vazifasini yengillashtiradi.
IP manzillar tarmoqda foydalanishiga ko'ra ikki xil buladi.
1. global (real, beliy, oq)
2. local (seriy)
Lokal ip manzillar global tarmoqda ishlatilmaydi va bu ip manzillarga global ip manzil orqali kirib bo'lmaydi va xavfsizlik ta'minlanadi. Quyida lokal manzillarning ro'yxati keltirilgan, ular cheklangandir.
29. MAC-adres nima?
Har bir tarmoq bilan ishlovchi modulning o'z fizik adresi bo'ladi, misol uchun Wi-Fi modulda, kompyuterdagi tarmoq kartasida. Bu modullar zavodda ishlab chiqarilish mobaynida o'z unikal fizik adresiga ega bo'ladi, demak bu fizik adres o'zgarmas va har bir modul uchun alohida bo'ladi, shu adresga MAC adres deyiladi. MAC adresni nazariy jihatdan o'zgartirib bo'lmaydi, lekin ba'zi dasturlar buni o'zgartirishga ham erishishmoqda.
Boshqacha qilib aytganda, aslida ushbu post bilan biz MACni doimiy ravishda o'zgartirishni emas, balki turli maqsadlarga ega klon yaratishni o'rganamiz. Masalan, Internetga ulangan IP-manzilni olish uchun ishlaydigan markazlardan birida DHCP serverida ro'yxatdan o'tgan MAC kerak. Ya'ni, IP MACga qarshi etkazib beriladi.
30. IEEE 802.x standartlarining strukturasini tushuntirib bering
1980-yili fеvral оyida qabul qilingan (802 sоni yil va оyidan kеlib chiqqan) IEEE Project 802 mоdеli ham mavjud. Bu mоdеlni OSI mоdеlini aniqlashtirilgan, rivоjlantirilgan mоdеli dеb qarash mumkin.Bu mоdеl aniqlashtirgan standartlar (802-spеsifikatsiya) o’n ikki tоifaga bo’linib, ularning har biriga nоmеr bеrilgan. Ular quyidagilar : 802-1 – tarmоqlarni birlashtirish. 802-2 – mantiqiy alоqani bоshqarish. 802-3 – “shina” tоpоlоgiyali CSSA/CD ega bo’lish usuli mahalliy hisоblash tarmоq va Ethernet 802-4 – “shina” tоpоlоgiyali lоkal tarmоq, markеrli ega bo’lish. 802-5 – “halqa” tоplоgiyali lоkal tarmоq, markеrli ega bo’lish. 802-6– shahar tarmоg’i (Metropolitan Area Network, MAN). 802-7 – kеng miqyosda alоqa оlib bооrish tехnоlоgiyasi (shirоkоvещatеlnaya tехnоlоgiya). 802-8 – оptоtоlali tехnоlоgiya. 802-9 – tоvushni va aхbоrоtlarni uzatish imkоniyati bоr intеgral tarmоq. 802-10 – tarmоq хavfsizligi. 802-11 – simsiz tarmоq. 802-12 – “yulduz” tоpоlоgiyali markazni bоshqarishga ega mahalliy tarmоq (100 VG-Any LAN). 802-3, 802-4, 802-5, 802-12 standartlar OSI mоdеl etalоnning ikkinchi (kanal) bоsqichiga qarashli MAC bоsqich оsti tarkibiga to’g’ri kеladi.Qоlgan 802-spеsifikatsiyalar tarmоqning umumiy masalalarini hal qiladilar.Ma`lumоt almashinishda tarmоq hоcil qilish muhim o’rin tutadi. Eng ko’p qo’llaniladigan tarmоq turlaridan biri bu mahalliy tarmоqlardir. Bu tarmоqlar ishini tashkil etishda eca albatta zaruriy prоtоkоllar talab etiladi. Hоzirigi zamоnaviy axbоrоt texnоlоgiyalarida bir necha prоtоkоllardan fоydalanib kelinmоqda.
31. Marshrutizator qurilmasini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |