ROUTER (marshrutizator) qurilmasiham BRIDGE (ko‘prik) qurilmasi kabi 2 ta yoki undan ortiq bo‘lgan tarmoqlarni birlashtiradi yoki ajratadi. Farqi ROUTER (marshrutizator) qurilmasi katta tarmoqlarda ishlatiladi. Bundan tashqari marshrutizator qurilmasi kerakli tarmoqni yoki kerakli yo‘lni tanlash imkoniyatiga ega. Bu holda kirishga kelayotgan ma‘lumotlar tanlash orqali o‘z yo‘llarini topadi
Marshrutizatorlar. Intеrnеtdagi ma'lumotlar oqimini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Ularning vazifasi ma'lumotlar joylangan pakеtlarni har doim kеrakli yo`nalishda borishini ta'minlashdir.
Agar ma'lumotlar bitta mahalliy tarmoqqa tеgishli kompyutеrlar orasida uzatilsa, marshrutizatorlarning kеragi yo`q, chunki Hubning o`zi mahalliy oqimni boshqara oladi. Marshrutizatorlar ikkita tarmoq orasida ma'lumot uzatilayotganda ishlay boshlaydilar. Marshrutizatorlar pakеtlarni tеkshirib, ularning oxirgi manzillarini aniqlaydi va pakеtlarni bu manzilga yaqinroq boshqa marshrutizatorga uzatadi.
32. IP v 4 versiyasining klasslarini tushuntirib bering.
IPv4 adres 32 bitdan tashkil topgan bo'ladi. Bitlar ikkilik sanoq tizimida 0 va 1 larni ifodalaydi. Demak IP manzil 32 ta 0 va 1 larning ketma-ketligidan tashkil topgan bo'ladi. Ikkilik ko'rinishda 11111111 11111111 11111111 00000000 bunday ko'rinishda yoziladi. Biz uchun bunday holatda o'qish qiyinchilik va tarmoqda chalkashlik xosil qiladi ya'ni eslab qolish yoki biron bir sonni noto'g'ri kirgazish. O'zimiz uchun qulay bo'lishi uchun o'nlik sanoq tizimiga o'tkazib foydalanamiz.
32 bitlik adreslar sxemasida 4 mlrd dan ortiq ip larni tuzush mumkin.
IPv4 protokoli o‘tgan asrning 70-yillarida ishlab chiqilgan. 232 ta adreslarini taqdim eta olish imkoniga ega bo‘lgan bu protokol bir qancha kamchiliklarga ega. Eng asosiysi, adreslar soni barcha ehtiyojlarni qondirish uchun kamlik qiladi. Bundan tashqari, xavfsizlik masalalari ushbu protokolda ko‘rib chiqilmagan.
IPv4 paketlar formati Sarlavha maydonlarining funksional vazifasi quyidagilardan tashkil topgan: Versiya maydoni (Version) mazkur tarmoqlararo protokol versiyasini ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda protokolning 4-versiyasi bilan birgalikda (ya’ni 0100 maydonida) protokolning 6-versiyasidan (ya’ni 0110 maydonida) foydalanish boshlanadi. Sarlavha uzunligi maydoni (Header Length) tarmoqlararo diagramma sarlavhasining 32 razryadli so‘zlardagi uzunligini ko‘rsatadi. Eng kam (minimal) uzunlik — beshta so‘z, eng katta (maksimal) uzunlik — 32-razryadli so‘zlardan o‘n beshtasi. Servis turi maydoni (Type of Service) xizmat ko‘rsatishning talab etiladigan sifati parametrlarini ko‘rsatadi. Ustuvorlik esa, har bir deytagrammaga ustuvorlik kodini berish orqali paketlarni uzatilishida unga ustunliklar beradi. Bitlar: 12 — D (delay) — kechikish, 13 — T (throughput) — samaradorlik (o‘tkazish qobiliyati), 14 — R (reliability) — ishonchlilik, S (cost) — narxi.