4-xususiyati, bitta satxdagi bir necha konteynerlar, shu joyning o’zida ulanishi mumkin va nosandart zarur yuklamani joylashtirish uchun qo’llanadigan bitta uzluksiz konteyner sifatida qaraladi.
5-xususiyati, bunda 9•9=81 bayt o’lchamli alohida sarlavxa maydonining shakllanishi (lokal tarmoqlarda paketlarni qayta ishlash me’yori). U zarur bo’lgan boshqarishni va nazorat axborotini joylashtirish va zarur bo’lgan ichki ma’lumotlarni uzatish kanallarini tashkil qilish uchun baytning bir qismini olib borish uchun etarli darajada katta. Freym tuzilishida uzatiladigan har bir bayt, tezligi 64 kbit/s ga teng bo’lgan oqimga ekvivalent ekanligini hisobga olgan holda berilgan sarlovxani uzatish 5184 Mbit/s ekvivalent xizmat axborotlari oqimini hosil qilishga mos keladi.
26. WDM texnalogiyasi qo’llanilish sohasi?
Aloqa tarmoqlariga bo’lgan talablarning kundan-kunga oshishi tufayli shu talablarni qondiruvchi yangi texnologiyalar yaratilmoqda va amalda qo’llanilmoqda. SDH/SONET ierarxiyasining uzatish tezliklarini qo’llagan holda optik tolali aloqa tarmoqlari rivojlana boshladi. Natijada kam kanalli uzatisht ezliklaridan STM-1ga (tezligi 155 Mbit/s), undan keyin STM-4 (tezligi 622 Mbit/s), undan keyin esa STM-16 (tezligi 2.5 Gbit/s) ga o’tish amalga oshdi. Bunday intensiv rivojlanishning zaruriyati Internet trafiklariga ya’ni uning xizmat turlariga bo’lgan qiziqish bilan ham bog’liqdir.
WDM texnologiyasi quyidagicha afzalliklarga ega: -kanallarning o’tqazuvchanlik qobiliyatini yuqoriligi;
-ma’lumotlarni uzati tezligining yuqoriligi (10 Gbit/s gacha);
- bitta tola orqali trafiklarni ikki tomonlama uzatish imkoni;
- tor oraliqli yarim o’tqazgichli lezerlardan foydalanish imkoni;
- keng polasali kuchaytirgichlardan va yaqin kanallarni ajratishda optik filtrlardan foydalanish;
- qo’llaniladigan multipleksor va demultipleksorlarning narxini arzonligi.
27. DWDM texnalogiyasi qo’llanilish sohasi?
DWDM Mux / Demux DWDM (zich to'lqin uzunligi bo'linishini multiplekslash) eritmasi uzoq masofali uzatish uchun afzalroq variant hisoblanadi. DWDM Mux / Demux modullari DWDM texnologiyasining afzalliklarini to'liq passiv echim bilan ta'minlaydi. Odatda, ular to'lqin uzunliklari to'lqin uzunliklari C diapazoni bo'ylab bir-biriga mahkam o'rnashgan holda, uzoq masofalarga uzatish uchun ishlatiladi, 100 gigagertsli panjara (0.8nm) da 48 to'lqin uzunligi va 50 gigagertsli tarmoq (96.4mm) da 96 to'lqin uzunligi. Hozirgi vaqtda DWDM Mux / Demuxning eng keng tarqalgan konfiguratsiyasi 8 kanaldan 96 kanalgacha. Quyidagi rasmda C21-C60 ikki kanalli DWDM Mux Demux monitorli port va 1310nm portli 40 kanallarning old paneli ko'rsatilgan, bu DWDM tarmoqlarida yuqori zichlikdagi qo'shish / tushirish talablariga juda mos keladi.
28. IP adreslarni qanday turlari bor va ularning farqi nimada?
IP manzil (o'qilishi (ay-pi adres) ingilizcha Internet Protocol)- Qurilmaning tarmoqdagi takrorlanmas virtual adresidir.
Internet va lokal tarmog'idagi qurilmalar bir-biri bilan IP protokoli orqali bir-birini IP adreslariga ma'lumot junatish orqali aloqa qilishadi. Bu aloqaning o'ziga yarasha qonun qoidalari bor va shu qonun qoida asosida bir IP manzil ikkinchi IP adresga xabar(paket) jo'natadi va shu qonun qoida protokol deyiladi.
Bu takrorlanmas ip manzil qurilmada (komputer/router(marshrut)/..) emas balki tarmoq interfeysida bo'ladi.
IP adreslarning xozirda ikki avlodi mavjud.