3-jadval
Z yoki zk
|
Kesuvchi asbobning siljish koeffisiyenti, x
|
|
-0,4
|
-0,25
|
-0,16
|
0
|
0,16
|
0,25
|
0,4
|
16
|
|
-
|
-
|
4,28
|
4,02
|
3,78
|
3,54
|
20
|
-
|
-
|
4,10
|
4,07
|
3;83
|
3,64
|
3,50
|
25
|
-
|
4,30
|
4,13
|
3,90
|
3,72
|
3,62
|
3,47
|
40
|
4,02
|
3,88
|
3,81
|
3,70
|
3,61
|
3,57
|
3,48
|
60
|
3,78
|
3,71
|
3,63
|
3,62
|
3,57
|
3,54
|
3,50
|
80
|
3,70
|
3,66
|
3,63
|
3,60
|
3,55
|
3,55
|
3,51
|
100
|
3,66
|
3,62
|
3,61
|
3,60
|
3,56
|
3,56
|
3,55
|
180
|
3,62
|
3,62
|
3,62
|
3,62
|
3,57
|
3,58
|
3,56
|
Loyihalanayotgan uzatma g`ildiraklarning modulini aniklashda formulada Ft=2T2/2d2 deb qabul qilsak,
m= mm bo`ladi,
bu yerda: Km=Yf KFα∙KFβ - qo`shimcha koeffisiyent bo`lib uning o`rtacha qiymati to`g`ri tishli silindirsimon g`ildiraklar uchun Km=6,8, qiya tishli silindrisimon g`ildiraklar uchun Km=5,8 Formuladagi [σF] qiymati o`rniga [σF]1,[σF]2 qiymalarining kichigi qo`yiladi.
Aniqlangan modul qiymati standart bo`yicha yaxlitlanadi. Bu qiymat qancha kichik bo`lsa g`ildirak tishlarining soni shuncha ko`p bo`ladi. Bunda tishli g`ildirakning ilashishi tekis, shovqinsiz bo`lib tishni kesilishini osonlashtiradi, lekin eguvchi kuchlanishga chidamliligi kamayadi. Shuning uchun quvvat uzatadigan uzatmalarda modul qiymatini m>1,5 deb olish tavsiya etiladi.
Qiya tishli uzatmalar. Qiya tishli uzatmalarda ilashish chizig`ining umumiy uzunligi lΣ ni qiymati g`ildirak eni v dan katta bu esa egilishdagi kuchlanishi qiymati kamaytiradi.
Egiliщdagi kuchlanishning xisobiy qiymati quyidagacha aniqlanadi:
σF2=σF1·
bu yerda: Yβ=1-(β/140)-tish qiyaligini xisobga oluvchi koeffisiyent; YF, KFα, KFβ qiymatidan yuqorida berilgan; UF-tish shaklining koeffisenti.
UF-tish shaklining koeffisenti, qiymati jadvaldan g`ildirak tishlarining soni z ga nisbatan emas balki tashqi konus yoyilmasi aylananing xamma joyi tishlar bilan to`la deb farz qilinganda xosil bo`ladigan g`ildirak tishlar sonini ekvivalint qiymatiga nisbatan tanlanadi.
dK1=d1/cosφ1 yoki zK1=z1/cosφ1
dK2=d2/cosφ2 yoki zK2=z2/cosφ2
Zanzirli uzatmalarning asosiy tasniflari
Zanjirli uzatma yetaklovchi va yetaklanuvchi yulduzchalar va ularga kiydirilgan zanjirdan iborat bo’lib, u tasmali uzatmaga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
Nisbatan kattaroq quvvatni uzatadi.
Valga tushadigan kuch katta bo’lmaydi, chunki zanjirni tasma kabi taranglik bilan tortish shart emas.
Zanjirli uzatma quyidagi kamchiliklarga ega:
Uzatmaning detallarini tayyorlash murakkab va tannarxi baland.
Zanjir sharnirining yeyilishi natijasida zanjir uzunligi ortib ketadi. Natijada katta dinamik kuchlar xosil bo`ladi.
Uzatmani yuqori darajada aniqlik bilan yig`ish va uzatmaning ishi davo`lida texnik xizmat ko’rsatish kerak.
Zanjirli uzatmaning geo`letriyasi bilan tanishamiz.
Uzatmani loyixalashda avvalo zanjirning qadami t va yulduzchalar tishlarining soni z1 va z2 lar qabul qilinib, keyin qolgan o’lchamlari aniqlanadi.
Yuiduzcha boshlangich aylanasining diametrini topamiz.
Uchburchak AOB dan: va
Bularni hisobga olsak:
Demak:
va
bu erda, va - yetakchi va yetaklanuvchi yulduzcha boshlangich aylanasi diametrlari.
Markazlararo masofa quyidagicha qabul qilinadi:
a ( 30 ... 50) t , mm
Zanjirni zvenolar soni quyidagicha aniqlanadi:
Bu erda, , ,
Zvenolar soni butun juft songacha yaxlitlangan keyin markazlaro masofaning aniq qiymati topiladi:
Zanjirli uzatmaning uzatish soni quyidagicha aniqlanadi:
bu erda,
- mos ravishda yetaklovchi va yetaklanuvchi yulduzchalarning burchak tezliklari.
,
- mos ravishda yetaklovchi va yetaklanuvchi yulduzchalarning o’rta diametrlari.
Z1, Z2
- mos ravishda yetaklovchi va yetaklanuvchi yulduzchalarning tishlari soni.
Zanjirli uzatmaning asosiy parametrlarini tanlashni ko’rib chiqamiz.
Zanjir qadamini tanlash.
Zanjir qadami va tezligi qancha katta bo’lsa, unda shunchalik katta dinamik kuch xosil bo`ladi. Shuning uchun t ni kichikrokolishga xarakat qilinadi. Lekin t kichik bo’lganda zanjir og’ir bo`ladi. Yuqorida keltirilgan sabablarga ko’ra zanjir qadami kichik yulduzcha uchun ruxsat etilgan aylanishlar soniga qarab jadvaldan qabul qilinadi.
Yulduzcha tishlar sonini qabul qilish. Uzatmani loyixalashda yetakchi yulduzchaning tishlar sonini kichik olishga xarakat qilinadi. Lekin yuqorida aytganimizdek yetakchi yulduzchaning tishlar sonini kichik bo’lganda zanjir tezligi yuqori bo`ladi.Bu esa yana ortiqcha dinamik kuchlarni keltirib chikaradi. Shu sabablarga ko’ra, yetaklovchi yulduzchaning tishlari sonini tajriba yo’li bilan aniqlangan ma’ium tavsiyalar asosida qabul qilinadi.
Yetaklanuvchi yulduzchaning o’lchamlari juda katta bo’lmasligi uchun uning tishlari soni qiymati chegaralanadi.
Zanjirni sharnirlardagi solishtirma bosim bo`yicha tekshirish.
Zanjirning ishga yarokliligi sharnirning yeyilishga chidamliligi bilan baxolanadi. Sharnirning yeyilish darajasi esa, valik bilan vtulkaning tutash sirtidagi solishtirma bosimining mikdoriga boglik bo`ladi. SHu sababli uzatmani loyixalashda zanjir tanlangandan keyin sharnirdagi solishtirma bosim bo`yicha quyidagi shart bilan tekshiriladi:
bu erda, P - solishtirma bosim
Ft - yetaklanuvchi shkivdagi aylanma kuch
- nagruzka koeffitsienti
S - kontakt yuzasining kuch yo’nalishiga tik tekislikka proektsiyasi
- ruxsat etilgan solishtirma bosim
Vtulka-rolikli zanjirlar uchun:
bu erda, d - valik diametri
- vtulka uzunligi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Shoobidov Sh.A. Mashina detallari. Texnika oily o`quv yurtlari uchun darslik. Тошкент: “O`zbekiston ensiklopediyasi”, 2014. -444 b.
2. Kurganbekov M.M., Moydinov A. Mashina detallari: O`quv qo`llanma. I va II qismlar. -Toshkent: “O`zbekiston ensiklopediyasi”, 2014. -384 b.
3. Ш.А. Шообидов Машина деталлари. Ўқув қўлланма. Тошкент 2004-120 б.
4.Ш.А.Шообидов, С.У.Мусаев. «Юритмалар», Тасмали ва занжирли узатмаларни лойихалаш. Тошкент 2000-82 б.
5.Ш.А.Шообидов, С.У.Мусаев. «Тишли ва червякли узатмаларни лойихалаш». Тошкент 2005-80 б.
6. Sh. A. Shoobidov, S. O` Musayev. Ko`tarish, transport mashinalari. –T.: «SHARQ», 2007. -192 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |