Tiristorli kuchlanish rostlagich. Reja
Tiristorli kuchlanish rostlagich.
Reja:
Tiristorli kuchlanish rostlagichi sxemalari.
Tiristorli kuchlanish rostlash tavsiflari.
O‘zgaruvchan tok elektr yuritmalarida, xususan asinxron elektr yuritmalarda stator chulg‘amidagi kuchlanish qiymatini o‘zgartirish asosida tezlik va momentlarni rostlovchi tizimlarini qo‘llash mumkin. Agar biz tezlikni rostlamoqchi bo‘lsak, tezlik bo‘yicha teskari manfiy bog‘lanishli yopiq tizim hosil qilishimiz kerak va asinxron motor statoridagi kuchlanishni tiristorli kuchlanish rostlagichi (TKR) yordamida o‘zgartirishimiz kerak bo‘ladi. TKR li asinxron elektr yuritmaning funksional sxemasi 8.1 – rasmda tasvirlangan. Agar asinxron elektr yuritma stator chulg‘amidagi kuchlanishni to‘g‘ridan – to‘g‘ri tezlikka bog‘liq bo‘lmagan holda TKR yordamida boshqarganimizda, asinxron elektr yuritma momentni rostlovchi elektr yuritma sifatida ishlaydi (8.2 – rasm, 1 – 5 tavsiflar).
8.1 – rasm. TKRli avtomatlashtirilgan asinxron elektr yuritmaning funksional sxemasi
8.1 – rasmda tasvirlangan avtomatlashtirilgan asinxron elektr yuritmaning TKR kuch sxemasidagi tiristorlarning ochilishini boshqarish impuls – faza boshqaruv tizimi kirish qismiga berilayotgan boshqarish kuchlanishi tenglama asosida aniqlanadi, bu yerda –tezlikni rostlash tizimiga beriladigan vazifalovchi kuchlanish; yeTG –taxogeneratorning EYuK.
8.2 – rasmda vazifalovchi kuchlanish ning bir necha qiymatlari uchun avtomatlashtirilgan asinxron elektr yuritma yopiq tizimining tezlik tavsiflari keltirilgan bo‘lib va bu usulda tezlikni rostlashda tezlikning rostlash diapazoni 10 : 1 dan oshmaydi.
8.2 – rasm. TKRli avtomatlashtirilgan asinxron elektr yuritmaning mexanik tavsiflari
Hamma fazalarida yuklanishning qiymati simmetrik taqsimlangan deb qaraganimizda uch fazali TKRni bir fazali ekvivalent sxema bilan almashtirish mumkin (8.3 – rasm). Agar V1 vaV2 tiristorlarni ideal va yuklanishning xarakteri aktiv – induktiv, deb qabul qilsak, u holda Zyuk dan o‘tayotgan tok
(8.1)
bo‘lib, bu yerda Um – tarmoq kuchlanishining amplituda qiymati, V; – yuklanishning kompleks arshiligi, Om; – quvvat koeffisenti.
8.3 – rasm. TKRning bir fazali ekvivalent sxemasi
Agar boshqarish burchagi ning qiymati ga teng bo‘lsa, u holda har yarim davrda tiristorlar navbati bilan ochilib turishi natijasida yuklanishdagi tok turg‘un tok iturg‘ ga teng bo‘ladi (8.4 – rasm, shtrixli chiziq). Agar > bolsa, u holda yuklanishdan o‘tayotgan tok – vaqtga kechikadi, kuchlanish va tok tavsiflarida toksiz pauza yuzaga keladi. Har bir yarim davrda yuklanishdagi tokning qiymati turg‘un va ozod toklarning yig‘indisidan iborat bo‘ladi
(8.2)
bu yerda
(8.3)
Tiristiorlarning o‘tkazuvchanlik burchagi va larga bog‘liq bo‘lib, iyuk ni topishdagi ni o‘rniga qo‘yish bilan aniqlanadi
. (8.4)
O‘tkazuvchanlikning chegaraviy qiymatlari = bo‘lganida ga va = bo‘lganida esa nolga teng bщlishi shuni ko‘rsatadiki ning dan to gacha o‘zgarishi, yuklanish kuchlanishi yarim davri o‘rtacha qiymati eng katta qiymati (tiristordagi kuchlanish pasayishi hisobga olinmaganda) to 0 gacha o‘zgarishi mumkin.
8.4 – rasm. TKR chiqishidagi kuchlanish va toklarning shakllanishi tavsiflari
8.5 – rasmda uch fazali nol simsiz TKR ning tavsiflari keltirilgan bo‘lib, bu yerda boshqarish burchagi qayd etilgan yuklanishning fazasi esa o‘zgaruvchan ko‘rsatkich sifatida qaraladi.
8.5 – rasm. Uch fazali nol simli TKRning kuchlanishni rostlash tavsiflari
TKRning impuls – faza boshqaruv tizimi TO‘ IFBT dan prinsipial farq qilmaydi, ishlash prinspi vertikal prinsipga asoslangan. Blok sxemasi xuddi 5.1a – rasmda tasvirlangan tayanch kuchlanishi generatori TKG dan, faza siljitish qurilmasi FSQ dan hamda impuls generatori IG dan tashkil topgan. 8.1 – rasmda tasvirlangan TKR li avtomatlashtirilgan asinxron elektr yuritmadagi tiristorlarning tartib sonlari tiristorlar ishlashining ketma – ketligini anglatib, GI ning uch fazali ko‘prik sxemali to‘g‘rilagich uchun mo‘ljallangan tiristorlarni boshqarish uchun ishlab chiqarilayotgan impulslarning tarqalish diagrammasi ham TKR ishchi tiristorlarini boshqarishga mos keladi.
Asinxron motor uchun o‘zgaruvchan ko‘rsatkich bo‘lib, odatda dan gacha o‘zgarishi mumkin. bo‘lgani uchun boshqaruv burchagi yuklanish toki fazasi siljishining funksiyasi bo‘lib o‘zgaradi, bu esa albatta IFBTni murakkablashtirishga olib keladi. Agar ni o‘zgarmas qiymat deb qarasak va bo‘lsa, u holda qiymatlarida impulslarning kengligi bo‘ladi va TKRda bir yarim davrli ish rejimi vujudga keladi. Haqiqatda ham bo‘lib, V1 tiris-tordan tokning o‘tish vaqti yarim davrdan ko‘pdir (8.4 – rasm). ga teng vaqtda V2 tiristor ochilishi kerak, ammo V1 dan tok o‘tishi to‘xtamaydi va V2 ning ochilishiga yo‘l qo‘ymaydi. V1 dan tokning o‘tish vaqti tugaganda V2 ga berilayotgan boshqaruv impuls o‘chadi va V2 yopiladi. Shunday qilib, bo‘lishi TKRning normal ishlashi uchun impulslarning kengligi bo‘lishi shart ekanligini anglatadi va bu esa asinxron motorlar uchun 60 – 70o ni tashkil etadi. Nol simsiz uch fazali TKR larning uzluksiz tok rejimi uchun bo‘lgan holda bir paytda ikki tiristor ishlaydigan rejim uchun impulsning kengligi 60o dan keng bo‘lishi talab etiladi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Boshqariluvchi o‘zgaruvchan tok o‘zgartkichlariga qanday o‘zgartkichlar kiradi?
2. O‘zgaruvchan tok kuchlanish rostlagichi qanday asosda ishlaydi?
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |