Moslashishlarning ko’rinishlariga kelsak morfologik, fiziologik va xulqiy moslashishlar ajratiladi.Morfologik moslashishlarga misol qilib suv muhitida gidrobiontlarning suvni qarshiligini kesib yurishga mos tana tuzilishi, shuningdek, plankton organizmlarning suvda osilgan holda yashashi kabilar hisoblansa, o’simliklar dunyosida cho’l sharoitida minimum suv sarflashga moslashish sifatida barglarning reduktsiyalanishi yoki butunlay bo’lmasligi kabilarni ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |