Tirbandlik kuzatilayotgan shahar ko’chalarida transport oqimining asosiy tavsiflarini o’rganish annotatsiya


Tirbandlik kuzatilayotgan mintaqadagi transport vositalarining harakat tezligining o’zgarishini tadqiq qilish



Download 1,02 Mb.
bet2/5
Sana15.04.2022
Hajmi1,02 Mb.
#555344
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yangi maqola

Tirbandlik kuzatilayotgan mintaqadagi transport vositalarining harakat tezligining o’zgarishini tadqiq qilish
Tezlik - avtomobil yo’llaridan foydalanishda asosiy xususiyatlardan biri hisoblanadi. Harakat tezligi ko’rsatkichlariga qarab harakat xavfsizligini ta’minlanganlik darajasini, qatnovning qulayligi va jihozlanganligi hamda tejamkorligiga baho berish mumkin. Harakat tezligini oshirish bir tomondan transport tizimidan foydalanish samaradorligini oshirsa, ikkinchi tomondan, yo’l-transport hodisalarini sodir bo’lish xavfini oshiradi[8]. Shuning uchun haydovchilarga “yo’l harakati qoidalari va harakatlanish xavfsizligi” kursini o’qitilayotganda transport vositalarini boshqarishda tezlikni tanlashga alohida e’tibor qaratiladi [9]. Agar harakat jadallashgan bo’lsa, bu sharoitda transport oqimining tarkibi va jadalligiga qarab harakat tezligi aniqlanadi. Bundan tashqari, transport oqimining tezligi qatnov qismining harakatlanish tasmalari kengligiga ham bog’liq. Shahar sharoitida qulay iqlim sharoitida harakatlanishda transportlar orasidagi masofa kamida tezlikning yarmiga teng masofada saqlanishi kerak. [5] Bu tavsiya bir biriga yaqin turgan avtomobillarning samarali to’htashini ta’minlaydi. Chet el tajribalarida, aynan AQShning katta shaharlarida harakat tezligini ta’minlash uchun ko’chalarni kengaytirish va yangilarini qurish, hattoki, avtomobillarning tezkor harakatlanishlari uchun mo’njallangan tezkor yo’llar qurish amalga oshirilmoqda.
Harakat tezligi yo’l harakatining asosiy ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, u yo’lda harakatlanishning asosiy maqsadi shaklida namoyon bo’ladi. Yo’lda eng ob’ektiv ko’rsatkich sifatida harakat tezligining butun marshrut bo’ylab o’zgarishini ko’rsatuvchi grafik hisoblanadi. Lekin bunday tezlikning o’zgarish egri grafigini chizish marshrut bo’ylab laboratoriya avtomobili yordamida amalga oshirilishi lozim. Bu esa amalda ma’lum kiyinchiliklar tug’diradi va ko’pchilik hollarda uni bajarib bo’lmaydi. Shuning uchun harakatni tashkil qilishda yo’lning harakterli bo’laklarida transport vositalarining oniy tezligini o’lchash orqali xulosa qilishga amaliyotda ko’nikma hosil qilingan. Avtomobilning maksimal konstruktiv tezligi Vmax uning dvigateli quvvatiga bog’liq. Kuzatishlar ko’rsatadiki, Vmax tezlik bilan haydovchilar ayrim hollardagina qisqa muddatda harakatlanishadi. Yaxshi yo’l sharoitlarida transport vositalarining tezligi 0.7-0.85 Vmax ni tashkil qiladi. Bunday tezlik asosan yakka holda gorizantal to’g’ri yo’l bo’laklarida kuzatiladi. Amalda yo’l sharoiti ko’tarilish, tushish, rejada kichik egriliklardan, ko’rinish masofasi normadan past, vertikal egriliklardan tashkil topadi, shuningdek, harakat miqdori va tarkibi har xil bo’lishi oniy tezlikning qiymatiga ta’sir ko’rsatadi. Real yo’l sharoitlarida yakka holda harakatlanayotgan avtomobillarning tezligi 150-120 km/soatdan 40-30 km/soatgacha o’zgarishi mumkin. Avtomobil yo’llarida tezlikni oddiy sekundomer, “Fara”, “Bar’er”, “To’pponcha” kabi tezlik o’lchovchi asboblar hamda har xil avtomatik datchiklar yordamida, shuningdek, kinos’yomka usuli bilan o’lchanadi[5].
Harakat tezligi transport vositalarining oraliq masofasiga bog’liq ravishda o’sishini quyidagi (2.1– rasmda) [4] grafikda ko’rishimiz mumkin. U oddiy sekundomer orqali aniqlangan. Grafikdan shuni aytish mumkinki, transport vositalarining oraliq masofasi ortib borishi bilan harakat tezligining oshib borishini ko’rishimiz mumkin. Tezlik o’zgarishini aniqlashning eng oddiy usullaridan biri sekundomer yordamida aniqlash usulidir. Bunda biz 100 m masofani tanlab olib, sekundomer yordamida har bir avtomobilning shu masofani qancha vaqt ichida o’tganligini o’lchab olamiz. Avtomobillarning tezligini esa masofani har bir avtomobilning bosib o’tgan vaqtiga bo’lib topamiz.

interval, sek

1-rasm. Harakat tezligining oraliq masofaga nisbatan
o’zgarish grafigi.
Tajribaning aniq chiqishi uchun har bir o’lchash mintaqasida tezlikni 200 martadan o’lchaymiz. Tajribani tirbandlik kuzatilayotgan chorrahaga, 100 m kirish va 100 m chorrahadan chiqish mintaqalarida aniqlaymiz. Olingan natijalarni tahlil qilish maqsadida grafiklarga joylashtiramiz. Grafiklarga joylashtirishimizning sababi, grafiklardagi natijalar yaqqol va aniq ko’rinishi bilan birga biz uchun zarur bo’lgan [10] parametrlarni ko’rsatib beradi. Men o’z tadqiqot ishimda Jizzax shahridagi tirbandlik kuzatilayotgan ko’chalarda transport vositalarining harakat tezligini aniqladim va ularni quyidagi (2, 3, 4, 5-rasmlar) grafiklarga joylashtirdim. Grafiklardan ko’rinib turibdiki, transport vositalarining tirbandligi oshishi bilan harakat tezligi kamayadi.
Mustaqillik ko’chasida harakat tezligining transport vositalarining tirbandligiga nisbatan o’zgarish grafigini (2-rasm) aniqlaganimizda tirbandlikning oshishi bilan harakat tezligi kamaygan. Tirbandlikning uzunligi 50, 100, 150, 200 va 250 bo’lganda unga mos ravishda harakat tezligi 58, 52, 35, 22 va 14 km/soat ni tashkil etar ekan. Tirbandlik 250 m va undan yuqori bo’lganda harakat tezligi 14 km/soat va undan kam bo’ladi.

2-rasm. Mustaqillik ko’chasida harakat tezligining transport vositalarining tirbandligiga nisbatan o’zgarish grafigi.


I.Karimov ko’chasida ham harakat tezligining transport vositalarining tirbandligiga nisbatan o’zgarish grafigini (3-rasm) aniqlaganimizda tirbandlikning oshishi bilan harakat tezligi kamaygan. Tirbandlikning uzunligi 50, 100, 150, 200 va 250 bo’lganda unga mos ravishda harakat tezligi 55, 47, 44, 32 va 13 km/soat ni tashkil etar ekan. Tirbandlik 270 m va undan yuqori bo’lganda harakat tezligi 15 km/soat va undan kam bo’ladi. Sh.Rashidov ko’chasida ham harakat tezligining transport vositalarining tirbandligiga nisbatan o’zgarish grafigini (4-rasm) aniqlaganimizda tirbandlikning oshishi bilan harakat tezligi kamaygan. Tirbandlikning uzunligi 50, 100, 150, 200 va 250 bo’lganda unga mos ravishda harakat tezligi 59, 43, 30, 22 va 12 km/soat ni tashkil etar ekan. Tirbandlik 270 m va undan yuqori bo’lganda harakat tezligi 15 km/soat va undan kam bo’ladi. O.Azimov ko’chasida ham harakat tezligining transport vositalarining tirbandligiga nisbatan o’zgarish grafigini (5-rasm) aniqlaganimizda tirbandlikning oshishi bilan harakat tezligi kamaygan. Tirbandlikning uzunligi 100, 150, 200 va 250 bo’lganda unga mos ravishda harakat tezligi 58, 43, 18 va 12 km/soat ni tashkil etar ekan. Tirbandlik 250 m va undan yuqori bo’lganda harakat tezligi 12 km/soat va undan kam bo’ladi.





3-rasm. I.Karimov ko’chasida harakat tezligining transport vositalarining tirbandligiga nisbatan o’zgarish grafigi.



4-rasm. Sh.Rashidov ko’chasida harakat tezligining transport vositalarining tirbandligiga nisbatan o’zgarish grafigi.

5-rasm. O.Azimov ko’chasida harakat tezligining transport vositalarining tirbandligiga nisbatan o’zgarish grafigi.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish