saqlovchi va kafolat birlashmasi uchun XYT operatsiyasi shart bilan yoki shartsiz
tugatilganligi dalilining ko‘rsatkichi hisoblanadi.
(TRANS/WP.30/192, 26-band; TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-ilova)
Koreshokdagi bojxona shtamplari
Ba’zidatranzit davlatlari bojxona organlarining mansabdor shaxslari XYT
kitobchasining koreshoklarida Konvensiyaning qoidalari talab qilgan
shtamplarni qo‘ymaydi. Bunday holatlar juda istalmagan bo‘lsa-da, XYT
kitobchasi keyingi kirish bojxonasi (oraliq bojxona) tomonidan rasmiylashtirishga
qabul qilinganda XYT tashishning haqiqiyligini xavf ostiga qo‘ymaydi.
(TRANS/WP.30/135, 57-band; TRANS/WP.30/192, 26-band;
TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-ilova)
Sariq yirtilmaydigan varaqadagi bojxona shtamplari
Ayrim davlatlarning bojxona organlari sariq yirtilmaydigan varaqani to‘ldirishni
talab qiladi, u XYT kitobchasiga faqat kitobchani jo‘natuvchi davlatda to‘ldirish
oson bo‘lishi uchun kiritiladi va bojxona organlari foydalanishi uchun
mo‘ljallanmaydi. Sariq varaqada ushbu ustunlarni to‘ldirish talab etilmasligini
aniq ko‘rsatish uchun yirtilmaydigan varaqaning 13-15, 17, 23 va 28 ustunlarini,
hamda koreshokning 6 ustunini chizib qo‘yish tavsiya etiladi.
(TRANS/WP.30/139, 48 va 49-bandlar)
XYT kitobchasidan foydalanish qoidalarini turli tillarda takrorlash
XYT kitobchasidagi yuk manifestining orqa tarafida (bojxona maqsadlari uchun
emas) bojxona organlariga istisno tariqasida, masalan, quyidagi axborotdan
foydalanish tavsiya etiladi, agar u ularni qondirish uchun taqdim etilgan bo‘lsa.
(TRANS/WP.30/159, 45-band)
XYT operatsiyasi to‘xtatilishining boshqa isbotlash shakllari
XYT operatsiyasini tegishli tarzda to‘xtatilganligining muqobil isbotini olish
maqsadida, bojxona organlariga, istisno tariqasida, quyidagi axborotdan
foydalanish tavsiya etiladi, agar u ularni qondirish uchun berilgan bo‘lsa:
-
mazkur XYT tashish davom etayotgan boshqa Ahdlashuvchi tomon tarafidan
rasmiylashtirilgan,
ko‘rib
chiqiladigandan
keyingi
XYT
operatsiyasi
to‘xtalishining har qanday rasmiy guvohnomasi yoki tasdig‘i, yoxud tegishli yukni
boshqa bojxona tartibi sharoitlariga yoki boshqa bojxona nazorati tizimiga
o‘tishining, masalan, erkin muomala uchun uni tozalashning tasdig‘i.
-
XYT kitobchasida shunday Ahdlashuvchi tomonlar bojxona organlarining tegishli
tarzda qo‘yilgan muhrlari bilan №1 yoki №2 koreshoklari yoki Konvensiyaning 6-
moddasida ko‘rsatilgan xalqaro tashkilot tarafidan taqdim etiladigan ularning
nusxalari, bu tashkilot ushbu nusxa aslidan ko‘chirilganligini tasdiqlab berishi
kerak.
(TRANS/WP.30/159, 38-band; TRANS/WP.30/192, 26-band;
TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-ilova va Corr. 3)
Qilingan shartlar haqida belgi
Bojxona organlari XYT operatsiyasi to‘xtatilishiga nisbatan har qanday shartni
deyarli aniq bayon etishlari va XYT kitobchasida №2 yirtma varaqadagi 27-ustunni
to‘ldirish va №2 koreshokdagi 5 rubrikada "R" harfini qo‘yish orqali, hamda
bunday holatlarda XYT kitobchasining bayonnomasini to‘ldirish orqali ushbu
shartning mavjudligini ko‘rsatishlari lozim.
(TRANS/GE.30/8, 12-band; TRANS/WP.30/192, 26-band;
TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-ilova)
XYT kitobchasining namunasi va XYT kitobchasining tayyorlanadigan va
amaliyotda tarqatiladigan blankalari
XYT kitobchalari blankalarini qalbakilashtirishni qiyinlashtirish va ularni
tarqatish va qayd etishni soddalashtirish maqsadida, ushbu tayyorlanadigan
va amaliyotda tarqatiladigan blankalarda XYT kitobchasining namunasida
keltirilgan 1-ilovada aks ettirilmagan identifikatsiya raqami va varaqa
raqami, shtrix kodlar va boshqa maxsus himoya belgilar kabi tafsilotlar va
belgilar bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatilgan qo‘shimcha tafsilotlar va belgilar
XYT Ma’muriy qo‘mitasi tomonidan ma’qullanadi.
(TRANS/WP.30/192, 26-band; TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-ilova)
XYT kitobchasini to‘ldirilishi
XYT kitobchasidan foydalanish qoidalarining 10 b)-bandi barcha
sahifalardagi ma’lumotlarni o‘qish qulay bo‘lishi sharti bilan XYT
kitobchasini qo‘lda to‘ldirishni taqiqlamaydi.
(TRANS/WP.30/200, 77-band)
Yirtma varaqaning 26 ustunini va XYT kitobchasining №2 koreshogidagi 3-
bandini to‘ldirish
Yuk tushirilgandan keyin yuqorida eslatib o‘tilgan ustunlar chiqib ketish
(oraliq) bojxonasida emas, faqat belgilangan joyning bojxonasida
to‘ldirilishi tavsiya etiladi.
(TRANS/WP.30/AC.2/69, 61-band va 4-ilova;
TRANS/WP.30/AC.2/2003/9, 11-band)
Jo‘natish joyi yoki belgilangan joyning bir nechta bojxonalari mavjudligi
holatida qo‘shimcha varaqalardan foydalanish
XYT kitobchasidan foydalanish qoidalarining 6-bandiga muvofiq jo‘natish
joyi yoki belgilangan joyning har bir qo‘shimcha bojxonasi uchun ikkita
qo‘shimcha varaqa talab etiladi. 0.1 b) tushuntirish xatiga ko‘ra, ikkita
ketma-ket joylashgan bojxonalar o‘rtasida amalga oshiriladigan XYT
tashishining har bir milliy qismi, ularning mavqeidan qat’iy nazar, XYT
operatsiyasi sifatida ko‘rilishi mumkin. Uzluksiz bojxona nazoratini
ta’minlash uchun №1/№2 yirtma varaqalarning bitta to‘plamini ishlatish va
har bir XYT operatsiyasi uchun alohida yakunlash tartibini qo‘llash tavsiya
etiladi. Agar jo‘natish joyining bir nechta bojxonalari bo‘lsa, unda
jo‘natish joyning keyingi bojxonasida (keyingi bojxonalarida) nafaqat yangi
XYT operatsiyasi boshlanadi, balki XYT kitobchasining tegishli №2 yirtma
varaqasi va №2 koreshogini to‘ldirish orqali avvalgi XYT operatsiyasini
yakunlanishi tasdiqlanadi. Shunday qilib, jo‘natish joyining keyingi
bojxonasi (keyingi bojxonalari) shuningdek, jo‘natish joyining avvalgi
bojxonalarida ortilgan yuklarga nisbatan belgilangan joy yoki chiqib ketish
bojxonasining (oraliq bojxonasi) rolini o‘ynaydi. Bu shuningdek,
belgilangan joyning bir nechta bojxonalari mavjud bo‘lgan mutatis mutandis
holatiga ham taalluqli. Belgilangan joyning avvalgi bojxonasi (avvalgi
bojxonalari) nafaqat avvalgi XYT operatsiyasi to‘xtatilishini tasdiqlaydi,
balki XYT kitobchasining №1 yirtma varaqasini va №1 koreshogini to‘ldirish
orqali yangi XYT operatsiyasini boshlaydi. Shunday qilib, belgilangan
joyning avvalgi bojxonasi (avvalgi bojxonalari) shuningdek, belgilangan
joyning keyingi bojxonasiga (keyingi bojxonalariga) yuboriladigan yuklarga
nisbatan jo‘natish joyi yoki kirish bojxonasini (oraliq bojxonasi) rolini
o‘ynaydi.
(TRANS/WP.30/AC.2/2003/13, 25-band va ilova;
TRANS/WP.30/AC.2/71, 68-band va 2-ilova)
XYT tartibiga muvofiq tashiladigan yuklarni qandaydir Ahdlashuvchi tomon
hududiga olib kirish rad etilganda XYT kitobchasidan foydalanish
Agar istisno vaziyatlarda vakolatli organlar ularning mamlakatiga XYT
tartibiga muvofiq tashiladigan yuklar olib kirilishini rad etish to‘g‘risida
qaror qabul qilsa, unda bojxona organlariga qolgan barcha №1/2 yirtma
varaqalarning "Rasmiy foydalanish uchun" ustunida bunday qaror qabul
qilinishiga olib kelgan aniq sababni, jumladan, ushbu qaror asoslangan
ichki yoki xalqaro qonunchilikning qoidasiga (qoidalariga) bo‘lgan aniq
havolani batafsil ko‘rsatish qat’iy tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, bojxona organlari tegishli №1 va 3 koreshoklarning 5-
ustunida quyidagi yozuvni qilishi lozim: "Olib kirish rad etilgan".
(ECE/TRANS/WP.30/AC.2/2011/4 va ECE/TRANS/WP.30/AC.2/105,
35-band)
Do'stlaringiz bilan baham: |