Tilshunoslikning dolzarb muammolari



Download 122,32 Kb.
bet36/38
Sana30.12.2021
Hajmi122,32 Kb.
#89339
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
MAJMUA TDM 20-21 (2)

16-amaliy (2 soat)

Mavzu: O‘zbek tili lingvostatistikasi muammolari.

Matematik mantiq
REJA:

1. Matematik lingvistika muammolari

2. Tilshunoslik va mantiqiy matematika.

3. Tilshunoslikda matematik formulalarni qo’lalsh


Matematik lingvistika muammolari.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 21-oktabrda e’lon qilingan “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonida qayd etilganidek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o’rni va unga e’tibor tobora ortib bormoqda.

Ana shu talablar asosida, farmon bilan o’zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro’-e’tiborini tubdan oshirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to’laqonli joriy etishni ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Biroz ortga nazar tashlasak, istiqlolga erishganimizdan so’ng xalqimiz ma’naviy hayotidagi boshqa ko’plab muammolar qatori til va alifbo masalasi ham kun tartibidagi dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Ana shundan kelib chiqib, o’zbek tilining qo’llanish doirasini amalda kengaytirish, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o’ziga xos xususiyatlariga bag’ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o’quv qo’llanmalari va yangi-yangi lug’atlar nashr etildi. Biroq, hamon til bo’yicha qator muammolarimiz saqlanib qolayotganini tan olgan holda, Prezidentning tegishli farmoni ularga yechim topishda ayni muddao ekanini e’tirof etish joiz.

Bugun aniq va tabiiy fanlar qatorida tilshunoslik sohasida ham komputerdan samarali foydalanish hajmi tobora kuchaya boshladi. Matematik lingvistika tadqiq etayotgan masalalar doirasida endi nafaqat yangi modellarni yaratish, balki mavjudlarini qanday qilib komputerga tatbiq etish masalasi ko’rila boshlandi. Shu tariqa “matematik lingvistika” atamasi o’rniga “komputer lingvistikasi” atamasi iste’molga kirib keldi. Ushbu atama bilan bir vaqtning o’zida unga sinonim ravishda “hisoblash lingvistikasi”, “matematik lingvistika” kabi atamalar ham faol ishlatiladi. Aslida komputer lingvistikasi matematik lingvistikaning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Komputer lingvistikasi – bu sun’iy intellektning muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib, u o’z oldiga tabiiy tillarni elektron ko’rinishda ifodalashga mo’ljallangan matematik modellardan foydalanish masalasini qo’yadi. Shunday ekan, komputer lingvistikasining asosiy maqsadi tabiiy tilning matematik modelini yaratish, qayta ishlash va lingvistik muammolarni hal etishga oid komputer dasturlarini ishlab chiqishdan iborat. Asosiy vazifalaridan biri esa bu lingvistikaning formal va aksiomatik modellarini qurish hamda shu asosda aniq bir tabiiy tilning matematik modelini ishlab chiqishga qaratilgan. Shu bilan birga, mazkur model asosida ketma-ket bir qator muammolarni hal etish lozim bo’ladi. Bu muammolar, xususan, matnni tahrirlovchi, elektron (avtomatik) tarjima, intellektual elektron lug’at, tilni o’rgatish va bilimlarni baholashga oid mukammal elektron dasturlarni yaratish hamda insonlar tilida komputer bilan o’zaro muloqotni amalga oshirishga imkon beradigan algoritmlarni qidirish va ishlab chiqishdan iboratdir.

Bu muammolar yechimini uzoq davom etuvchi tadrijiy bosqichlarda kuzatish mumkin bo’lib, agar bu jarayon muvaffaqiyatli oxiriga yetsa, u holda inson har qanday murakkab texnik obyektlarni ovozli buyruqlar yoki tabiiy tildagi matnlar orqali boshqarish imkoniga ega bo’ladi.

Bugunga kelib, sun’iy intellekt bo’yicha olib borilgan nazariy tadqiqotlar amaliy jihatdan o’z tatbiqini topdi. Buni aynan murakkab elektrotexnik qurilma asosida ishlovchi robotlar misolida ham ko’rish mumkin.

O’zbek tilshunosligi sohasida komputerdan to’liq va samarali foydalanish hamda bu bilan ba’zi ishlarni avtomatlashtirish orqali mehnat unumdorligiga erishish borasida talay muammolar mavjud. Ular sirasiga matnni avtomatik tahrirlash, avtomatik tarzda tarjima qilish va tilga o’qitish, mukammal ko’rinishdagi elektron lug’atlar tuzish, bilimlarni tafakkurli mexanizm asosida testdan o’tkazish yoki baholashga oid intellektual dasturiy ta’minotlarni o’zbek tilida yaratish kabi masalalar kiradi.

Mana shu nuqtayi nazardan, o’zbek tili zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va intellektual dasturiy ta’minotlarni o’zbek tilshunosligiga keng tatbiq etish borasidagi zamonaviy tadqiqot obyekti sifatida yangi pog’onaga qadam qo’ymoqda.




Download 122,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish