O r f o g r a f i y a alifboning yozuvdagi qo’llanish qoidalari, so’zlarning
yozilishi va bo’g’in ko’chirish masalalari bilan shug’ullanadi. Alifb olarning tuzilishi
ma’lum qonuniyatlarga asoslanadi. Bu qonuniyatlar tilshunoslik fanida alifbolarning
tuzilish prinsiplari deb yuritiladi. Alifbolar quyidagi prinsiplar asosida tuziladi:
- Fonetik prinsip.
- Tarixiy (an’anaviy) prinsip.
- Morfologik prinsip.
- Simvolik prinsip.
F o n e t i k prinsipga ko’ra talaffuzda qanday tovush eshitilsa, alifboda
shunga mos keladigan xarf yoziladi. O’zbek tilidagi -ga , - ka, - qa qo’shimchalari
bunga misol bo’la oladi.
T a r i x i y prinsip sözlarning avvalgi yozilishi o’zgarmay qolishini
taqozo qiladi. Hozirgi ingliz va farang tili alifbolari ushbu prinsip asosida tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |