506-mashq. So‘zlarning ma'nodoshlarini toping va ko‘chirib yozing.
Bahs, sovg‘a, tanqis, g‘alaba, gunoh, hadya, ayb, munozara, pinhon, tortiq, kamchil, jinoyat, tortishuv, armug‘on, taqchil, zafar, tuhfa, maxfiy.
507-mashq. Ko‘chiring. Ma'nodosh so‘zlarni aniqlab, ma'nosidagi farqini tushuntiring.
Dalamizda salqin shabboda esdi. Ulug‘ Madhiyaning yangroq ohangini olib ketdi tungi sho‘x sabo. Yel keltirar mayin bir ohang. Yana olib ketar nariga. Saharlab turaman, qutlayman tongni, bo‘ynimga osilar subh shamoli. (Mirmuhsin)
Do'stlaringiz bilan baham: |