Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Topshiriq. Quyida berilgan so‘zlarning atash ma'nolarini ayting va ularni gap ichida keltiring.
Tut, yut, oq, yot, et, uch.
Aytilishi va yozilishi bir xil bo‘lib, turli atash ma'nolarini bildirgan so‘zlarga shakldosh so‘zlar deyiladi.
Shakldosh so‘zlar bir qarashda ko‘p ma'noli so‘zlarga o‘xshab ketadi. Ularni bir-biridan farqlash kerak. Ko‘p ma'noli so‘zlar bir so‘zning o‘z va ko‘chma ma'nolarida qo‘llashdan hosil bo‘ladi. Shakldosh so‘zlar esa shakli o‘xshash ikki va undan ortiq so‘zlardir.
492-mashq. Tuyuqni o‘qing. Shakldosh so‘zlarni aniqlab, ma'nosini tushuntiring. Bu she'rdan o‘zingizga qanday xulosa chiqarganingizni ayting.
Yoshliging g‘animat, bolam, o‘sib, un,
Chiqarma behuda sado hamda un.
Ko‘r, quyosh tig‘ida va tegirmonda
Ezilib so‘ng aziz bo‘ldi bug‘doy-un.,(A. Abdumalikov)
Do'stlaringiz bilan baham: |