Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
1-topshiriq. Quyidagi so‘z va so‘z birikraalarining eskirish sababini ayting.
Qozi, mirshab, amin, mingboshi, xon. 2-topshiriq. Quyidagi eski va yangi so‘zlar haqida o‘z fikringizni ayting. rayon tuman oblast viloyat
Tilimizning ma'lum davrida qo‘llanilib, hozirgi kunda foydalanilmaydigan so‘zlarga eskirgan so‘zlar deyiladi. So‘zlarning eskirishi ikki xil yo‘l bilan amalga oshadi.
1. So‘z o‘zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi. Bunday so‘zlarga tarixiy so‘zlar deyiladi. 2. So‘z eskiradi, tushuncha saqlanadi va u boshqa so‘z bilan nomlanadi. Ularga arxaik so‘zlar deyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |