TIPOLOGIK UMUMIYLIK (LINGVISTIK UNIVERSALIY)LAR TAHLIL USULI
Bir-biri bilan yaqin (qarindosh) yoki uzoq, o`zaro aloqalarda bo`lgan va bo`lmagan tillarning qurilishi, u yoki bu turdagi ma`no va vazifalarni ifodalashdagi umumiylik (o`xshashlik) va farqlarni (xususiyliklarni) qiyoslab o`rganish usuli bo`lib, o`z ildizlari bilan qiyosiy-chog`ishtirma, mantqiy grammatika, qiyosiy-tarixiy usul va glossematika tushuchalari bilan aloqadordir. Eng asosiy tushunchalari t i l u s t i l i k (metatil, metayazik) va lingvistik u m u m i y l i k lardir. Lingvistik u m u m i y l i k lar boshqa yo`nalishlarning ong (tafakkur) kategoriyalariga qisman to`g`ri keladi. Tilustilik (metatil) deganda tabiiy tildan yuqori turgan va nutq ijtimoiy faoliyatida ifodalanishi zarur bo`lgan tushuncha, aloda-munosabat va vazifalar majmuasi tushuniladi. Bu tushuncha, aloqa-munosabat va vazifalarnig har biri alohida olinganda lingvistik umumiylik sanaladi.
Tipologik tadqiqotlarda qiyoslanadigan haqqoniy (real) til (obyekt-til) larda shu umumiylikning ifodalanish vosita, usul, shakl, ko`rinishi va vazifalari qiyoslanib, har bir qiyoslanayotgan tilning qurilish xususiyatlari haqida tegishli xulosalar chiqariladi.
Bu tahlil usuli bilan tilshunosligimizda Abduzuhur Abduazizov, Jamoliddin Bo`ronov, Ne`mat Turniyozov, Shahriyor Safarov, Sano Saidov, Mohira Saidova, Muhammadjon Fayzullayev kabi, asosan, rus va G`arbiy Yevropa tillari bo`yacha mutaxassislar shug`ullanishgan.
Biz yuqorida o`zbek tilshunosligida ancha keng amalda va ma`ruzachiga tanish bo`lgan atigi 6 nisbatan alohida lingvistik tadqiq yo`l va usullari bilan tanishib chiqdik.Fanimiz amaliyotida bo`lgan deskriptiv, glossematik, psixologik, antropolingvistik, sof semsntik, semiotik lingvistika kabi an`anaviy, kompyuter lingvistikasi va mashina tarjimasi kabi hozirgi kunda yangi fan - kibernetika tarkibiga kirib ketgan sohalar haqida hech narsa demadik, chunki bular to`g`risida fikr yuritish - hatto oddiy tavsif berish m a x s u s tayyorgarlikni talab etadi101.
Bu yetakchi metodlar tilshunoslikning alohida maлtab va yo`nalishlarini belgilaydigan, nisbatan mustaqil tahlil usullaridir. Shular bilan birga fanimizda juda ko`p amaliy (operatsion) tahlil usullari borki, ular fanda mustaqil yonalish va maktablarni (tilshunosliklarn) shakllantirmaydi, balki tilshunoslik yo`nalishlari ichida ma`lum bir maqsadlarga erishish, ma`lum bir turdagi ma`lumotlarni qo`lga kiritish uchun xususiy sohalarda qo`llaniladii.Odatda bunday x u s u s i y tahlil usullari ham metod deb ataladi.Lekin bu metodlarni biz yuqorida sanab o`tgan va fanning alohida yo`nalishlarini shakllantiradigan M E T O Dlar bilan tenglashtirish mumkin emas. Shunday qo`shimcha (operatsion) tahlil usullaridan ayrimlari bilan tanishib o`tamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |