Transformatsiyalash (aylantirish)
usuli
Distributiv tahlil usuli doirasida shakllangan bo`lib, oddiy sintaktik qurilmalardan murakkabroqlarini, bir turdagi sintaktik qurilmadan boshqa turdagisini ma`lum qoidalar asosida hosil qilish yo`l va vositalarini tadqiq va tahlil etishga mo`ljallangan. Bu tahlil usulida markaziy (asosiy, ilk sodda) birlik (odatda aniqlik mayli, umumiy zamon, umumiy shaxs va son shakl va ma`nolaridagi gap yoki, masalan, aniq nisbatli qurilma v. h. ) tanlanib, shu qurilmadan boshqa ma`noli va vazifali qurilmalarning hosil qilish chizmalari (chunonchi, ko`chirma gapli qurilmalardan o`zlashtirma gapli qurima hosil qilishchizmasi) aniq belgilanadi, kodlashtirib, modellashtiriladi. Bunday model (qurilma,chizmalar) samarasi avtomatik (mashina, kompyuter) vositasida ma`lum bu dastur asosida bir qurilmadan ikkikinchisini to`g`ri hosil qila olish bilan belgilanadi.
Bu tahlil usuli mashina tarjimasida, matnlarni avtomatik tahlil jarayonlarida keng qo`llaniladi, ko`p holda injener (kompyuter) lingvistikasi va matematik lingvistika bilan qorishib ketadi.
Bu tahlil usuli bilan fanimizda qisman Sobirjon Muhammedov (injener lingvistikasi yo`nalishida ) va Sattor Mahmatqulov shug`ullanishgan
Komponent tahlil
usuli
Mohiyatan kimiyo fanida moddalarni ularni tashkil etuvchi kimiyoviy unsurlarga ajratish bilan o`xshash bo`lib, tilshunoslikda asosan, deskriptiv va funksional lingvistika ichida shakllangan tahlil usulidir. Bu usul ma`noli lisoniy birliklar (morfema va leksemalar)ning ma`nolarini tarkibiy qismlarga (semalarga) ajratib, bu birliklar ma`lum lisoniy paradigmalarda qaysi tarkibiy qismi (semasi) bilan kirishi va qaysi semasi bilan farqlanishining tahlil va tavsifini beradi. Ma`lum paradigmani tuzuvchi, birlashtiruvchi semalar integral (birlashtiruvchi, umumiy), paradigmalarda har bir birlikni ajratuvchi semalar esa differensial (farqlovchi) sema deyiladi. Chunonchi,
ota - ona,
bobo - buvi,
o`gil - qiz,
kuyov - kelin..
siralari qarindoshlikni atovchi ma`noli bo`lagi (semasi) asosida birlashib, erkak/ayol jinsiga mansublik semasi bilan farqlanadi.
Bir lisoniy birlik turli semalari asosida turli-tuman paradigmalardan o`rin egallashi sababli (chunonchi, ona-xola, ona-buvi, ona-qiz, ona-opa v. h. ) bu lisoniy birlikning turli paradigmalardagi differensial semalari uning umumiy lisoniy ma`nosida birlashtiriladi (komponent sintez) va kontekstual tahlil usuli vositasida har bir semaning kuchayish va zaiflashish o`rinlari (relevant va irrelevant pozitsiya va holatlari), minimal, qulay va noqulay kontekstlari (voqelanish sharoitlari) aniqlanadi.
Bu usul idrokiy-dialektik-idealistik metodologiyaga tayanadi.
O`zbek tilshunosligida bu tahlil usuli bilan G`anijon Zikrillayev, Sharifa Iskandarova, Malika Narziyeva, Salohiddin G`iyosov, Halima Hojiyeva, Nigora Nishonova, Gulnoz Ne`matova, Feruz Safarov kabilar shug`llanishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |