Sintetik qurilish. Grammatik ma’noning sintetik usul bilan ifodalanishiga asoslangan qurilish.
Sintetik tillar. Grammatik ma’nolar shakl yasovchi affikslar vositasida ifodalanadigan tillar. Mas., rus va nemis tillari.
Sintetik usul. Grammatik ma’noning affikslar vositasida hosil bo’lishi, ifodalanishi.
Sinxroniya. Tilning hozirgi tuzilishini, holatini o’rganish.
So’z turkumlari. So’zlarning umumiy leksik, grammatik xususiyatlariga ko’ra guruhlari. So’z turkumlari uch guruhga bo’linadi:
1) mustaqil so’z turkumlari;
2) yordamchi so’z turkumlari;
3) oraliq (alohida) so’z turkumlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |