Tilshunoslik nazariyasi



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/71
Sana16.01.2022
Hajmi0,49 Mb.
#378610
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi (1)

Distributiv  metodi  (inglizcha  distributsiya  -  taqsimot)  yordamida  tildagi  birlik  va  elementlarning 

qo‘llanish o‘rinlari va holati tushuniladi. Tildagi biror unli tovushning distributsiyasi uning so‘zning boshi, 

o‘rtasi  va  oxirida,  ur

ғ

uli  yoki  ur



ғ

usiz  holatda,  ochiq  yoki  yopiq  bo‘

ғ

inda  bo‘lishini  ko‘rsatadi.  Biror 



elementning  umumiy  distributsiyasi  deganda,  uning  barcha  qo‘llanish  holatlari  va  boshqa  elnmentlar  bilan 

birikib kelishi tushuniladi. 

Odatda to‘rt turli distributsiya farqlanadi: 



 

 

61



1.  Ikki  elementdan  biri  uchragan  o‘rinda  ikkinchisi  uchramasa,    ular  bir-birlariga    nisbatan  

to‘ldiruvchi    distributsiyada  bo‘ladi.  Masalan,  |p,t,k|  undosh  tovushlari  unlilardan  oldin,  ikki  unli  o‘rtasida 

so‘z  oxirida  kelganda,  aspiratsiyali,  boshqa  o‘riniarda,  undoshlar  biian  yonma-yon  kelsa,  aspira-tsiyasiz 

tovushlar  hisoblanadi.  Demak,  aspiratsiyali  |ph,th,kh|  tovushlar  uchragan  o‘rinda  aspiratsiyasiz  |p,t,k| 

tovushlari uchramaydi. SHu sababli bu tovushlar |p,t,k| fonemalarining ikki turli allofonlari hisoblanadi. 

2. 


Kontrast  distributsiya  go‘yo  zidlovni  eslatadi.  Bir  o‘rinda  qo‘llanib,  ma`noni  farqlashga 

xizmat qiluvchi elementlar kontrast distributsiya deyiladi: tok-pok-nok so‘zlari boshidagi undoshlar kontrast 

distributsiya  bo‘lib,  shu  so‘zlarni  farqlaydi.  Bunday  so‘zlar  minimal  juftlikdagi  so‘zlar  deyiladi.  So‘z 

boshidagi |p,t,k| tovushlari fonemalarning allofonlaridir. 

3. 

Erkin  variatsiya.  Bir  xil  o‘rinda  uchrasa  ham  ma`noni  farqlay  olmaydigan  elementlar  erkin 



variatsiyada  bo‘ladi.  Masalan,  o‘zbek  tilida  |e|  unlisi  so‘z  boshida  ochiq  (eshik,  echki  kabi)  va  boshqa 

hoiatlarda  yarim  ochiq  talaffuz  etilishi  uning  turli  variatsiyalarini  ko‘rsatadi.  Bu  distributsiya  ba`zan 

ekvivalent (muqobil) distributsiya  deb ataladi. 

4. 


Qisman  ekvivalent  distributsiya  ikki  turli  element  bir  o‘rinda  ba`zan  ishlatilishi,  lekin 

ma`noni farqlay olmasligi bilan izohlanadi. Masalan, "taroq" so‘zi |taroq| va |taro

ғ

|, "chol


ғ

u" so‘zi |chol

ғ

u| va 


|chal

ғ

u|  kabi  talaffuz  etilishi  shu  so‘zlarning  ma`nolarini  farqlamaydi.  Aslida  esa,  talaffuzda  almashilgan 



tovushlarning har biri turli fonemalarning allofonlaridir. 

Transformatsiya metodi tildagi elementlar va birliklarning turli gaplarda boshqacha yo‘l bilan qayta 

tuzishda  qo‘llaniladi.  Tranformatsiyaning  sintaksisdagi  elementlarni  o‘zgartirishda  qo‘llanuvchi  oddiy 

turlari:  o‘rin  almashtirish,  qo‘shish,  qisqartirish  va  tushirib  qoldirishdir.  Bu  metodni  AQSH  olimi  Z.Xarris 

taklif  etgan  va  keyincha  uni  shogirdi  N.CHomskiy  alohida  ilmiy  tadqiq  etgan.  Bu  metod  matematika  va 

mantiqdagi  ba`zi  tushuncha  va  tamoyillardan  foydalanadi  [Zasorina  L.N.  Vvedenie  v  strukturnuyu 

lingvistiku. M.: 1974, s. 252]. 

Agar  bir  turdagi  elementlarga  ega  bo‘lgan  ikki  va  undan  ortiq  konstraktsiyalar  bir  xil  o‘rinda 

uchrasalar,  ularni  transfor-malar  deyiladi.  Masalan,  quruvchilar  Toshkentda  juda  ko‘p  chiroyli  binolar 

qurdilar  -  gapida  transformalar  quyidagicha  bo‘lishi  murakin:  Toshkentdagi  juda  ko‘p  chiroyli  binolar 

quruvchilar tomonidan qurildi (passiv konstruktsiya). Juda ko‘p Toshkentdagi chiroyli binolarni quruvchilar 

qurdilar. Juda ko‘p chiroyli binolarni Toshkentda  quruvchilar qurdilar va h.k. 

YUqoridagi  transformalar  gapning  biror  ma`nosini  o‘zgar-tirishga  ham  xizmat  qiladilar.  Agar  shu 

gap asosida dialog tuzsak, undagi elementlar o‘z o‘rnini o‘zgartiradi, tushib qoladi va to‘ldiradi. -Binolarni 

kim qurgan? -Toshkentdami? -Ha, ularni quruvchilar qurgan. -Ha, o‘sha chiroyli binolarni... 

Tranformatsiya  metodi  faqat  sintaksisda  emas,  balki  stilistik  transformatsiya  shaklida  ham 

qo‘llanmoqda. Unda sintaktik stilistika uchun eng zarariy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Komponent  tahlili  metodi  ko‘proq  semantikada  so‘zlarning  ma`nolarini  chuqurroq  o‘rganishda 

qo‘llanadi. Bunda so‘zlarning ma`nolari ularning farqlanuvchi semantik belgilari - semalar yordamida tahlil 

qilinadi.  Masalan,  chelak  va  butilka  so‘zlarining  senia  tarkibini  tahlil  qilsak,  chelak  -  aylana  shaklda,  qo‘l 

ushlagichi  bor,  oyo

ғ

i  yo‘q,  qopqo



ғ

i  bor  yoki  yo‘q,  bo‘yni  yo‘q  idish  bo‘lsa,  butilka  -  oynadan  qilingan, 

suyuqlik  solinuvchi,  chuqur,  qo‘l  ushlagichi  va  oyo

ғ

i  yo‘q  idish  hisoblanadi.  Komponent  tahlil  asosida 



tildagi so‘z turkumlarining va hatto gap tarkibida ishtirok etgan bo‘laklarning semantik belgilari aniqlanishi 

mumkin. 


Maydon metodi. Bu metodni leksik-semantik maydon yoki grammatik-leksik maydon [Guliga E.V., SHendel’s 

E.N. Grammatiko-leksicheskie polya v nemetskom yazike. M., 1968, - s. 5-17] va ba`zan maydon nazariyasi [Our G.S. 

Teorii  polya  v  lingvistike.  M.,  1974],  deb  yuritishadi.  Albatta,  uning  qo‘llanishiga  ko‘ra  nomini  atash  mumkin. 

Jumladan,  so‘zning  barcha  ma`nolarini  aniqlashda  semantik  maydon  metodi  qo‘llanadi.  Grammatikada  turli  so‘z 

turkumlarining  ma`nolari  o‘rganilsa,  ularni  grammatik-leksik  maydon  metodi  yordamida  o‘rganiladi.  Bunda  eng  ko‘p 

qo‘llanuvchi leksik-grammatik birlikning ma`nosi uning, yadrosi, kam qo‘llanuvchilari pereferiyasi deb nomlanadi. 

Tilshunoslikda   hali   noma`lum   bo‘lgan   tillarni   ilmiy o‘rganishda qo‘llanuvchi "maydon tilshunosligiq"ni 

maydon  metodi  bilan  aralashtirmaslik  kerak.  Maydon  tilshunosligi  o‘rganilayotgan  til  ona  tili  bo‘lgan  shaxsni  (uni 

odatda  "informant"  deyiladi)  turli  anketa  va  testlar  yordamida  savollarga  javob  olish  yo‘li  bilan  material  to‘playdi, 

fonetik  transkriptsiya  qo‘llaydi,  tildagi  asosiy  fonologik,  morfologik,  sintaktik  va  leksik  xususiyatlarni  to‘plab  tahlil 

qiladi, ba`zi taxminiy fikrlarini keltiradi va zarur bo‘lsa tarjimadan foydalanadi. 

Maydon  tilshunosligida  qo‘llanuvchi  tamoyil  va  vositalar  tillarni  qadimiy  o‘rganish  yo‘llarini  eslatadi.  Bu 

usullar qalam va qo

ғ

oz yordamida tilni biluvchi shaxslarning talaffuziga quloq solib, ulardagi xususiyatlarni aniqlashni 



yodga  soladi.  Tilni  o‘rganishda,  umuman,  kuzatish,  tavsif  qilish,  qiyoslash,  tajriba  (eksperiment)  o‘tkazish, 

distributsiya,  tranformatsiya,  ma`no  maydonini  aniqlash,  xarita  tuzish  (til  yoki  shevaning  tarqalgani  haqida  -  uni 



lingvogeografiya deyiladi), turli til birliklari, elementlari va vositalarini statistik tekshirish yordamida qancha va qaerda 

uchrashi  metod  va  tamoyillari  qo‘llanadi.  [Kibrik  A.E.  Metodika  polev

ғ

x  issledovaniy  (k  postanovke  problem



ғ

).  Izd. 

MGU, 1972, s. 179].  


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish