yaratilgan fonema nazariyasi Boduen de Kurtenega tegishlidir. Tilshunoslik tarixida birinchi marta
fonemalarning psixologik va morfologik izohini berdi. Ushbu izohlar zaminida keyinchalik Moskva
E. D. Polivanov dastlabki ishlarida til hodisalarini psixologik nuqtai nazardan o‘rganib, tilni
ijtimoiy hodisa deb qaraydi. Lekin u fonologiyani psixofonetika deb nomlaydi. Fonemaning
fakul’tativ variantlari va kombinator variantlari orasidagi o‘zaro munosabatlarni aniqladi, bir
fonemaning ikki fonemaga parchalanishi (divergentsiya) va ikki fonemaning o‘zaro bir-biriga
o‘xshab qolishi yoki bitta fonema bo‘lib ketishi (konvergentsiya) nazariyalarini ishlab chiqdi. U
L. V. SHcherba fonetika, fonologiya va fonema nazariyasi haqida ham qimmatli fikrlar
bildirgan. Fonema nazariyasi uning «Frantsuz tili fonetikasi» kitobida bayon etilgan. Uning fonema
haqidagi kontseptsiyasi keyinchalik shogirdlari L. R. Zinder, M. I. Matusevich tomonidan davom
Tilshunoslik tarixida tovush sistemasini o‘rganish ikki davr bilan xarakterlanadi:
2. Fonologiya nazariyalarining yuzaga kelish davri. Bu davr X1X asrning 2 yarmidan
boshlab XX asrgacha davom etadi. Bu davrda tovush, harf va fonema tushunchasi farq qilindi va
Fonologiya asoschilari:rus va polyak olimi I.A. Boduen de Kurtene, N.V.Krushevskiy,
frantsuz P. Possi, ingliz G. Sunt, shveytsariyalik Ferdinand de Sossyur, rus P.K.Us.
19
Nazariyalar: 1. I.A.Boduen de Kurtenening psixologik fonologiya nazariyasi. («Fonema»
tovush tushunchasining kishi ongida his etilgan birligidir).
2. L. V. SHerba - fizik fonologik nazariya. (Nutq tovushlari fizik, mexanik hodisa
hisoblanadi).
3.Leningrad va Moskva fonologiya maktablari nazariyalari. L.V.SHerbaning shogirdlari -
ikki oqimda. Moskva - A.A.Reformatskiy, P. S. Kuznetsov, V. N. Sidorov va boshqalar. Leningrad
- L. R. Zinder, M. I. Matusevich, A. N. Gvozdev, YU. S. Maslov va boshqalar. Moskva maktabi
fonologiyaga ta`rif berishda morfema tushunchasiga, ya`ni tilning eng kichik ma`noli birligiga
suyanadi. Bunda morfemalardagi tovush almashuvida ishtirok etuvchi tovushlar bir fonemaga
birlashtiriladi. Masalan, voda, vodi, na vodu morfemalardagi o\a\` tovush almashuvi bir o
fonemasining variantlari hisoblanadi. Leningrad fonologiya maktabi fonemaga ta`rif berishda so‘z
formasi tushunchasidan kelib chiqib, yuqorida misoldagi o, a, ` tovushlarining har birini alohida
fonemaning vakili sifatida qaraydi.
«Fonema» termini va tushunchasini turkologiyaga birinchi marta 1920 yilda taniqli olim
N.K.Dmitriev kiritgan bo‘lsa, uni o‘zbek tilshunosligida birinchi bor o‘sha yillirda professor
E.D.Polivanov qo‘lladi.
CHet ellarda fonologik nazariyalarning o‘rganilishi.
1. Praga lingvistik maktabi.
2. London fonologiya maktabi.
3. Distributiv fonologiya nazariyasi – AQSH.
4. Dikotalik fonologiya nazariyasi – AQSH.
5. Makro va mikrofonema nazariyasi - AQSH,1935.
6. Glossematik fonologiya nazariyasi - Daniya.
7. Ikki po
ғ
onali fonologiya nazariyasi.
8. Generativ fonologiya nazariyasi.
Fonologiya davrida ular o‘rtasidagi farq oydinlashtirildi va tovushlar, keyinchalik bo‘
ғ
in,
ur
ғ
u va intonatsiyaning tildagi funktsional tomonlari o‘rganila boshladi. XX asrning 30-yillarida
morfonologiya vujudga keldi. Bular haqidagi fikr paydo bo‘ladi. Bu haqidagi fikrlar
A.Nurmonovning «O‘zbek fonologiyasi va morfologiyasi» (Toshkent,1990), A.Abduazizovning
«O‘zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi» (Toshkent, 1992) o‘quv qo‘llanmalarida o‘z ifodasini
topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: